Q. D. Davranov, B. S. Aliqulov nanobiotexnologiya
«Barchasi birdaniga» tipida konstruksiya qilish
Download 7.32 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- DNK asosidagi uchlamchi
«Barchasi birdaniga» tipida konstruksiya qilish. Rossiya Fanlar
Akademiyasining V.A. Engelgard nomidagi molekular biologiya institutining olimlari, DNK asosidagi nanokonstruksiyalar jarayonini tezlatishni maqsad qilib qo‘yishgan. Bunda shunchalik darajada jadallashtirish ko‘zda tutilganki, bir marotabada tartibli uchlamchi struktura olish rejalashtirilgan. Nanokonstruksiya qilish muammosini jadallashtirish uchun, ular to‘g‘ri yondashishni taklif qilganlar. Ular DNKni alohida molekulalari bilan ishlashdan voz kechishib, DNKni suyuq kristall dispersiyasini ishlatishga kirishganlar. Bunda shakllanadigan suyuq kristall «tomchilar» (ulami kattaligi 0,5 mkm 89 atrofida) taxminan 10000 DNK molekulasini o‘z ichiga oladi. Tomchilar doirasida molekulalar bir-birlaridan 3-5 nm uzoqlikda qator bo‘lib joylashadi. Ulaming bunday tartibli joylashishi bo'lakchalarga kristall xususiyatini beradi. Bunda qo‘shni molekulalar bunday kristallarda harakatchan qavat hosil qiladi, ya’ni suyuqlikni xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu esa, olingan struktura suyuq kristall ekanligini ko’rsatadi. Mana shunday kristallar bilan ishlab turib, tadqiqotchilar muammoning yechimini topish uchun juda muhim holatga o‘z diqqatlarini qaratdilar. Suyuq kristall dispersiya hosil qilganda, DNK molekulalari boshqa moddalar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiiish xususiyatini yo‘qotmasligiga e’tibor berdilar. Suyuq kristallardagi DNKni bu xususiyatlaridan DNKni uchlamchi strukturasini stabillash uchun foydalandilar. DNKni qo‘shni molekulalari oralig‘ida simmetrik holatda joylashaoladigan hamda «nanoko‘priklar» vazifasini bajaraoladigan kimyoviy moddalar tanlandi (55-rasm). 55-rasm. DNK molekulalari orasidagi nanoko ‘prikchalar. Bu molekulalar butun molekulaga mustahkamlik (qattiqlik) berib turadi va DNK ni qo‘shni molekulalarining harakatchanligini qisqartiradi. «Nanoko‘prikchalar» mustahkam bo‘lib, suv-tuzli eritmada parchalanmaydi. Yuqorida keltirilgan nanostrukturalar genetik materiallami tashuvchilari yoki biologik faol moddalar sifatida ishlatilishlari mumkin. «Nanoposilka» (nanostrukturalami manzilga yetkazish) hujayraga kelib tushganidan keyin, konstruksiyani mustahkamlab turgan nanoko‘prik- chalar buziladi va konstruksiyani ichidagi moddalar (masalan, 90 antibiotiklar) ozod bo‘lib, o‘z faoliyatini ko‘rsatadi. Ba’zi bir oqsillar (insulin, pepsin) va boshqa moddalar ta’sirida nanoko‘prikchalaming buzilishini boshqarish mumkin. Nuklein kislotalar asosida yaratilgan uchlamchi nanostrukturalar, optik sensorli qurilmalar yaratish bilan shug‘ullanadigan nanokonstruktorlami diqqatini o'ziga tortdi. DNK asosidagi uchlamchi Download 7.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling