Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
- Uchinchi bosqich
- To‘rtinchi bosqich
2.1.1-rasm. Innovatsion sikl sxemasi.
Shuningdek, ayrim iqtisodchilar iqtisodiyotda innovatsion faoliyat harakatining ham hayotiylik davri (sikli)ni to‘rtta bosqichga (siklga) ajratadi. Innovatsiyalarning tarqalishi harakatining hayotiylik davri innovatsiyalarning paydo bo‘lishidan davomli foydalanishgacha (rutinizatsiya) jarayonida sodir bo‘lib, bu bosqichlar umumiy holda quyidagicha tavsiflanishi mumkin11: Birinchi bosqich. G‘oyaning yaratilishi – bu bosqichda bozor talabiga mos keluvchi innovatsion mahsulot yoki jarayon haqida boshlang‘ich tushunchalar yaratiladi. Ikkinchi bosqich. Berilgan innovatsion g‘oyani tor eksperimental doiralarda o‘zlashtirish. Bu bosqichda innovatsiyalarni tekshirish va sinab ko‘rish orqali kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi. Uchinchi bosqich. Innovatsiyalarning tarqalishi, diffuziyasini ro‘y berish jarayonida muhitga moslasha olishi yoki rad etilishi amalga oshadi.Innovatsiyani o‘zlashtirish murakkab jarayon bo‘lib, unga to‘rtta asosiy omil ta’sir qiladi: a) innovatsion jarayonning xususiyatlari; b) yangi texnologik jarayonning ishlab chiqarish sharoitlariga moslashish talablari; v)xuddi shunday ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasiga talablar; g) qabul qiluvchi korxonaning joylashgan joyidagi shart- sharoitlar. To‘rtinchi bosqich. Bu so‘nggi bosqich bo‘lib, innovatsiyalar aniq mahsulot yoki jarayon shaklida har xil muhitlarda joriy etiladi. Bu mahsulot va xizmatlarga talab kuchli bo‘lib, ishlab chiqarish kengayib boradi. Shuningdek, innovatsiyaning o‘ziga xos xarakterli xususiyati ham mavjud. Ko‘pgina ilmiy davralarda innovatsiya jarayoni chiziqli va chiziqli bo‘lmagan hodisa sifatida qabul qilinadi. Chiziqli innovatsion jarayon – bu ilmiy bilimning innovatsiyalarga (yangilik yaratilishi va amaliyotga qo‘llanilishi) o‘tishi bilan boradigan jarayon hisoblanadi. Innovatsiyaning bu jarayoni ikki fazani o‘z ichiga oladi. Birinchi faza bu bozorga chiqarish uchun tayyor yangi mahsulotni yaratish jarayoni hisoblanadi. Ikkinchi faza esa yangi mahsulotni sotish jarayoni sifatida innovatsion mahsulotni ishlab chiqaradi va iste’molchilar o‘rtasida keng tashviqot qiladi. Chiziqli bo‘lmagan hodisa sifatida innovatsion jarayon bu bozor talabini hisobga olmasdan, ammo innovatsion jarayon barcha talablarga mos kelishi bilan ifodalanadi. Innovatsiyaning muhim xususiyati sifatida E.Shumpeter e’tirof etgan innovatsion jarayon uch xil shaklda uchraydi. 1. Korxona tashkilotlarning ichki innovatsion jarayonlari. Bu innovatsion jarayonlar korxona va tashkilotlar ichida foydalanilib tovar shaklini olmaydi; 2. Korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida aylanadigan innovatsion jarayonlar. Bunda innovatsiyalar tovar ko‘rinishiga ega bo‘lib oldi-sotdi jarayonida ishtirok etadi. 3. Kengaytirilgan innovatsion jarayon– yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi, monopolist ishlab chiqaruvchi monopoliyasining buzilish va yangi korxonalarning bozorga kirib kelish jarayoni kuzatiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling