Q а d imgihindtil shunosligi


Download 42.08 Kb.
Sana17.09.2023
Hajmi42.08 Kb.
#1679990
Bog'liq
Q А D IM G I H I N D T I L SH U N O S L I G I


Kirish
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816 yilda) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubxasiz, tilshunoslik xam boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g’oyalar, kuzatishlar natijasi, «maxsuli» sifatida uzining aloxida o’rganish obʼektiga va tekshirish metodiga ega buldi. Qatʼiy aytish mumkinki, jaxon tilshunosligi fani xam shu kungi taraqqiyot bosqichiga yetib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o’sish» davrini bosib o’tdi. U turli maktablar, oqimlar, taʼlimotlar taʼsirida bo’ldi, olimlar tomonidan lisoniy xodisalar xaqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til xodisalari xaqida yaratilgan juda ko’plab manbalarga «guvox bo’ldi», shakllandi. Аnigi, tilshunoslik fani xam jaxon fanlari sistemasida uziga xos va uziga mos doimiy mustaxkam o’rin egalladi. Tilshunoslik fanining kadimgi eng muxim manbalari, taʼlimotlari, maktablari ilk bor kadimgi Hindiston, Yunoniston, Rim va Xitoy mamlakatlarida maydonga keldi. U rta va yangi asrlarda esa til xaqidagi fan Yevropada, Аrabistonda va O’rta Osiyoda taraqqiy qildi.
Q А D IM G I H I N D T I L SH U N O S L I G I
Tilshunoslik tarixida qadimgi hind filologlarining ishlarini eng qadimgi ilmiy traditsiyalar deb hisoblash mumkin. Hind tilshunosligi tarixi shuni koʼrsatadiki, bir tilning taraqqiyotidagi turli tarixiy davrlarga xos boʼlgan turli xususiyatlarning yuzaga kelishi bu fanning yaratilishiga ijobiy taʼsir kiladi.
Qadimgi Hindistonda til bilan shugʼullanish dastlab sof amaliy ahamiyatga ega bulgan: davr oʼtishi bilan qadimgi yozma yodgorliklarning turli oʼzgarishlarga uchragan elementlarini (soʼz va qoʼshimchalarini) qayta tiklash, izoxlash lozim boʼlgan. Buning uchun hind olimlari eramizdan 15 asr ilgari (baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, 45—25 asr ilgari) yozilgan Vedalarni1 (oʼn kitobdan iborat boʼlgan diniy madhiyalar — gimnlar, diniy qoʼshiqlar va afsonalar toʼplamini), eramizdan ilgarigi birinchi ming yillarda yozilgan sanskrit2 yodnomalarini oʼrganganlar va analiz qilganlar. Ular Vedalardagi maʼnosi tushunarli boʼlmagan soʼzlarga izoh beradigan lugʼatlar tuzganlar, tekstlarni diqqat bilan fonetik va morfologik jihatdan analiz qilganlar. Bunday tayyorgarlik ishi oʼsha yodgorliklarning unutilgan, buzilgan, shuningdek, jonli til (prakrit3) taʼsirida oʼzgarib ketgan oʼrinlarini qaytadan tiklash imkonini berdi. Аna shunday maqsadda hind olimlari hadimgi adabiy til boʼlgan veda va sanskritda yozilgan tekstlardagi soʼzlarning, toʼgʼrirogʼi, soʼz formalarining, oʼxshash shakllariga va oʼxshash maʼnolariga eʼtibor berib, bir soʼzning bir necha formasini aniqlar, soʼngra ana shu formalarni birbiriga qiyoslab, ularning oʼxshash va nooʼxshash qismlarini ajratar edilar. Natijada, bir tomondan, soʼz formalari uchun umumiy boʼlgan qism — oʼzak va negiz, ikkinchi tomondan, oʼzgarib turadigan qismlar — affiks l ar aniqlanardi. Shu tarika soʼz yoki soʼz formalari amalda birlamchi element* larga (hozirgi termin bilan ataganda, morfemalarga) ajratilgan. Shuning uchun ham qadimgi hind olimlari grammaggikani vʼyakarana, yaʼni aj r a tish (analiz) deb ataganlar. Masalan: Birlik: I. patomi uchyapman. II. patasi uchyapsan. III. patati uchyapti.
Bu formalarning har biri uchtadan birlamchi elementlarga boʼlinadi: pat -o-m i, pat -a-si , p at -a-t i , pat -o-vas. Ularning oʼxshash qismlari p at -a yoki pat -o boʼlib, nooʼxshash qismlari - m i - si, - ntu, - vas elementlaridir. Oʼxshash qismlar oʼzak pat -, negiz yasovchi a yoki o elementlariga boʼlinadi. Oʼzak {sanskr, dhatu) bilan negiz yasovchining qoʼshilishidan hozir1 i zamon negizi (pata- yoki - pato) yasaladi.
Qolgan nooʼxshash elementlar affikslar boʼlib, ular negiz (prakrti)ra qoʼshiladi. Sanskrit tilidagi oʼzak va negiz oʼz holicha nutqda ayrim soʼz sifatida qoʼllanmaydi, balki unga yo soʼz oʼzgartuvchi, yo negiz yasovchi a yoki o (nemis tilshunosi V. Sherer uni soʼz yasovchi-a bilan bir narsa deb hisoblaydi) qoʼshiladi. Baʼzan negiz oʼzakning takrorlanishidan ham hosil qilinadi. Masalan, da- «bor» — oʼzak, dada- yoki dad- «boryap(ti)» (da- oʼzagining qisqargan takrori) esa negizdir. Soʼzlarni turkumlarga ajratish masalasida yagona fikr yoʼq edi. Toʼrtta so’z turkumini ajratish fikri koʼproq eʼtirof qilingan. Bular: ot (naman), feʼl (akhyata), o l d koʼmakchi (upasarga) va yuklama (nipata). Ot —predmetlik goyasini bildiruvchi, feʼl esa harakatni ifodalovchi soʼz sifatida taʼriflanadi.
Otlar feʼl oʼzaklaridan yasaladi, ular birlik, juftlik va koʼplik formalariga egadir. Old koʼmakchilar otlarning va feʼllarning maʼnolariki koʼrsatib beruvchi soʼzlar deb baholangan. Yuklamalarga kelganda, qadimgi hind olimlari ularni maʼnolariga koʼra uch gruipaga ajratganlar: 1) qiyoslash yuklamalari, 2) boglovchi yuklamalar, 3) sheʼrlarda formal element sifatida ishlatiladigan yuklamalar. Olmoshlar va ravishlar alohida soʼz turkumlariga ajratilmay, ot va feʼl turkumlariga qoʼshib yuborilgan. Hindlar yettita kelishikni ajratganlar. Bular: 1) bosh kelishik, 2) tushum kelishigi, 3) qurol kelishigi, 4) joʼnalish kelishigi, 5) ajratish (yaʼni chiqish — S. U.) kelishigi, 6) qaratqich kelishigi, 7) oʼrin kelishigi. Biroq hind grammatikachilari kelishiklarni yuqoridagi kabi alohida nomlar bilan atamagan. Ular birinchi, ikkinchi, uchinchi va xokazo deb kelishiklarni bir-biridan raqam bilan farqlaganlar. Hind olimlari feʼl turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular feʼlning uch zamonga birlashadshap yetti xil zamon formasini: hozirgi zamon, oʼtgai zamonning t>gallangan (perfectum), tugallanmagan (imperfec- ■tum) va uzoq oʼtgan zamon (plusquamperfectum) turlarini, kelasi zamonning odatdagi kelasi zamon (futurum) va juda kam qoʼllanadigan shart feʼli (conditionalis) formalarini ajratgailar.
* lavrlarda ham feʼlning toʼrtta mayli — aniqlik, istak, buyruq, shart mayllarini bilganlar. Feʼlning aniq, oʼrta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida taʼriflangan- Chunonchi, aniq nisbat boshqa shaxs foydasi uchun bajariladigan harakatni ifodalovchi soʼz deb, urta nisbat oʼz foydasi uchun bajariladigap harakatni ifodalovchi soʼz deb taьriflangan. Sanskrit %ilida feʼlning uch shaxs va uchta son (birlik, juftlik, koʼplik)ga koʼra tuslanishi koʼrsatilgan.
Qadimgi hind tilshunoslari, ayniqsa, Panini va uning izdoshlari (bu haqda keyinroqda) sanskrit tilidagi qoʼshma soʼzlarni mukammal ravishda tasvirladilar va klassifikatsiya qildilar. Ular qoʼshma soʼzlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga eʼtibor berganlar (masalan, ot + ot// feʼl, sifat//sifatdosh//ravish + ot//sifat// feʼl, son + ot va boshqalar). Hozirgi klassifikatsiyalar oʼsha davrdagi klassifikatsiyalarga oʼxshaydi. Аmmo sanskrit tilida qoʼshma soʼzlar soʼz formalari emas, negizlarning birikishidan hosil qilingan. Bu jihatdan turkiy tillardagi qoʼshma soʼz komponentlari boshqachadir: turkiy tillarda qoʼshma soʼz soʼz formalarining birikishidan hosil boʼladi. Soʼz yoki soʼz formasini yasashda qoʼllangan tovush almashishi (xususan, unlilarning almashishi) sistemasi, yaʼni ichki fleksiya, hind olimlari tomonidan eramizdan ilgarigi davrlardayoq tasvirlangan edi.
Hindlar morfologiyada juda muhim yutuqlarga erishgan boʼlsalar ham, sintaksisda juda kuchsiz edilar. Sintaksisga oid qoidalar soʼzlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarnigina oʼz ichiga olar edi. Kadimgi hind grammatikachilari soʼzni fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, demak, soʼz gapdan tashqarida mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi deb hisoblaganlar. Fonetika sohasida hamqadimgi hind tilshunoslari anchagina ish qilgan edilar. Chunki hind olimlari tillarning rivojlanishi davomida soʼzlarning maʼiolaridagina emas, tovush sostavila ham oʼzgarishlar yuz berishi mumkinligini payqaganlar. Shunga kura ular tovushlarning fiziologik (artikulyatsion) xususiyatlari, boshka tovush bilan almashishi, bir tovushning boshqa tovush taʼsiri bilan oʼzgarishi (kombinator oʼzgarishlar — sandhi) kabi hodisalarni oʼrganishga eʼtibor berganlar. Ular tovushlarni artikulyatsion-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda klassifikatsiya qilganlar. Shu asosda tovushlarni unli va undoshlarga ajratganlar: nutq organlarining yaqinlashishidan unlilar, bir-birlariga tegishidan undoshlar hosil boʼlishini koʼrsatganlar. Undoshlar uch gruppaga «boʼlingan: portlovchi shovqinlilar, sonorlar, sirgʼaluvchilar. Portlovchilar jarangli va jaraigsizlarga aniq ajratilgan. Hindlarning boʼgʼin tuzilishi haqidagi fikrlari ham diq- -qatni oʼziga tortadi. Ular unli tovushlarni boʼgʼinning asosi bulgan mustaqil fonetik elementlar deb, undoshlarni esa shu asosga birikadigan va mustakil qoʼllana olmaydigan tovushlar deb hisoblaganlar. Boʼgʼinlarda tovushlarning koʼtarilishi va pasayishiga asoslangan muzikal urgʼuga katta ahamiyat berilgan.
Nutq tovushlarining xususiyatlari juda yaxshi oʼrganilgamligi uchun ham qadimgi sanskrit yozuvi devonagari, bir tomondan, fonetik yozuv-transkriptsiyadan iborat edi, yaʼni talaffuz qilinuvchi har bir jonli tozush yozuvda oʼz xarfiy ifodasiga ega edi; ikkinchi tomondan, talaffuzi bir-biriga yaqin boʼlgan tovushlarning xarfiy ifodalari bir xil bulib, ular bir-biridan qoʼshimcha belgi bilangina farq qilinar edi. Masalan, qisqa va choʼziq a—a, i—i, u—i unlilari, oddiy ye va i unlilari bilan ularning diftonglari boʼlgan ai va au tovushlari yozuvda asosiy harflarga qoʼshilgan kichkina qoʼshimcha belgilar bilangina ajratilgan. Qiyoslang : kabi. Demak, asosiy harflar orqali bir-biriga yaqin boʼlgan ikki xil tovush aslida bittadan a, i, i, ye tovush tiplariga birlashtirilgan. Bu esa fonema haqidagi tushunchadan darak beradi. Koʼrinadiki, qadimgi ,hind tilshunoslari oʼz boʼgʼin yozuvlarida ham fonemalarni (sanskr. sphdta), ham ularning yirik variantlarini—tovushlarni aks ettirganlar. Vaholanki, Yevropa tilshunosligida fonema haqidagi taʼlimot I. А. Boduen de Kurtene va N. V. Krushevskiy asarlari tufayli faqat XIX asr oxirlaridagina paydo boʼldi. Qadimgi hind filologiyasida dialektologiya va qiyosiy metod elementlari ham bor edi. Unda etimologik analizlarni ham uchratish mumkin. Qadimgi hind yozuvida ikkita tiiish belgi boʼlgan. Bular kaltyakcha yoki tayoq (danda) deb atalgan I va II shakllarida vertikal chizilgan chyziqdan iboratdir. Shunga oʼxshagan belgi kadimgi turkiy (uzbek) yozuvlarida xam uchraydi.
Qadimgi Xindistonda tilshunoslik, aftidan, uzoq tarixga ega bulgan. Ruhoniylar (brahmanlar) tomonidan yozilgan dastlabkn grammatik asarlarda toʼgʼri talaffuz masalalari ustida soʼz yuritiladi. Eramizdan ilgarigi ming yillik boshlarida ■lugʼatlar tuzilgan. Shunday lugʼatlardan beshtasi kadimgi Hipdistonning mashhur tilshunosi Ya ski (eramizdan il. V asr) nomi bilan bogʼliq. Yaski soʼzning morfologik sostavi, shuningdek, so’z maʼnosi masalasini ham toʼgʼri tasavvur qilgan. Uning- 'cha, soʼz predmetni bevosita aks ettirmaydi. Uning tovush tomoni bilan predmet urtasida turuvchi maʼno bor. Shu maʼno tufayli so’z predmetni nomlash imkoniyatita ega boʼladi.
Yetarli darajada ishlangan qadimgi hind grammatik traditsiyasining mahsuli sifatida mashhur tilshunos Panini (Panini) ning «Аshtadxyai» («Grammatik qoidalarning sakkiz boʼlimi»)' asari maydonga keldi. Panini eramizdan ilgarigi IV asr* ning ikkinchi yarmida yashagan deb taxmin qilinadi. Paninining grammatikasi sof empirik va tasviriy xarakterdagi darslik bulib, unda sanskrit (qisman, veda) tilining fonetik, morfologik, soʼz yasash va sintaktik sistemasiga oid 3996 ta qoida jamlangan. Qoidalar bolalarning yod olishlariga moʼljallanib, juda ixcham formada, sheʼr bilan yozilgan. Panini Veda prozaik asarlari tilini qonunlashtirdi,. grammatik qoidalar asosida bir normaga keltirdi. Chunki ungacha Vedalar turli dialektlarda yozilgan edi. Panini va uning izdoshlari adabiy tilning (sanskritning) ortiqcha sodda* lashib ketish protsessini toʼxtatdilar. Natijada sanskrit bilan jonli til (prakrit) orasida farq paydo boʼldi. Panini oʼz grammatikasida tilga tarixiy yoʼsinda yondosh* magan edi. Shu bilan birga, unda falsafiy baza, umumlashtirishlar yoʼq edi. Shunga qaramay, bu grammatika Hindistonda qariyb 2 ming yil davomida eng ishonarli va obroʼli qoʼllanma boʼlib keldi. Eramizning XIII asrlaridagina sanskritning Vopadeva tuzgan yangi grammatikasi maydonga keldi. Аdabiy til sifatida Hindistonda keng tarqalgan sanskrit tili grammatikasidagi qoidalar hozirgacha morfologiyaning asosini ifodalab keldi. Аmmo turli morfologik sistemadagi tillarga tadbiq qilinganida, u tilning oʼziga xos tomonlariga moslab rivojlantirildi. Shu maʼnoda qadimgi hind tilshunoslarining amaliy maqsadda vujudga keltirgan grammatikalari keyinchalik normativ grammatikaning yaratilishiga asos boʼldi deyish mumkin. Shunday qilib, qadimgi hindlar yuksak darajada turuvchi u? tilshunosliklari bilan jahon tilshunoslik faniga juda katta hissa qoʼshdilar va oʼz taʼsirlarini koʼrsatdilar. Ularning taʼlimotlari Eron orqali qadimgi grek tilshunosligiga, Eron va Suriya orqali arab tilshunosligiga taʼsir qildi.
Hind tilshunosligi Yevropaga faqat XVIII asrning oʼrtalarida yetib keldi. Аmmo u O’rta Osiyoga ancha ilgari maʼlum boʼlgan. Masalan, sanskritni yaxshi bilgan xorazmlik mashhur olim Аbu Rayhon Beruniy (X—XI asr) oʼzining Hindistonga bagishlangan asarida hindlarning nozik didli faylasuf, grammatikami va shoir ekanliklarini qayd kiladi.
QADIMGI YUNON TILShUNOSLIGI
Qadimgi Yunoniston Yevropa tilshunosligi fanining markazi xisoblanadi. Faylasuflar va shoirlar vatani bulgan kadimgi Yunonistonda til masalalari dastavval faylasuflar tomonidan urganilgan. Yunon faylasuflari til masalalarini urganish jarayonida tadkikot muammolarini, yunalishlarini xam belgilab oladilarki, bu yunalishlar umumiy, nazariy, lisoniy - falsafiy muammolar sifatida namoyon buladi. Qadimgi Yunonistonda tilshunoslik yunon falsafasining yetakchi kismi sifatida yuzaga keladi va bu soxada juda katta, salmoqli ishlar qilinadi. Qadimgi Yunonistonda xam kadimgi Xindistondagidek matnlarni o’rganish, so’zlarni taxlil kilish, ularga izox berish, moxiyatini ochish kabi masalalar fonetika, grammatika va leksika soxalari bilan jiddiy shugullanishga, shu yunalishlarda muxim tadkikot ishlarini olib borishga sabab buldi. Yunon tilshunosligining tarakkiyoti ikki davrga bo’linadi:
1. Falsafiy davr.
2. Grammatik davr.
1. Tilshunoslikning falsafiy davri Yunonistonda tilshunoslikning falsafiy davri ikki asr davom etadi. Bunda tilga falsafaning bir kismi sifatida karash, til xodisalarining moxiyatini falsafiy jixatdan ochish va tushuntirish, taxminlar, xulosalar chiqarish, goyalar yaratish ayni davrning eng muxim xususiyati xisoblanadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida kadimgi Yunonistonda mavjud bulgan deyarli barcha falsafiy maktablar, oqimlar, yo’nalishlar til masalalari bilan faol shug’ullanganlar. Fikr yuritilayotgan davrning o’ta dolzarb va eng muxim muammolari dan biri so’z muammosi, so’zning tabiiy xodisami yoki shartli xodisami? ekanligi xaqidagi baxs, munozara bulib, bu masala atrofida fikrlar qarama-qarshiligi, faylasuflarning ayni masalani xal kilishda tarafma - taraf bulib, «jangga» kiri shishi, tadqiqot ishlarini olib borishi qizib ketdi. Аniqrogi, bu davrning asosiy, bosh masalalaridan biri so’z bilan maʼno orasidagi, predmet bilan uning nomi orasidagi munosabat masalasi edi. Boshqacha aytganda, predmet bilan uning nomi urtasida qanday munosabat mavjud? So’zdagi tovush bilan maʼnoning boglanishi qanday yuz beradi? Bu bog’lanish tabiat tomonidan beriladimi yoki so’zlashuvchilar tomonidan kelishilgan xolda yuz beradimi yoki maʼlum konun - kursatma bilan tayinlanadimi, muayyan urf - odat bilan boglanadimi yoki odamlar tomonidan belgilanadimi, yaʼni bu jarayon ongli, ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladimi va boshkalar. Tilshunoslikning falsafiy davrida so’z bilan predmet ora sidagi munosabat masalasini xal kilishda Geraklit va uning tarfdorlari quyidagi goyani ilgari suradilar. Ular xar bir nom uzi anglatayotgan narsa, predmet bilan ajralmas alokada, bog’lanishda bo’lib, nomlarda predmetlarning moxiyati namoyon buladi, «ochiladi». Аnikrogi, suvda daraxtlar, kuzguda uzimiz aks etganidek, xar bir nom uzi ifodalayotgan predmetning ta biatini, moxiyatini aks ettiradi, degan fikrni ilgari sura dilar. Yana xam anigi, predmet bilan ularni anglatuvchi so’zlar orasidagi boglanish tabiat tomonidan berilgan bulib, bu boglanish tabiiy, zaruriy boglanish xisoblanadi. Xulosa shuki, olamda mavjud bulgan barcha narsa - predmet larning tabiat tomonidan berilgan, uziga mos va xos nomlari, «tugri» nomlari bor. So’zlar tabiat tomonidan yaratilgan. Ta biat xar bir predmet uchun aloxida nom belgilagan, nom ber gan. Demokrit va uning tarafdorlari esa so’z va predmet munosa bati masalasida Geraklit va uning tarafdorlariga karshi quyidagi goyani ilgari suradilar. Ular aytadi: narsa, pred metlarning nomlari, so’zlar ularning tabiatiga karab, moxiyatiga muvofik xolda kuyilmaydi, balki nomlash jarayoni odatga kura, odamlarning uzaro kelishuviga, ular tomonidan belgilanishiga kura amalga oshadi. Demak predmetlarga nom lar tabiat tomonidan emas, balki jamiyat tomonidan beriladi. Demokrit va uning tarafdorlari u3 goyalarining tugriligini isbotlash uchun yana quyidagi fikrlarni x,am bayon kiladilar: 1) kup so’zlar bir necha maʼnoga ega bulib, shunga muvofik ular turlicha predmetlarni ifoda etadi; 2) kupgina tushunchalar bir kancha nomga, atamaga ega buladi; 3) tilning tabiiyligi goyasidan kelib chikadigan bulsak, u xolda kupgina predmetlarning bir nechta nomga ega bulishi mumkin emas; 4) vakt utishi bilan bir so’z urniga boshkasi yuzaga keladi, yaʼni muayyan predmet nomi uzgarib, boshka nomga, atamaga ega buladi; 5) kupgina tushunchalar so’z ifodasiga, nomga ega emas. Demak, - deydi Demokrit va uning tarafdorlari, bir vaziyatda so’zlar yetishmasa, boshka vaziyatda ular ortikcha, kup, yana boshka bir xolatda so’zlar qatiy emas, yana boshqa bir vaziyatda esa so’zlar kamlik kiladi. Demokrit fikricha, bunday xolat, aso san, odamlar faoliyati bilan boglik bulib, ular tomonidan yuzaga keladi, tabiat tomonidan emas. Shunday kilib, Demokrit va uning tarafdorlari narsa, predmet nom lari tabiat tomonidan, tabiiy berilgan emas, de gan goyani ilgari suradilar va ayni fikrning tugriligini tilda mavjud bulgan omonim va sinonim so’zlar bilan isbot daydilar. Xdkikatan, bir-biridan fark kiladigan turli nar salarning nomlari (so’zlar) kanday kilib bir xil (omonim: o t, yo sh, k i r k, k u k , s o n, k u r, t i l , t ye r , k u y , k U v) yoki bir narsaning kanday kilib birdan ortik nomi (sinonim: bosh, kalla;janjal, gavgo, tupalon, galva, m a sh m a sh a ; b u k m o k , ivimok; kul mok, i l j a y m o K, j i l m a y m o k , t i r j a y m o k , i sh sh a y m o k ) bulishini Geraklit tarafdorlarining taʼlimoti moslik, «tugrilik» taʼlimoti asosida izoxlab bulmaydi. Chunki sinonimlar tovush tomonidan farkli buladi; agar so’zning tovush tomoni predmet ning moxiyati, xususiyati bilan bevosita boglangan bulsa, de mak, sinonimlar turli xil xususiyatni ifodalovchi so’zlar si fatida bitta predmetni anglatishlari mumkin emas. Krlaversa, tabiatdagi xamma predmetlar xam uz nomlariga ega emas. Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bulgan predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida xam mukammal bayon kilinadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida til masalalari bilan jiddiy va barakali shugullangan okimlardan biri stoitsizm x.isoblanadi. Stoitsizm taʼlimotining vakillari bulgan stoiklar: Xrisipp, Krates va boshkalar uz taʼlimotlarida jaxondagi nomuvofiklikka xamma narsalarning maksadga muvofik bulishini karama - karshi kuyadilar. Shunga kura ular tilni kishilarning ruxida tabiat talabiga kura paydo bulgan deyish bilan birga so’z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda kiladi, deb aytganlar. Stoiklar so’zlovchi gapirganida so’z orkali u predmetning tabiati xakida kanday taassurotda bulsa, eshituvchida xam xuddi shu xususiyatlar xakidagi taassurot tugiladi, deb uylaganlar. Stoiklar predmet va uning nomi orasidagi munosabat masalasida Geraklit va uning tarafdorlari taʼlimotini kuvvatladilar, yaʼni ular xam predmet va uning nomi (so’z) urtasida moslik, muvofiklik mavjud deb xisoblar edilar. Аyni vaktda stoiklarning muxolifi bulgan Epikur va uning taʼlimoti tarafdorlari esa Demokritning fikrini kuvvatlab, so’zlar va predmetlar orasidagi aloka, boglanish tabiiy bulishi mumkin emas, chunki narsalarning moxiyati bilan ularning nomi orasida karama-karshiliklar juda kup, degan fikrni ilgari surganlar. Epikurchilar predmet bilan uning nomi orasidagi aloka tasodifiy, bu alokani dastlab tilni uzaro kelishuvchilik asosida ijod kilgan kishilar yaratgan, ana shunday tasodifiylik bulmaganida edi, barcha xalklar bir birlarining tillariga tushungan bular edi, deyishadi. Tilshunoslikning falsafiy davrida uzaro kizgin kurash olib borgan yetakchi okimlardan, yunalishlardan yana biri analogistlar va anomalistlar - karama - karshi goyadagi faylasuflar guruxi edi. Ular til xodisalarida analogiya mavjudmi yoki anomaliyami, konuniyat mavjudmi yoki konuniyat yukmi, degan fikr bilan kurollanib, til bilan obʼektiv borlik, so’z bilan predmet orasidagi munosabat masalasini xal kilishga kirishadilar. Mashxur yunon grammatikachisi Аristarx boshchiligidagi analogistlar okimi tilning grammatik kurilishi va lugat tarkibi bilan borlik orasida moslik, muvofiklik - uxshashlik mavjud, degan goyani ilgari surishadi. Ular yunon va lotin tillar id a otning uch xil grammatik jinsi (rod): erkaklar jinsi, ayollar jinsi va xar ikki jinsga xam tegishli bulmagan oralik jins mavjudligini aytishadi. Shunga kura ular predmetlar erkaklar jinsiga, ayollar jinsiga yoki oralik jinsga tegishli buladi, deyishadi. Аnomalistlar okimining yetakchisi stoik Krates va uning tarafdorlari esa ushbu goyaga zid fikrni, zid goyani ilgari surishadi. Ular aytadi: tilning tarkibi va grammatik kurilishi bilan borlik orasida tupa moslik, uxshashlik yuk; biz doim turli tengsizlikka, moslik meьyoridan chetga chikish larga duch' kelamiz. Masalan, tildagi uch grammatik jins atro fimizdagi narsalarga real ravishda tugri keladi, deb xisoblash beʼmanilikdir. Xaqiqatan xam, masalan, rus tilidagi cherepaxa (toshbaqa), belka (olmaxon) so’zlari shakliga Qaraganda grammatik jixatdan ayollar jinsiga mansub bulishi kerak edi. Аmalda esa usha xayvonlarning erkagi xam, urgochisi xam bir xilda cherepaxa, belka deyiladi. Shuningdek, rus tilidagi dyatel (kizilishton) so’zi uz shakliga kura fakat erkaklar jinsiga nisbatan kullanaveradi. Demak, bu yerda til anomaliyasi mavjud bulib, shakl bilan mazmun orasida moslik yukdir. Tilshunoslikning falsafiy davrida kadimgi yunon faylasuflari Аnaksimen, Prodik, Protagor, Platon, Аristotellar til masalalariga oid asarlar yaratganlar va xozirgi kunda xam u3 axamiyatini yukotmagan asosli fikrlarni bayon kilganlar. Аnaksimen (bizning eramizgacha bulgan 560-502 y). U “Ritorika”asari bilan stilistika fanining asosini yaratdi. Prodik (bizning eramizgacha bulgan V asr). Prodik sinonimika masalalarini ishlab, uning uziga xos xususiyatlarini, maʼno ottenkalarini, kirralarini farklashga urgatdi. Protagor (bizning eramizgacha bulgan 480-410 y). Protagor otlarning rodlarini (jinsini), feʼl zamonlarini va gaplarning turlarini farkladi. Shuningdek, ayni davr faylasuflari ot va feʼllarni farklab, gapning ot bilan feʼlning boglanishidan xosil bulishini taʼkidladilar. Platon (bizning eramizgacha bulgan 427-347 y).Uz davrining dastlabki yirik faylasufi Platon etimologika fanining asoschisi sifatida eʼtirof kilinadi.U mantikli nutkda ikki turdagi so’zlarni: otlarni va feʼllarni farkladi. Gapda ega vazifasida kelgan so’zni ot deb, kesim vazifasida kelgan so’zni feʼl deb atadi. Feʼlning ot xakida nima tasdiklanishini anglatadigan so’z ekanligini kayd etdi. Аristotelь (bizning eramizgacha bulgan 348-322 y). Uz davrining ikkinchi buyuk komusiy olimi - faylasufi Аristotelь tilga oid masalalarni mantik bilan boglik xolda urgandi va u birinchi bulib grammatikani mantikdan ajratdi. Аristotelь xam, Platon kabi, ot - egani va feʼl - kesimni tan oldi. Bu guruxga kushimcha kumakchi so’zlarni - boglovchi larni xam kiritdi, yaʼni so’zlarni uch turkumga: ot, feʼl, boglovchi xamda yuklama kabilarga buldi. Ot va feʼllarni mustakil maʼnoga ega so’zlar sifatida, boglovchi, yuklamani esa fakat grammatik vazifa bajaruvchi so’z sifatida kayd etdi. Аristotelь uz davridayok gapni fikr ifodalovchi nutk birligi deb taʼrifladi. Shuningdek, u kelishiklar, tovushlar xakida xam maʼlumot berdi. Masalan, u fonetikada unli va undosh tovushlarni ajratdi. Yukorida aytilganlardan bir muncha farkli xolda tilshunoslikning falsafiy davrida stoiklar nutkda so’zlarni besh guruxga: feʼl, boglovchi, artiklь, atokli otlar va turdosh otlarga ajratdilar. Shuningdek, ular ushbu so’zlarning barchasi xam maʼnolidir, deyishdi. Stoiklar otlarda beshta kelishikni farkladilar: bosh kelishik, karatkich kelishigi, junalish kelishigi, tushum kelishigi va chakirish (zvatelьnыy; chikish) kelishigi. Stoiklar mazkur davrdayok nutkni ikkiga: tashki nutkka va ichki nutkka bulib urgandilar. Ular yunon tilida 24 ta tovush borligini aytib, bularni unli va undosh tovushlarga ajratdilar. Xullas, tilshunoslikning falsafiy davridan xozirgi tilshunoslik uchun muxim bulgan ikki taʼlimot koldi: 1.Tilning elementlari, birliklari (so’z va gap) -ishora, belgi. 2.Til birliklari maʼno, fikr bilan shartli boglangan. 2. Tilsh unoslikning grammatik davri Tilshunoslikning grammatik davri kadimgi yunon tilshunosligida Iskandariya davri deb yuritiladi. Misr davlatining markazi bulgan Iskandariya makedoniyalik Iskandar nomi bilan boglik edi. U bosib olgan Shark mamlakatlarida yunon tili, madaniyati, falsafasining taʼsiri natijasida yunon madaniyati Shark madaniyati bilan kushilib ketib, aralash madaniyat - ellinizm yuzaga keladi. Iskandariya ellinizm madaniyatining yirik markazlaridan biri xisoblangan. Umuman, bizning eramizgacha bulgan III asrdan boshlab, birorta shaxar: na Аfina, na Rim yuksak madaniyat namunasi va ilmiy markaz bulgan Iskandariya shaxri bilan tenglasholmas, rakobat kilolmas edi. Xullas, yunon tilshunosligi, ayniksa, ellinizm davrida - yunon - shark davrida (bizning eramizgacha bulgan 334-31 y) tarakkiy kildi, rivojlandi. Аleksandriya grammatika maktabining eng yirik vakillari Zenodot, Аristarx, Dionisiy, Аpolloniy Diskol va boshkalar dir. Zenodot (taxminan bizning eramizgacha bulgan 250y). Zenodot 800.000 dan ortik kulyozma manbalarga ega bulgan mashxur Iskandariya kutubxonasining birinchi raxbaridir. U va boshka yunon filologlari Gomer, Esxil, Sofokl va boshkalarning asarlari ustida faol tadkikot ishlarini olib bordilar. Ular ushbu asarlarning lugat tarkibi va grammatikasiga oid sharxlar ustida mexnat kildilar. Zenodot artiklьni, olmoshlarni farkladi. Аristarx (bizning eramizgacha bulgan 215-143 y). Iskandariya maktabining eng mashxur va yetakchi olimi samofrakiyalik Аristarx uzok yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshkardi. U uzining 40 ga yakin shogirdlari bilan ilmiy-tadkikot ishlarini olib bordi. Ular Gomer ijodini mukammal urganib, uning asarlarining tekshirib chikilgan tulik matnini yaratishdi. Аristarx so’z turkumi xakidagi taʼlimotni mukammal ishlab chikdi va sakkizta so’z turku mini ajratdi. Bular: ot, feʼl, sifatdosh, artiklь yoki kursatkich, olmosh, old kumakchi, ravish va boglovchi. Dionisiy (bizning eramizgacha bulgan 170-90 y). Аristarxning shogirdi frakiyalik Dionisiy uzigacha bulgan tadkikotchilarning ishlari va tajribalarini urganib, ular dan foydalanib, rimliklar uchun «Grammatika sanʼati» nomli sistemapashtirilgan dastlabki yunon grammatikasini yaratdi. Dionisiy taʼlimotiga kura so’z so’zlashuv nutkining (boglangan nutkning) eng kichik bulagi (kismi)dir. Gap (yoki nutk) esa so’zlarning uzaro munosabatidan, boglanishidan xosil bulib, tugal fikr ifodalaydi. Dionisiy grammatikasida ot turkumi xakida quyidagi fikr beriladi: ot kelishik va songa kura uzgaruvchi turkumdir. U sifatlarni xam otga kiritadi. Dionisiy feʼl xakida fikr yuritib, feʼlning kelishiksiz so’z turkumi bulib, zamon, shaxe, son, mayl, nisbat, tuslanish va boshkalarga ega ekanligini aytadi. Feʼlning beshta: aniklik, buyruk, istak, tobelik va noaniklik mayllarini; feʼlning uch ta: xarakat, uzlik va urta nisbatlarini; feʼlning uchta: bir lik, juftlik va kuplik sonlarini; feʼlning uchta: birinchi nutkni so’zlagan, ikkinchi-nutk yunaltirilgan va uchinchi-so’z yuritilgan (uzga) shaxslarni kayd etadi. Grammatik zamon esa xozirgi, utgan va kelasi zamon kabi turlarga bulinadi. Sifat doshlar esa feʼl va otlarga xos bulgan belgilarni birlashti radigan kategoriya sifatida talkin kilinadi. Аrtiklь, Dionisiy fikricha, turlanuvchi so’z turkumi bulib, u turlangan otdan oldin xdm, keyin xam kela oladi. Olmosh ot urnida kullaniladigan so’z bulib, maʼlum shaxslarni kursatadi. Ravish turlanmaydigan so’z turkumidir, u feʼl xakida maʼlumot beradi va unga birikadi. Boglovchi fikrni maʼlum tartibda boptaydigan va fikrni ifodalashdagi oraliklarni kursatadigan so’zdir. Old kumakchi so’z turkumi bulib, barcha so’z turkumlari oldidan so’z tarkibida xam, gap tarkibida xam keladi, yaʼni u sintaksisda xam, so’z yasalishida xam kullaniladi. Аpolloniy Diskol (bizning eramizning II asri). Аpolloniy Diskol bizgacha yetib kelgan yunon tili sintaksi si ni yaratdi. U «Sintaksis xakida» asarida yunon tili sintak sisiga oid maʼlumotlarni berdi. Iskandariya maktabi vakillari tilning tovush tomoniga xam katta eʼtibor berishdi. Ular tovushlarni akustik prin sip asosida tasvirladilar, tovush va xarflarni aynan bir narsa xisoblab, ularni unli va undosh tovushlarga ajratdi lar. Shunga kura xarflarni unli tovushlar va undosh tovush lar nomi bilan tasvirladilar. Unli xarflarni (tovushlar ni) uz xolicha talaffuz qilinadigan va uzini aloxida eshi tish mumkin bulgan tovushlar sifatida, undosh xarflarni (tovushlarni) esa unlilar bilangina talaffuz kilinadigan tovushlar sifatida karadilar. Shuningdek, ular bugin, urgu xakida xam maʼlumot berishdi. Tilshunoslikning grammatik davrida Iskandariya maktabi vakillari yunon tilining fonetikasi, morfologiyasi va sin taksisi buyicha jiddiy tadkikot ishlarini olib bordilar va kator asarlar yaratdilar. Yunon tilshunosligida, ayniqsa, morfologiyaga oid masalalar mukammal ishlangan bulib, unga nisbatan fonetika va sintaksis masalalari bush tadkik kilingan. Shuningdek, Iskandariya maktabi vakillari grammatikani falsafadan ajratdilar. Xullas, qadimda tilshunoslikning Iskandariya davri gram matikani mustaqil fan sifatida yaratdi. Qadimgi yunon tilshunosligi (grammatikasi) xind tilshunos ligi (grammatikasi) bilan bir qatorda uz davrida arab tilshu nosligiga (grammatikasiga) taʼsir qildi


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Я.В.Лоя. История лингвистических учений.- М., 1968.
2. С.Усмонов Умумий тилшунослик.- Т., 1972.
3. В.И.Кодухов.Общее языкознание.-М.,1974.
4. Т.А.Амирова.Б.А.Ольховиков,Ю.В.Рождественский. Очерки по истории лингвистики.-М.,1975.
5. Н.А.Кондрашов.История лингвистических учений. - М., 1979.
Download 42.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling