Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
-MODUL. “INNOVATSION IQTISODIYoT” FANINING NAZARIY ASOSLARI
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion iqtisodiyot − fan va o‘quv kursi sifatida
1-MODUL. “INNOVATSION IQTISODIYoT” FANINING NAZARIY ASOSLARI
1-mavzu. “Innovatsion iqtisodiyot” faniga kirish Reja: 1.1. Innovatsion iqtisodiyot − fan va o‘quv kursi sifatida. 1.2. “Innovatsion iqtisodiyot” − iqtisodiyot fanlarining tarkibiy qismi va bilimlar sohasi. 1.3. “Innovatsion iqtisodiyot” fanining mazmuni, maqsadlari va boshqa fanlar bilan aloqasi. Innovatsion iqtisodiyot − fan va o‘quv kursi sifatida Ma’lumki, insoniyat hayotining davomiyligi uning ehtiyojlarining mavjud ekanligi, ayniqsa insonlarning moddiy ko‘rinishdagi hayotiy ehtiyojlari − kiyim‑kechak, oziq‑ovqat, uy‑ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish zarurligini taqozo etadi. Hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish maqsadida insonlar turli sohalarda faoliyat ko‘rsatishadi. Insonlar hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘liqroq qondirilishini ta’minlash maqsadida turli yo‘nalishdagi faoliyatlar bilan shug‘ullanishi zaruriyati tug‘iladi: ta’lim, fan, ma’naviyat va boshqalar. Insonlar ehtiyojining qondirilish darajasi bevosita resurslarga borib taqaladi. Resurslarning barchasi – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqalar tabiat va jamiyatda cheklangan miqdordadir. Hattoki, ishlab chiqarishning bugungi darajasida insoniyat ixtiyoridagi turli tabiiy boyliklarning taxminan qancha vaqtga yetishini oldindan bashorat qilish mumkin. Jumladan, insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘lishi bashorat qilinib, bunda temir rudasi 250 yilga, alyuminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Amalda hozir yashayotgan avlod ham ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas”3. Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlarning yashashi va kamol topishini ta’minlaydigan moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so‘z bilan aytganda, iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni anglatadi. Cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu sababdan ham, bugungi kunda, mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarini innovatsion rivojlanish jarayonlarini raqamli iqtisodiyotga mos intensivlashtirish strategik jihatdan eng asosiy masala sifatida qaralmoqda. Hozirgi davrda milliy iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida innovatsion iqtisodiyot asoslarini bilish malakali mutaxassislar tayyorlashning zaruriy sharti hisoblanadi. “Innovatsion iqtisodiyot” fani innovatsion iqtisodiyot bo‘yicha muayyan bilimlarni egallashga ko‘maklashadi. Innovatsion iqtisodiyot – fan sifatida innovatsion jarayonlarni boshqaruv mexanizmlari bo‘yicha umumiy zamonaviy tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish, innovatsion fikrlash, yangilangan ma’lumotlar oqimini qabul qilish va umumlashtirish, shuningdek,tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish kabi zaruriy ichki resurslarni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion bilimlar majmuasini ifoda etadi. U jamiyat uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni tayyorlashning yangi usullarini va jarayonlarini hamda zamonaviy boshqaruvni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan bugungi sharoitlarda bilim bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha” PF-554-son Farmonida: “Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish” Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Shu munosabat bilan mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning startap-loyihalari tanlovini tashkil etish, istiqbolli startap-loyihalarni tanlab olish va moliyalashtirish tartibi ishlab chiqilgan. Startap-loyihalar tanlovining maqsadi – oliy ta’lim muassasasida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashni, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirishdan iborat. Startap-loyihalar tanlovining vazifasi esa quyidagilar hisoblanadi: oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik layoqatini rivojlantirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish; istiqbolli startaplarni aniqlash va ularni rivojlantirish; biznes-loyihalarning umumiy miqdorini oshirish; loyihalarga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish; oliy ta’lim muassasalarida talaba-yoshlarning ilmiy-amaliy faoliyati samaradorligini oshirish; kelgusida tijoratlashtirish maqsadida intellektual faoliyatni natijalarini yaratish; startaplarni yaratish asoslarini shakllantirish uchun yangi texnik masalalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan tadqiqotlarni rag‘batlantirish; innovatsion tadbirkorlikni rivojlanishiga ko‘maklashish. Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi muassasalari“… o‘z vakolatlari doirasida: ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishda qatnashadi; ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar kiritadi; davlat ilmiy dasturlari, shuningdek xalqaro dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi; o‘z bo‘ysunuvidagi tegishli ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda samarali hamda raqobatbardosh ilmiy faoliyat yuritilishini ta’minlaydi; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi, ilmiy faoliyat yurituvchilarni rag‘batlantirib boradi; ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilaydi va amalga oshiradi; o‘z bo‘ysunuvidagi ilmiy tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab boradi; ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtiradi va ular egalarini rag‘batlantiradi, shuningdek yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning samarali ilmiy faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi; ilm-fan va texnologiyalar asoslari, yutuqlarini ommalashtirish, shuningdek ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasiga oid tegishli tadbirlarni targ‘ib etishda qatnashadi”4. Fan-texnika taraqqiyoti, malakali kadrlar, xo‘jalik mexanizmi va undan oqilona foydalanish, izlanish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, rag‘batlantirish: bularning barchasi iqtisodiyotda ijobiy siljishlarga erishish uchun asos bo‘ladi. Shu tariqa “Innovatsion iqtisodiyot” fani iqtisodiyotning izlanish, yangilikni tatbiq etishdagi uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida amaliy qarorlar qabul qilishda muhimmanba bo‘lib xizmat qiladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling