Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISBN 978-9943-5904-8-9 ©Q.J.Mirzaev, E.Sh.Shavqiev, B.K.Janzakov, 2020; © “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020.
A.I.Aliqulov – i.f.d., professor;
T.Sharipov – i.f.n., dotsent. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengash rayosati majlisining 2020 yil 14 fevraldagi 1-sonli bayoni bilan nashr etishga tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-5904-8-9 ©Q.J.Mirzaev, E.Sh.Shavqiev, B.K.Janzakov, 2020; © “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020. KIRISh Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari barcha davlatlarni yagona iktisodiy tizimga birlashtirib, o‘z chegaralarini kengaytirib bormoqda. Jahon iqtisodiyotining transformatsiyalashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashib borishi sharoitida, tashqi bozorda raqobatbardoshlilikni ta’minlash uchun aksariyat davlatlar o‘z iqtisodiyotini rivojlantirishda va mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan yuksak samarali texnologiyalarni joriy etishga katta e’tibor qaratishmoqda. Iqtisodiyotning hozirgi zamon rivojlanishiga xos bo‘lgan jihat dunyoning yetakchi mamlakatlari postindustrial jamiyat shakllanishining yangi bosqichiga – ilg‘or bilimlar yaratish, tarqatish va foydalanishga asoslanadigan iqtisodiyot yaratishga o‘tishi hisoblanadi. Jamiyatda kam uchraydigan noyob ko‘nikma va qobiliyatlar, ularni doimiy ravishda o‘zgarib turadigan faoliyat sharoitlariga moslashtirish, yuqori malakali va yetakchi ishlab chiqarish resursiga, shaxsningsotsial maqomi va moddiy farovonligining asosiy omiliga aylanadi. Bugungi kunda ilm va fandagi yutuqlar, kadrlar va ilmiy salohiyat, tabiiy resurslar kabi mavjud ob’ektiv omillardan samarali foydalanayotgan mamlakatlar o‘z rivojlanishlarida ilgarilab bormoqda. Va buning natijasida o‘z fuqarolarining turmush farovonligini oshirishga va hayot sifatini yaxshilashga erishmoqdalar hamda ichki iqtisodiy, siyosiy va xalqaro munosabatlarning yangi tizimini shakllantirmoqdalar. Zamonaviy fan yutuqlaridan, yangi texnika va texnologiyalardan foydalana olmayotgan mamlakatlar esa yuzaga kelgan yangi shart-sharoitlarga moslasha olmayaptilar. Iqtisodiyotning globallashuvi jaryonida ishlab chiqarish, mehnat va savdo bozorlari integratsiyasi, xomashyo o‘rnini bosuvchi vositalar va tannarxga ta’sir etuvchi boshqa omillarni topish borasidagi ayovsiz va shiddatli raqobat zamonida ilm-fan, innovatsiya, investitsiya, texnika va texnologiya sohalari iqtisodiyotning lokomotivi hisoblanadi. Buni Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi qit’amizdagi rivojlangan davlatlarning ixtirochilik ishlanmalari, ratsionalizatorlik takliflari yo‘nalishlariga salmoqli sarmoyalar kiritish orqali yuksak natijalarga erishgani misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda Yaponiya dunyoni o‘zining nanotexnologiyalari bilan, Germaniya avtomat mashinalari bilan, Hindiston dasturlari bilan, Xitoy esa maishiy va arzon vositalari bilan dunyoda mashhur hisoblanadi. Bugungi kunda yaratilayotgan innovatsiyalarning asosiy qismi texnika va texnologiyalar olamiga xosdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan o‘zgartirishdagi muhim strategik vazifalar qatorida ilmiy-texnika salohiyatidan samarali foydalanish muhim o‘rin egallaydi, chunki davlatning XXI asrdagi iqtisodiy o‘sishi fan-texnika taraqqiyoti va iqtisodiyotning barcha sohalarida, asosan, sanoatda ishlab chiqarishning intellektuallashuvi bilan ta’minlanadi. Respublikamizda keyingi uch yil mobaynida yuqori texnologiyalar, ilmiy-texnologik va innovatsion tadbirkorlik barqaror rivojlanishini ta’minlash, milliy va xorijiy bozorlarga raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bu borada zamonaviy yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil etish, faoliyat ko‘rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish vazifalari belgilangan. Shuni tan olish lozimki, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyotida, global texnologik makonda o‘z o‘rnini egallashida faqatgina rivojlanishning to‘g‘ri strategiyasini belgilab olishi o‘ta muhimdir. Bunday strategiya asosida fan va texnologiyalarning rivojlanish darajasi yotadi. Ularni rivojlantirish va ulardan foydalanish darajasi O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va xavfsizligi muammolarini hal etishda asosiy omillardan biri bo‘lib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha” PF-5544 son Farmonida qayd etilganidek: “Jamiyat va davlat hayotining barcha sohalari shiddat bilan rivojlanayotgani islohotlarni mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasi yetakchilari qatoriga kirish yo‘lida tez va sifatli ilgarilashini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarga asoslangan holda amalga oshirishni taqozo etadi”. Kuchli raqobat sharoitida, iqtisodiyot tarmoqlarining ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarga ehtiyoji katta bo‘lib, muntazam ortib bormoqda. Chunki, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti xo‘jalik yurituvchilardan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, katta daromad keltiradigan sifatli hamda xaridorgir mahsulot tayyorlash imkonini beradigan yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirishni talab qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat MirziyoevOliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek: “2017yilda iqtisodiyot sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha ma’no-mazmundagi va samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida birinchi qadamlarni qo‘ydik”1. “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz”2. Demak, bugungi kunda jamiyat rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri – innovatsion g‘oyalar va har qanday faoliyatda innovatsion yondashuv hisoblanadi. Shu sababdan ham milliy iqtisodiyotni innovatsiyalar asosida taraqqiy ettirish davlat siyosatiga aylandi. Innovatsion siyosat − innovatsiya faoliyatini rivojlantirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan sotsial-iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu iqtisodiyotda ilmiy ishlanmalar, tajriba loyiha ishlari yoki boshqa fan-texnika yutuqlari, yangi yoki takomillashtirilgan texnologilarni tatbiq etilayotgan innovatsion jarayondir. Davlatning innovatsion siyosati milliy mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sish, aholining yashash sharoitini yaxshilash, mamlakatning mudofaa, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun innovatsiya faoliyati ustuvorligining tan olinishi uchun shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Davlatning innovatsion siyosati− ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba-konstruktorlik ishlari yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda iqtisodiy aylanmaga kiritiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yaratish tushuniladigan innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan sotsial-iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir. Davlatning innovatsion siyosati mahalliy mahsulot (xizmat)lar raqobatbardoshligini oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholining turmush sifati va darajasini oshirish, texnologik va ekologik xavfsizligini ta’minlash uchun innovatsion faoliyat ustuvorliklarini tan olishdan kelib chiqib, shakllantiriladi va amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi, qolaversa uning taqdiri, aksariyat hollarda, nafaqat korxonalardagi resurslar miqdoriga, ayni paytda ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ilm va fan yutuqlarini ishlab chiqarishda qo‘llay olish qobiliyatiga ham bog‘liqdir. Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining innovatsion tadbirkorlik xislatlari hozirgi iqtisodiy tanglik, moddiy va moliyaviy resurslarning tanqisligi davrida judayam seziladi. Ushbu talablarga javob berish uchun “Innovatsion iqtisodiyot” fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega. “Innovatsion iqtisodiyot” fani innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda ishlab chiqarish korxonalarini maqsadga muvofiq tashkil etish va yuritish yo‘llarini hamda usullarini o‘rgatadi. “Innovatsion iqtisodiyot” fanini o‘qitishdan maqsad – iqtisodiy yuksalishning hozirgi bosqichida innovatsion rivojlanish bo‘yicha ilmiy-nazariy va uslubiy yondashuvlarni o‘rganish, shuningdek, talabalarda yangi iqtisodiy ongni shakllantirishdir. Fanning vazifalari − innovatsion rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini tanlashni bilish, innovatsion taraqqiyotni amalga oshirish borasida ilmiy asoslangan amaliy qadamlarni ilgari surishni o‘rgatishdan iboratdir. Shuningdek, “Innovatsion iqtisodiyot” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatning rivojlanib borishi davomida ko‘pgina yangi fanlar paydo bo‘la boshlaydi, mavjud fanlar esa yanada takomillashadi. “Innovatsion iqtisodiyot” fani ikkinchisiga taalluqli. Mamlakatimizning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tayotgan sharoitda “Innovatsion iqtisodiyot” fanini o‘rganishga bo‘lgan talab yanada ortdi. Bu fanni bilmasdan turib, har qanday korxonani rivojlantirib bo‘lmaydi. Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitda olingan bilim doimo to‘ldirilib borilishi kerak. Faqat shundagina bilim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi va jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylanadi. «Innovatsion iqtisodiyot» fani bakalavrlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida 5230100 “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanmaO‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 394-sonli buyrug‘i (6-ilova) bilan tasdiqlangan “Innovatsion iqtisodiyot” fani dasturi asosida tayyorlandi. O‘quv qo‘llanmada yoritilgan mavzular quyidagi mualliflar tomonidan tayyorlandi: Kirish, 1, 4, 7, 11, 13, 17 mavzular ‒ E.Sh.Shavqiev 2, 5, 8, 9, 14 mavzular – B.Q.Janzaqov 3, 6, 10, 12, 15, 16, 18 mavzular – Q.J.Mirzaev. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling