Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Iqtisodiyotda innovatsion bozorni boshqarish uslubiyati, innovatsion jarayonning gepotizalari
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
2.2. Iqtisodiyotda innovatsion bozorni boshqarish uslubiyati, innovatsion jarayonning gepotizalari
Innovatsion iqtisodiyotning mohiyatini ochib berish eng avvalo innovatsion bozorning mohiyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlardan ma’lumki, bozor bu – ishlab chiqarish va iste’mol manfaatlarining mos keltirishning o‘ziga xos vositasidir. Unda asosiy o‘rinni xaridor (mijoz) egallaydi) sotuvchining majmuriyati – o‘z mijozlarining ehtiyojini qondirishdir. Bozorda quyidagi shartlarga rioya etish talab etiladi: 1. Erkin raqobat. Bunda bozorning barcha qatnashchilari o‘z maqsadlariga erkin ortiqcha taziyiqlarsiz erishishga harakat qilishi bilan ifodalanadi. 2. Mahsulotning sifati va iste’molchilar xavfsizligi bo‘yicha belgilangan qoidalarga rioya qilish. 3. Iste’molchini erkin tanlash imkoniyatining mavjudligi. Shunday ekan, innovatsion bozor – innovatsion mahsulotni (yangi g‘oya, yangi texnologiya, yangi loyiha va hokazolar) oldi- sotdi qilinadigan joyni bildiradi. Shuningdek, bunday bozorda innovatsion mahsulot yaratuvchisi va xarid qiluvchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar faollashadi, yangi yaratilgan innovatsion mahsulotning maqsadli tarqalishi ta’minlanadi. Innovatsion bozorning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Innovatsion mahsulotning yuqori sifat darajasining kafolatlanganligi, mahsulotning ishonchliligi va uning bozorining barqarorligi. 2. Innovatsion mahsulotning bozordagi talab va taklif qonuniyatiga mos faoliyat yuritishi. Bunda taklif hajmi narxlarning oshishida ko‘payishi va aksincha. 3. Innovatsion mahsulotga bo‘lgan talab mavsumiylik tebranishlariga bog‘liq emasligi. 4. Innovatsion mahsulot va uning ehtiyojning qondirilish darajasi insondagi intellektual ong, bilim va aqliy qobiliyatga bog‘liq ekanligi. Innovatsion bozorda innovatsion jarayonlarning mohiyatini quyidagi ikkita gipoteza bo‘yicha asoslash mumkin: “Texnologik turtki” gipotezasi (ilm-fandan>bozorga). “Bozor talabi bosimi” gipotezasi (bozor talabidan>ilm-fanga). “Texnologik turtki” gipotezasi o‘z navbatida ilmiy g‘oyalar rivojlanishi amaliy bilimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanadi va bozor bilan ilmiy-texnik progress o‘rtasida bog‘lanish kuchsiz degan taxminlarga asoslanadi. Bu gipotezaga asosan innovatsion jarayon chiziqli model sifatida qabul qilinadi, ya’ni g‘oyaning tovarga aylanish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshadi. Bu bosqichlar: fundamental (nazariy) va amaliy tadqiqotlar, tajriba konstruktorlik ishlanmalari, marketing, ishlab chiqarish va sotish hisoblanadi. Bu gipotezaga ko‘ra fundamental (nazariy) tadqiqotlar hajmining ko‘payishi ilmiy -texnik ishlanmalar hajmini oshiradi va bu o‘z navbatida ularning soni oshib, innovatsiyalar jarayonining shakllanishiga olib keladi. (2.2.1 - rasm). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling