Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llari


Download 0.98 Mb.
bet36/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

7.3.O‘zbekistonda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish yo‘llari

O‘zbekistonda xizmatlar bozorining rivojlanishi o‘ziga xos bo‘lib, u moddiy ishlab chiqarish bilan birga parallel ravishda shakl­­lanmoqda va rivoj topmoqda.


Mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida shun­­day xizmat turlari vujudga kelmoqdaki, ularni rivoj­lan­tir­masdan turib, moddiy ishlab chiqarish sohasini ham rivoj top­ti­rish qiyinlashib qoladi.
Bugungi kunda axborotlarsiz va ularni amalga oshiradigan xiz­mat tarmoqlarisiz ishlab chiqarish rivojini tasavvur etish qiyin. Ular esa o‘z navbatida barcha taraqqiyot uchun, shu jumladan, mod­diy ne’matlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ham aso­siy omillarga aylanib ulgurdi. Tabiiyki, bu jarayonda O‘zbe­kis­ton ham dunyo hamjamiyatidan orqada qolib ketmasligi lozim. Bu esa xizmatlar bozorini yanada rivojlantirishni taqozo qiladi.
Xizmatlar bozorining yanada rivojlanishiga bir qator shar­o­it­lar ta’sir etadi. Ularga asosan quyidagilar kiradi:

  • bozorning faoliyat yuritish sharoitlari;

  • kishining shaxsiy manfaati;

  • tadbirkorlik, qarorlar qabul qilishi erkinligi;

  • raqobat; .

  • erkin narxlashtirish;

  • huquqiy va iqtisodiy kafolatlar.

Xizmatlar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omil­larga –texnika va texnologiyalarning zamon talabiga javob ber­mas­ligi, mutaxassis kadrlarning va moliyaviy resurslarning taq­chil­ligi, aholi daromadlari va xizmatlarga talab darajasining pasa­yishi, bozor narxlarining darajasi, soliq rejimi va hokazolar kira­di.
Milliy iqtisodiyotda xizmat turlarini rivojlantirish uchun, shu sohada yangi ish o‘rinlarini ochish boshqa sohalarga nisbatan arzonligi va qulayligi, xizmatlarning ko‘p turi milliyligi va an’ana­larimizning saqlanishi hamda rivojlanishiga moyilligi­ning mavjudligi, bozor ko‘nikmasiga, xizmatlarga bo‘lgan talab­ning, bozor kon’yunkturasining o‘zgarishiga moslashish imkoniyati­ning kattaligi, xususiy sektorda ushbu sohani tez rivojlantirish mum­kin­ligi, unda moddiy manfaatdorlikning yuqoriligi kabi omillar ham mazkur sohaning rivojlanishini taqozo qiladi.
Shuningdek, xizmatlarning turlari xalqaro iqtisodiy munosa­bat­larda sezilarli darajada rivojlanishi ham mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish zaruratini tug‘dirmoqda. Oldinlari bir mam­lakat ikkinchi bir mamlakatga asosan transport xizmatlarini ko‘r­satgan bo‘lsa, endilikda ularning ulushi kamayib bormokda. Ularning o‘rnini axborot-kommunikatsiya, moliya va bank xizmatlari, turizm, eksport qilingan tovarlarga iste’mol va ekspluatatsiya qilina­yotgan joylarda xizmat ko‘rsatish kabi turlarining ulushi ortib bormokda.
Xizmatlar bozori takror ishlab chiqarishda alohida bo‘g‘in sifa­tida ajralib turmagan bo‘lsada, uning mazkur jarayonning amalga oshirilishida va jadallashishida hissasi katta. U kengay­tiril­gan ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlarida ishtirok etmoqda. Mah­sulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayriboshlash va iste’­mol qilishni xizmatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli, ken­gay­tirilgan ishlab chiqarish jarayonida xizmatlar rolining katta­ligini e’tirof etish lozim.
Hozirgi zamon bozor munosabatlari sharoitida xizmat ko‘rsa­tish korxonalarining raqobat afzalliklari– ular tomonidan tan­lan­gan strategik yo‘nalish va uni amalga oshirishning muvaf­faqiya­tiga yaqinroq bog‘liqlikda bo‘ladi. Shuning uchun xizmat ko‘rsatish kor­xo­nalari o‘zlarining maqsadlariga muvofiq innovatsion stra­te­gi­yani shakllantirishga katta e’tibor qaratishlari lozim.
Xizmat ko‘rsatish korxonalari innovatsion strategisining ob’ekti – innovatsion faoliyatdan iborat bo‘ladi. Ehtimol bo‘lgan kat­ta foydani olish maqsadlarida yangi raqobatbardosh xizmat­lar­ni yaratish va ularni innovatsion texnologiyalarning zamonaviy dara­jasida ishlab chiqarish ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi.
Innovatsion strategiya korxonalarning umumiy strategiyasini chuqurlashtiradi, aniqlab beradi va amalga oshishiga ko‘maklashadi. U korxonalar tasarrufidagi resurslardan oqilona foydalanishga, yuqori samarali va qulay sotsial-iqtisodiy natijalarga erishishga yordam beradi.
Korxonalarning umumiy strategiyasi va ilmiy-texnik taraq­qiyot sohasidagi strategiya o‘rtasidagi aloqa, yangi xizmatning tat­biq etilishi va xizmat ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi.
Innovatsion strategiya–bu korxona faoliyati muammolarining butun majmuasi bilan uzluksiz bog‘liqlikda amalga oshirilishi-dan iborat. Innovatsion xizmatni tatbiq etish strategiyasi – kor­xona nimani, qachon va qanday texnik-iqtisodiy darajada hamda qan­day sharoitlarda ishlab chiqarishini belgilab beradi.
“Bunday strategiyani alohida olingan iqtisodiyotning tar­moqlari va sohalari bo‘yicha ham ifodalash mumkin.Jumladan, respublikamiz iqtisodiyotining muhim strategik sohasi turizmda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish raqobat strategiyasideyil­gandaturistik xizmat ko‘rsatish sub’ektlari o‘rtasida narx siyo­sa­­tiga asoslangan xizmat sifati, moliyaviy barqarorlik, raqo­batbardoshlikni ta’minlash bo‘yicha tuzilgan uzoq muddat­li istiqbol rejasi va uni amalga oshirishdan iborat”.36
Innovatsion strategiya korxonadagi xizmat ko‘rsatish jarayo­nini rivojlanishining, uning sifatiy ta’riflari nuqtai naza­ri­dan samarali dinamikasini ta’minlaydi. U umumiy strategiyada dviga­tel rolini o‘ynagandek bo‘ladi. Bir qator rivojlangan davlat­larda innovatsion strategiya – korxonaning raqiblar, iste’mol­chilar, yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarini ta’­rif­laydi.
Demak, innovatsion strategiya yo‘nalishlarini belgilash, is­tiq­­bolli rivojlanishning ustuvorliklarini tanlash – kor­xona­ning rivojlanishi va maqsadlarga erishish uchun chora-tadbirlar maj­muasiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti oldida turgan eng dolzarb muam­mo­lar­dan biri − bu hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish hisob­la­nadi. Mamlakatdagi ayrim hududlarining rivojlanish dara­jasi, turli omillar ta’sirida (resurslarning kamligi, geografik joy­lashuvning noqulayligi va hokazolar tufayli) boshqa hudud­lar­ga nisbatan jiddiy ortda qolishi kuzatilmoqda.
Hududlar o‘rtasida sotsial-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha differensiatsiyaning kuchayib borishini bartaraf etishda, turli mexanizmlar vositasida, ularda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion xizmatlar bozorining hudud iqtisodiyoti rivoj-lanishiga quyidagi chora-tadbirlar ta’sir etishi mumkin:

  • innovatsion taklif va yangiliklarning amaliyotga tatbiq eti­li­shini ta’minlash orqali hudud iqtisodiyotining moder­nizatsiya­la­shuvi;

  • hududdagio‘z innovatsion ishlanmalarini yaratishga erishgan va innovatsion mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyat­la­ri oshib borayotgan tashkilot (korxona, muassasa)larning qo‘llab-quv­vat­lanishi va rag‘batlantirilishi;

  • hududiyinnovatsion ishlanmalar bozoriga xorijiy investitsiya­larni jalb etish imkoniyatlarini kengayishi;

  • xizmatlar bozorida tadbipkoplik bilan shug‘ullanuvchi va shug‘ul­lanish istagi bop shaxslapga biznesni yupitishda asqota­di­gan (moliya, mapketing, axbopot texnologiyalapi va boshqa) muhim masalalap bo‘yicha bepul o‘quv seminaplapining tashkil etilishi;

  • tadbirkorlik faoliyatini yuritishda to‘siq bo‘layotgan infpa­stpuk­tupaviy (ichimlik suvi, gaz, elektp enepgiyasi ta’minoti, kanalizasiya) muammolapini baptapaf etish uchun mahalliy hoki­mi­yat vakillari ishining jonlantirilishi va boshqalar.

Hududlarda innovatsion xizmatlar bozorini rivojlantirish, nafaqat ularning barqaror rivojlanib borishini ta’minlashning asosiy shartlaridan biri bo‘libgina qolmay, mamlakat hudud­lari­ning mutanosib rivojlanishini ta’minlaydi.
Xizmatlar bozorining rivojlanishi – mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining o‘stirish va aholining xizmatlarga bo‘lgan tala­bini qondirish bilan bir qatorda, jamiyatda ishsizlikni bir­mun­cha kamaytirish imkonini tug‘diradi va ushbu bozorda ishlayotgan insonlarning moddiy farovonligini ta’minlaydi.
Bulardan ko‘rinib turibdiki, xizmatlar bozorini rivoj­lan­ti­rish nafaqat mamlakat iqtisodiy salohiyatini oshiradi, balki ja­mi­yat­ning sotsial barqararligini ta’minlashda ham muhim aha­miyat­ga ega.
Sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi tur­mu­shi­ning munosib sifat darajasini ta’minlash, kishilarga jahon andozalari darajasida servis xizmatlar va maishiy qulayliklar yaratish, ishchilarning madaniy hordiq chiqarishlari uchun ularning uy-ro‘zg‘or tashvishlari uchun sarflanadigan vaqtlarini tejash va buning evaziga bo‘sh vaqtlarini ko‘paytirish muammolari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolarni yechish uchun xizmat ko‘rsatish bozorini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, unga yo‘nal­tirila­di­gan investitsiyalarni ko‘paytirish, xizmatlar xilma- xilligini va yuqori sifatini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Xizmatlar bozori − aholining sog‘ligiga, kayfiyatiga, meh­nat­ga bo‘lgan munosabatiga, ishchi-xodimlarning mehnat unum­dor­li­giga, o‘z hayotidan rozilik darajasi va xursandligiga, umuman ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga bevosita ta’sir ko‘rsata­di­gan muhim iqtisodiy segmentdir.
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi esa, o‘z navbatida, xo‘jalik jarayonlarining tezlashishiga, iqtisodiy o‘sish sur’at­lari­ning jadallashishiga olib keladi. Binobarin, rivojlangan mam­lakatlar tajribasi ham shuni ko‘rsatadiki, qulay sotsial sharo­it­­larda va kishiga qaratilgan e’tibor kuchli bo‘lganda mehnatga qizi­qishning oshib borishi, ish kuchi sifatining yaxshilanishi va shu asosda mehnat unumdorligining ko‘tarilishi, noishlab chiqarish xarajatlari va kadrlar qo‘nimsizligining qisqarishi, hayotiy kuch va quvvatning tezroq hamda sifatliroq tiklanishi, asosiy ishlab chiqarish operatsiyalari va sifatliroq mahsulot ishlab chiqarishga vaqtning ko‘payishi kabilar oqibatida ishlab chiqarishning piro­vard natijalari yaxshilanib, yalpi mahsulot hajmi oshib bo­ra­di.
Xizmatlar bozorini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish va shu tariqa uning mamlakat sotsial-iqtisodiy hayotidagi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish joylarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, aholi turmush sifatini yaxshilash, e’t­i­bor­ga molik qulayliklar tug‘dirishdagi rolini oshirishning amaliy vo­si­ta­larini va yo‘llarini, amalga oshirish mexanizmlarini ish­lab chiqish bugungi kunning dolzarb masalalariga kiradi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling