Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishga ko‘maklashuvchi omillar21


Download 0.98 Mb.
bet21/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishga ko‘maklashuvchi omillar21



Omillar guruhi

Omillar

Iqtisodiy, texnologik

Moliyaviy, moddiy-texnika vositalari zaxirasi, ilg‘or texnologiyalar; zarur xo‘jalik va ilmiy-texnik infratuzilma, innovatsion faoliyat uchun mod­diy rag‘batlantirish.




Siyosiy, huquqiy

Innovatsion faoliyatni rag‘batlantiruvchi qonun­chi­lik choralari, innovatsion faoliyatning davlat tomo­ni­dan qo‘llab- quvvatlanishi.




Boshqaruv-tashkiliy

Tashkiliy tarkiblarning egiluvchanligi, boshqa­ruv­ning demokratik uslubi, axborotning gorizontal yo‘na­lishi, ustuvorligi o‘z-o‘zini rejalashtirish, tuza­tishlar kiritish imkoniyati, nomarkazlashtirish, o‘z-o‘zini boshqarish (idora qilish), maqsadli-muam­moli guruhlarni shakllantirish.




Sotsial-ruhiy va madaniy

Ma’naviy rag‘batlantirish, jamiyatda tan olinish, o‘z- o‘zini namoyon etish imkoniyatini ta’minlash, ijo­diy mehnat erkinligi, mehnat jamoasida ruhiy mu­hit (vaziyat).






davlat dasturi, innovatsiyalarni tatbiq etish va ko‘pay­ti­rish­ning maqsadga muvofiqligini eksperimental tekshiruvi, tad­bir­korlik tavakkalchiligini kamaytirish uchun yangilikning raqo­bat­bardoshligini tekshirish va hokazolar ham o‘z ta’sirini o‘tka­zadi.
Innovatsion tadbirkorlikni rivojlanishning zaruriyati qu­yi­­­­dagilar bilan izohlanadi:

  • iqtisodiy faoliyatning barcha sohalarida innovatsiyalarni qo‘l­lashga ko‘maklashuvchi ishlab chiqarishning intensiv omili roli­­ni oshirish;

  • ishlab chiqish samaradorligini ko‘tarishda fanning muhim roli va yangi texnikani joriy etish;

  • yaratish muddatlarini sezilarli qisqartirish zaruriyati, yangi texnikani o‘zlashtirish, ishlab chiqarishning texnik dara­ja­si­ni ko‘tarish,

ixtirochi va ratsionalizatorlar ijodini ommaviy rivojlantirish zaruriyati;

  • natijalarning noaniqligi, tadqiqotlarning ko‘p vari­ant­li­ligi, tavakkalchilikning mavjudligi va salbiy natijalarga eri­­shish mumkinligi bilan ifodalanuvchi ilmiy-texnikaviy ish­lab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi;

  • sarf-xarajat ortishi va yangi mahsulotni o‘zlashtirishda korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayishida; texnika va tex­nologiyaning shiddatli ma’naviy eskirishida; yangi texnika va texnologiyani tezkor tatbiq etishning ob’ektiv zarurati bilan va hokazo.



Innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishi iste’molchilar tomonidan innovatsiyalarga, milliy iqtisodiyotning ilmiy-texnik salohiyati rivojlanishi, tavakkal innovatsion faoliyatni moliya­lash­tiruvchi venchur korxona (firma) va investorlar faoliyatiga bog‘liq.
Venchur korxona (firma)larining asosiy vazifalari:

  • ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;

  • yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • yirik korxona (firma)lar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.

Venchur korxona (firma)lari bu vazifalarni davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontrakt-bitimlar asosida baja­ri­shadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida fa­ol­lik ko‘rsatadi va bu bilan fan-texnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Yangi texnika va texnologiyalarni hamda yangi mahsulot namu­na­larini yaratishda yirik korxonalarning alohida o‘rni bor. Ularda, “... birinchidan, fan-texnika yutuqlarini hayotga tatbiq etish asosida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati mavjud, ikkinchidan, yangi mahsulot turlarini ixtiro etish nuqtai nazaridan, ilmiy-qidiruv laboratoriyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish mumkin. Bu yo‘sindagi ishlar, tabiiyki, mamlakatda fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishiga yo‘l ochib beradi”22.
Innovatsion tadbirkorlik– g‘oya va ixtirolardan amaliy foydalanish orqali yangi mahsulot va texnologiyalar yaratish jarayoni hisoblanadi. Odatda, tadbirkorlik faoliyati zamirida yangi ehtiyojlarni qondirishga imkon beruvchi, yangi bozorni barpo etish, mahsulot yoki xizmatlar sohasiga yangilik kiritishdir.
Innovatsiyalar − tadbirkorlikning maxsus quroli bo‘lib, bunda innovatsiyalar o‘z holicha emas, balki yangiliklarni yo‘nal­ti­rilgan tashkiliy izlash, ularga tadbirkorlik tarkiblarining munta­zam qaratilganligidir. Tadbirkorlar fikrlashning innovatsion turini farqlaydi, innovatsion faoliyat esa o‘zida tadbir­kor­likning alohida qurolini aks ettiradi.
Innovatsion tadbirkorlik– yangilik yaratishning alohida ijodkorlik jarayonidir. Uning zamirida muntazam yangi imko­ni­yat­larni izlash, innovatsiyalarga yo‘naltirilganlik yotadi. Bu yangi loyihalarni amalga oshirish yoki mavjud loyihani takomil­lash­ti­rish­dagi tavakkalchilikni, shuningdek, bu jarayonda yuzaga kela­di­gan moliyaviy, ma’naviy va sotsial javobgarlikni tadbirkor o‘z zim­masiga olishga tayyorligi bilan bog‘liq.
Innovatsion tadbirkorlik jarayonida yangi texnologiyalar vositasida yangi mahsulotlar ishlab chikariladi.

Инновациявий янги маҳсулот яратиш босқичлари



Истеъмол, аста-секин эскириш, ишлаб чиқаришни қайта қуриш ва янги ишлаб чиқаришни ташкил этиш

Бирламчи излаштириш, ишлаб чиқаришни тайёрлаш, ишга тушириш ва маҳсулот етказиш

Эксперимен-тал ишлаб чиқиш, синаш, хатоларни тузатиш

Амалий тадқиқотлар ва эксперимен-тал моделлар

Фундаментал тадқиқотлар ва муаммо ечимига бўлган назарий ёндашув ишлаб чиқиш




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling