Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari


Download 0.98 Mb.
bet13/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

3.3. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlashning ilmiy-uslubiy asoslari

Innovatsion iqtisodiyotning ilmiy uslublarini bayon qilish­da innovatsion tadbirkorlik uni rivojlantirish va qo‘llab-quv­vat­­lash muhim hisoblanadi. Bunday faoliyat asosan innovatsiyani yaratuvchi insonlarning faoliyatidan tashkil topadi. Innovatsion iqti­sodiyotda innovatsion infratuzilma tadbirkorligi deyil­gan­da, shunday tuzilma tushuniladiki, bunda innovatorlar va tadbir­kor­larning innovatsion faoliyatini samarali va ratsional tashkil etish uchun sharoit yaratuvchi tashkilot tuzilmalari (uyushmalar, mar­kaz­lar va hokazolar) faoliyatidan iborat bo‘ladi.


Bunday tuzilmalarda innovatsion ishbilarmonlik va tadbir­kor­lik bosh maqsad bo‘lib, shu asosda innovatsion infra­tuzil­ma­lar­ning samarali faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bugungi kunda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda innovatsion infratuzilmaning asosiy faoliyat belgilari o‘ziga xos farqli jihatlari hamda faoliyatni amalga oshiruvchi tur­lari­ni mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Bular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Faoliya yo‘nalishlari bo‘yicha:

  • institutsional;

  • bozor;

  • ijtimoiy (sotsial);

  • tashkiliy;

  • kommunikatsion;

  • ekspert konsaltingli.

2. Qaysi resurslardan foydalanish darajasi bo‘yicha:

3. Infratuzilma bo‘g‘inlari (zvenolari) bo‘yicha:

    • ta’lim;

    • texnopolisli;

    • innovatsion klasterli.

4. Infratuzilma ob’ektlarining tiplari bo‘yicha:

  • chiziqli (axborot aloqalari bo‘yicha);

  • aniq yo‘naltirilganlik darajasiga qarab (laboratoriya po­li­­gonlari, oliy o‘quv yurtlari bo‘yicha).

5. Iqtisodiyot sub’ektlari darajasi bo‘yicha:

    • xalqaro darajadagi;

    • mamlakat (tarmoq, region);

    • iqtisodiy zonalar bo‘yicha;

    • ma’muriy territorial komplekslar bo‘yicha;

    • sanoat tugunlari bo‘yicha;

    • sanoat birlashmalari (korxonalari).

6. Iqtisodiyotdagi muhit darajasi bo‘yicha:

    • makromuhitdagi;

    • mizomuhitdagi;

    • mikromuhitdagi.

7. Aholining iste’mol talabini qondirish darajasi bo‘yicha:

    • ma’lum kichik joylarda aholining kundalik turmush tar­­­ziga xizmat qiluvchilar;

    • ma’lumot olishligi bo‘yicha;

    • ovqatlanishi (umumiy);

    • bola tarbiyasi;

    • davolanishi;

    • dam olish va boshqalar.

8. Ijtimoiy infratuzilmasi bo‘yicha:

    • mehnat qiladiganlar;

    • sotsial siyosiy jihatlari bo‘yicha;

    • sotsial madaniy jihatlari bo‘yicha;

    • maishiy infratuzilmalar;

    • tabiiy muhitni himoya infratuzilmalari bo‘yicha;

    • insonlar sog‘ligi bo‘yicha.

Innovatsion iqtisodiyotni samarali innovatsion faoliyat aso­sida tashkil etish va innovatsion infratuzilmani shakl­lan­tirish innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvat­lashning tizimli amalga oshirib borilishini taqozo etadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling