Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet16/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

4.1.1-jadval
Infratuzilma elementlarining qiyosiy jadvali13



Innovatsion tadbirkorlik uchun

Bevosita innovatsiyalash uchun

Joriy qiluvchi firmalar
Muhandislik markazlari
Injeniring firmalari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Konsalting firmalari
Reklama faoliyati bo‘yicha firmalar
Banklar va boshqa kredit korxonalari
Innovatika ixtisoslashgan auditorlik firmalari
Ilmiy-texnik shirkatlar
Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash markazlari
Sertifikatsiya markazlari
Lizing kompaniyalari
Patent-litsenziyali korxonalar
Biznes-inkubatorlar
Texnologiyalar transferi markazlari
Sug‘urta kompaniyalari

Sanoat universitetlari va xalq xo‘jaligining boshqa sektorlari
Tadqiqotchilik majmualari
Fanlar akademiyasi
Kutubxonalar va ma’lumotlar to‘plamlari
Sinov tariqasidagi ishlab chiqarishlar
Tajriba laboratoriyalari va markazlari
Axborot xizmati ko‘rsatuvchi firmalar
Patent-litsenziyali korxonalar
Ilmiy parklar
Innovatsion markazlar
Innovatsion-ishlab chiqarish komplekslari

4.1.1-jadvalda keltirilgan infratuzilma turlarining ayrim elementlari - axborot xizmatlari ko‘rsatuvchi firmalar, tajriba va muhandislik markazlari, moliyaviy strukturalar, patentli-litsenziyali korxonalar mos kelishi yoki umumiy bo‘lishi mumkin.


Innovatsion g‘oyalarning ma’lum bir mahsulot, texnologiya yoki xizmatlar ko‘rinishiga aylanishi va ularning sotilishida ro‘y beradigan harakatlar – bu innovatsion jarayondir. U ketma-ketlikdan iborat zanjir hisoblanadi. Bunda yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha “pishib yetadi”14 va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko‘rinishida aks ettirish mum­kin:
Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O‘ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu yerda,
Ft – fundamental tadqiqotlar;
At – amaliy tadqiqotlar;
I – ishlanmalar;
L – loyihalashtirish;
Q – qurilish;
O‘ – o‘zlashtirish;
Si – sanoat ishlab chiqarishi;
M – marketing;
S – sotuv.
Amaliyotda infratuzilmani ikkita guruhga bo‘lish qabul qilingan: ishlab chiqarish va sotsial. Ishlab chiqarish infra­tuzil­ma­siga innovatsion tadbirkorlikka xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, sotsial turidagiga esa – xodimlarning normal mehnat faoliyatini ta’minlovchi va ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga yordam be­ruv­chi tarmoqlar kiradi.
Birinchi guruh tarmoqlari faoliyatining natijasi bevosita ishlab chiqarish uchun xizmatlar yaratish bo‘lsa, ikkinchisi–xodim­lar­ning turmush darajasini oshirish bo‘yicha xizmatlardir.
Ishlab chiqarish infratuzilmasiga kiruvchi ishlab chiqarish kuchlarining tarkibiy elementlarini mehnat vositalari deyish mumkin. Ular ishlab chiqarish jarayonlarining sodir bo‘lishiga moddiy sharoitlar yaratib beradi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish jarayoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirmasada, usiz bu jarayon sodir bo‘lmaydi, bo‘lgan taqdirda ham mukammal darajaga erishmaydi.
Qayd etilganidek, innovatsion faoliyat infratuzilmasining tarmoqlari va bo‘limlari pirovard mahsulot yaratmaydi. Ular innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishdan to uni sotishga qadar, moddiy va nomoddiy sharoit yaratib beradi xolos. Infra­tuzilmaning ayrim elementlari ishlab chiqarish jarayonini ta’­min­laydi, uning uzuksiz amalga oshishiga va hokazolarga yordam beradi. Ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash deganda, masalan, ishlab chiqarish infratuzilmasining tarkibiga kiruvchi qism­larni, ya’ni moddiy-texnik ta’minot, moliyaviy rusurslar ta’mi­noti, kadrlar bilan ta’minlash va hokazolarning mavjudligi (shakl­lan­tirilganligi) tushuniladi.
Sotsial infratuzilma innovatsion mahsulot ishlab chiqa­rish­ning kerakli mutaxassislarga bo‘lgan talabini qondi­rishga, ishchi kuchi­ni takror ishlab chiqarish va uning qo‘nimini ta’­min­lashga xizmat qiladi shu bilan u innovatsion mahsulot ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqarishjarayoni mahsu­lotlar muoma­la­si bilan yakunlanadi. Bunda ishlab chiqaril­gan innovatsion mah­su­lot iste’molchi tomon harakatlanadi. U soti­lish joyiga yetkazi­la­di (yarmarka, ko‘rgazma va hokazo joy­lar­ga).


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling