Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
Oqsilli nanobo‘lakchalar
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antimikrob oqsilli nanobo‘lakchaIarni ta’sir mexanizmlari qanday
Oqsilli
nanobo‘lakchalar qanday qilib antibiotiklarni almashtirishlari mumkin? Birinchi navbatda, mikroorganizmlarda antibiotiklarga nisbatan chidamlilik xususiyati paydo bo‘lgan. Bu muammoni hammadan oldin Singapur biomuhandislik va nanobio- texnolog instituti olimlari yechishga kirishganlar. Ular kationli oqsillarga, ya’ni eritmada musbat zaryad hosil qiladigan oqsillarga diqqat-e’tibor bilan qaraganlar. Bu oqsillami molekulalari asosida, olimlar o‘z-o‘zidan yig‘iladigan nanobo'lakchalar yaratdilar (28-rasm). 28-rasm. Antimikrob xususiyatga ega bo ‘Igan oqsilli nanobo 'lakchalarni hosil bo 'lishi: xolesterol gidrofob yadro (1) hosil qiladi, eritmada musbat zaryadlanadigan oqsillar (2, 3, 4) ulami о ‘rab oladi. Kesmada (chapdagi past burchakda) - elektron mikrofotografiya keltirilgan bo ‘lib, и hosil bo ‘Igan nanobo ‘lakchalarni о ‘Ichamini baholab bera oladi (100 - 150 nm). 49 Bunday nanobo‘lakchalar antimikrob ta’sirga egalar va an’anaviy antibiotiklami o‘m ini bosa oladi. Bunda oqsilli nanobo'lakchalar ko‘plab mikroorganizmlarga birdaniga ta’sir qiladi va hatto zamonaviy antibiotiklarga nisbatan chidamlilik paydo bo‘lgan mikroorganizmlarga nisbatan ham faollikka ega. Antimikrob oqsilli nanobo‘lakchaIarni ta’sir mexanizmlari qanday? Oqsilli nanobo‘lakchalar bakteriyalami hujayra qobig‘ini ko‘p joydan teshib tashlaydi va bunday mikroorganizmlar o ‘lib qoladi. Oqsilli nanobo‘lakchalar antibiotiklar oldida ikki ustuvorlikka ega: - hujayra va to ‘qima to'siqlardan bemalol o‘tadi; - ishlatilganda qo‘shimcha salbiy samara bermaydi. Antimikrob xususiyatga ega bo‘lgan oqsil nanobo1 lakchalari tajriba o'tkaziladigan hayvonlarda laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Oqsil molekulalari asosida nanokonstruksiyalar yaratish bilan shug‘ullanadigan olimlami diqqatini ferritin o‘ziga tortgan. Bu oqsil temimi organizmda saqlanishini ta’minlaydi. Ferritin molekulasi 12 nm ga teng bo‘Igan shar shaklida bo4 lib, 24 ta polipeptid subbirliklardan tashkil topgan (29-rasm). Shami ichida diametri 8 nm ga teng bo‘lgan bo‘shliq boiib, u temir oksogidroksidining (FeOOH) nanobo* lakchalari bilan to‘ldirilgan. Kesimi 29-rasm. Ferritin oqsilini tuzilish sxemasi. 50 Ferritinni bitta molekulasi o‘zining bo‘shlig‘ida 4000 temir atomini saqlaydi. Kerak boMganida oqsilli qobig‘idagi teshikchalar orqali kattaligi 5 nm ga teng bo‘Igan temir oksogidrooksidi tashqariga chiqadi va qonga tushib, ular gemoglobin sinteziga sarflanadi. Ferritinni tuzilishini va xossalarini modellashtirib, olimlar sun’iy nanomateriallar yaratish bilan shug‘ullanmoqdalar. Sun’iy nanomateriallarda temir oksogidroksidining bo‘lakchalari g‘ovak matritsalar tarkibiga kiritiladi. Yuqorida keltirilgan materiallardan ko'rinib turibdiki, oqsillar, ayniqsa, murakkab oqsillar nanobiotexnologiya sohasida eng keng tarqalgan obyektlardan biriga aylangan. 0 ‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Eng Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling