Q I. Amaliy topshiriq (1 va 2 topshriqda berilgan vazifalarni bajaring.)
Qo’yidagi shtrix kodni hisoblab, kod to’g’risida to’liq ma’lumot bering? Variantlar
Download 476.09 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtrix kod to’g’risida to’liq ma’lumot bering Bu shtrix kod kitobga tegishli bo`lgan shtrix kod hisoblanadi. 2 - topshriq. QR kodingizni tuzing.
- 1. Internet-manzil
- 4. Geografik ma’lumotlar
- 7. Telefon raqamlari
Qo’yidagi shtrix kodni hisoblab, kod to’g’risida to’liq ma’lumot bering? Variantlar
Shtrix kod to’g’risida to’liq ma’lumot bering? Bu shtrix kod kitobga tegishli bo`lgan shtrix kod hisoblanadi. 2 - topshriq. QR kodingizni tuzing. 2. QR-kod. QR-kodi (quick response) nima? Bugungi kunda QR kodlari ko’pchilik uchun allaqachon oddiy narsaga aylangan, lekin ko’pchilik aslida u haqida tushunchaga ega emas, lekin kunda oq fonda sirli qora kvadratchalar bilan tasvirlar reklama afishasi yoki plakatining burchagida, paketlarda, jurnal sahifalarida va hatto biznes kartalarida, tovarlar etiketkalarida, kommunal to’lovlar kvitansiyalarida yoki saytlar sahifalarida ham ko’radilar. Xo’sh, bu belgi nimava u nima uchun kerak? Mana shu QRkoddir. QR kod mazmun mohiyatiga asosan ingliz tilidan olingan bo’lib “Quick Response” so’zlarining qisqartirmasidir. Uning mazmuni “tezkor javob” ma’nosini beradi. QR kod nima uchun kerak? QR kodini ishlatishni bilmagan har bir kishi bu savolni berishi tabiiydir.QRkod juda ko’p ma’lumotni yetkazishda yoki undan foydalanish uchun ayniqsa qulay hisoblanadi. QRkod 1994-yilda Yaponiyaning “Denso Vave” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki o’lchovli shtrix kodi (matris kodi). 2953 baytlik ma’lumotni bitta kichkina kvadratga, ya’ni 7089 ta raqam yoki 4296 ta harf (A4 formatidagi 1-2 sahifa), 1817 iyeroglif joylashtirish imkonini beradi. Bu kodning bosh afzalligi shundaki, u skanerlovchi uskuna (mobil telefon, fotoapparat yoki qo’l skaneri) yordamida oson va tez o’qish hamda kodlash imkonini beradi: Q R kod qo’llanishining asosiy tamoyili shundaki, u giperhavola tarzida ishlay oladi. Bu birdaniga ko’p ma’lumot haqida xabar berish zarur bo’lgan holatlarda yoki uni soddalashtirish kerak bo’lganda juda qulay vosita sanaladi.QR kod electron ma’lumotlar uzatish prinsipiga asoslanadi. Bu, ayniqsa, ko’p miqdordagi axborotni uzatish yoki undan foydalanishni soddalashtirishda qo’l keladi. QR kod surati mahsulot yoki xizmatni tanlash jarayonini yengillashtirishga yordam beradi, axir qadoq yoki reklama plakatidagi mana shu kichik kvadratchada 4296 tagacha belgi sig`diriladi. U aloqa jarayonini optimallashtirishga ham xizmat qiladi, masalan, aksariyat holatlarda tashrif qog`ozidagi nishonchada birgina tugmani bosish bilan kontaktlaringiz ro’yxatiga qo’shiladigan telefon raqami shifrlangan bo’ladi. Shu bilan birgalikda, QR kodlar yordamida havoladan o’tish, electron xat, SMS yuborish, manzil joylashuvini bilish va boshqa ko’plab amallarni bajarish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoda elektron to’lovlarni amalga oshirishda ham mazkur texnologiyadan faol ravishda foydalanilmoqda. QR kodlar dunyodagi eng ko’p quyidagi formatlarda tarqalgan (o’zingizni ma’lumotlaringizni kiriting): http://qrcoder.ru 1. Internet-manzil (QR kodlari Internet resurslari bilanbog`lanishni o’z ichiga oladi. Kodni o’qish foydalanuvchini kerakli saytga yo’naltiradi. brauzerning manzil satrida ko’plab belgilarni diqqat bilan kiritish zarurligini bartaraf etadi). 2. Aloqalar ma’lumotlari (kod biznes kartalari juda keng tarqalgan, kodni skaner qilib telefon yoki kompyuterning manzillar kitobida aloqani saqlash mumkin). 3. SMS (Ko’pincha, tadbirda, aksiyada, o’yinda ishtirok etish uchun SMS yuborish talab qilinadi. SMS yuborishda QR kodlari sizni yozishdan xalos qiladi. Buning uchun siz kodni skaner qilishingiz va yuborishingiz mumkin bo’ladi). 4. Geografik ma’lumotlar: manzilingiz (QR kodi shifrlangan bo’lishi mumkin. Bu sizga bir yoki bir nechta joyni ko’rish imkonini beradi, masalan, “Google xaritalar”da). 5. Matn (bu format turli maqsadlar uchun javob beradi, masalan, axborot, ma’lumot olish uchun). 6. Elektron pochta manzili (QR kodi elektron pochta manzilni va qabul qiluvchining nomini o’z ichiga olishi mumkin). 7. Telefon raqamlari (QR kodini skanerlashda telefon raqamini ham ko’chirib olib, darhol qo’ng`iroq qilishingiz mumkin). Pastdagi rasmlarda keltirilgan Download 476.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling