O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYoT VA SERVIS INSTITUTI
Q.J.Mirzaev, E.Sh.Shavqiev,B.K.Janzakov
INNOVATSION IQTISODIYoT
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma
sifatida tavsiya etilgan
TOShKENT – 2020
Q.J.Mirzaev, E.Sh.Shavqiev, B.K.Janzakov. “Innovatsion iqtisodiyot”: O‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020. 330 bet.
UO‘K:
KBK:
ISBN 978-9943-5904-8-9
Ushbu o‘quv qo‘llanma jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda hamda tashqi bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlashda zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan yuksak texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan.
U kirish va o‘n sakkizta mavzudan iborat bo‘lib, ularda kursning mazmuni va vazifalari, innovatsion faoliyat ob’ektlari va sub’ektlari, iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, innovatsion iqtisodiyotning ilmiy‑uslubiy asoslari, innovatsion faoliyat infratuzilmasining tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy masalalari, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari, innovatsion iqtisodiyotda xizmatlar bozorini rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, iqtisodiyotda innovatsion klasterni shakllantirish zaruriyati hamda uning tashkil etilishi va amal qilishi bilan bog‘liq masalalar bayon etilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan magistrantlar, aspirantlar, rahbar xodimlar va mutaxassislar hamda malaka oshirish markazlari tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.
Taqrizchilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |