Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


-rasm. Texnologik park ta’sischilari va ular tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi


Download 0.98 Mb.
bet19/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

4.2.2-rasm. Texnologik park ta’sischilari va ular tomonidan yechiladigan masalalarning bazaviy chizmasi.
.
Bugungi kunda Toshkent shahrining Yunusobod, Sergeli, Yakka­sa­roy tumanlarida bir nechta texnoparkka; «Yashnobod» texno­par­kiga; TTESI huzurida O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkiga asos solingan15.
Bu texnologik parklar quyidagi sohalarda ilmiy tadqi­qot­lar­ni, sanoatda tajriba sinovlarini o‘tkazishga, innovatsion namunalarni o‘zlashtirish uchun ixtisoslashtirilishi kutilmoqda:

  • kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmasevtika va tibbiyot biotexologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish vosi­ta­la­ri;

  • materialshunoslik, metallarga ishlov berish texno­lo­giya­­lari, seysmik chidamlilik, qurilish materiallari;

  • oziq-ovqat sanoati;

  • energiya tejash, muqobil va qayta tiklanadigan energiya man­ba­larini ishlab chiqarish;

  • elektron o‘lchov asboblari, robot texnikasi, mashina­soz­lik, elektr texnika.

Texnoparklarni tashkil etish va tugatish vazifasi Innovatsi­on rivojlanish vazirligiga yuklatildi. Texnopark faoliyatini direksiya boshqaradi. U rezidentlarni jalb etib, uning hududida joy­­lashtiradi.
Texnoparklar hududida loyihalarni amalga oshirish uchun dav­lat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllari taklif etil­moq­da:

  • texnoparklar binolari qurilishi uchun yer uchastkalarini be­pul asosda doimiy foydalanishga berish;

  • innovatsion faoliyat yuritish uchun bo‘sh turgan davlat ob’­ekt­larini “nol” xarid qiymatida berish;

  • foydalanilmayotgan binolar yoki korpuslarni xususiy she­rik­larga uzoq muddatga bepul foydalanishga berish;

  • konsessiya asosida qurilish, rekonstruksiya qilish va ji­hoz­lash uchun yer uchastkasi yoki binoni ajratish;

  • xususiy sherikning mol-mulki negizida tashkil etilgan innovatsion texnoparklarni moddiy-texnikaviy va moliyaviy ji­ha­t­­dan ta’minlash.

Loyihalar davlat yoki xususiy sherik tashabbusiga ko‘ra keli­shuv asosida amalga oshiriladi.
Ajratiladigan yer uchastkalarini, shuningdek, foydala­nil­ma­yot­gan bo‘sh turgan binolarni viloyat hokimliklari Innovatsion rivoj­lanish vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra belgilaydilar. Ular­ning o‘zlari bo‘sh turgan davlat ob’ektlari “nol” xarid qiy­ma­ti­da uzoq muddatli bepul foydalanishga berilishini ta’min­lay­dilar.
Texnopark maqomini olish uchun quyidagilar mavjud bo‘lishi talab etiladi:
a) innovatsion loyiha hamda vakolatli organning ijobiy xulo­sa­si;
b) quyidagilar nazarda tutilgan texnoparkni tashkil etish va rivoj­lantirish konsepsiyasi:

  • imkon qadar ko‘p sonli rezidentlarni jalb etish va tex­no­­park hududida joylashtirish;

  • texnopark rezidentlariga zarur servis xizmatlarini ko‘r­satish;

  • texnopark rezidentlarini qo‘llab-quvvatlash, shu jumla­dan: investorlarni jalb etish uchun innovatsion loyihalarga eks­pert bahosi berish, innovatsion faoliyatning axborot ta’minoti, ofis, laboratoriya va ishlab chiqarish maydonlarini imtiyozli shart­larda taqdim etish;

v) alohida hudud doirasida umumiy maydoni kamida 1000 m2 texnopark egallagan ishlab chiqarish va ofis binolari;
g) faoliyat yuritayotgan kommunikatsiyalar, aloqa, kichik ishlab chiqarishlar, laboratoriyalar, tarkibiy bo‘linmalar va hokazolar bo‘lgan ishlab chiqarish va ofis binolari. Ular “g‘oyadan tajriba namu­nasigacha va keyinchalik, sanoat mahsulotigacha” tamoyili bo‘­yi­cha innovatsion faoliyatning to‘liq sikli uchun texnopark rezi­dent­lariga beriladi;
d) innovatsion korxonalarning kuzatuv (ekspert) kengashi, o‘quv markazi, servis xizmatlari markazi;
ye) texnoparkni rivojlantirish uchun zaxira maydonlar.
Texnopark loyihalari quyidagi manbalardan moliya­lash­ti­ri­l­adi:

  • davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarning mablag‘­la­ri;

  • jalb etiladigan innovatsion faoliyat sub’ektlarining byudjetdan tashqari manbalardan olingan mablag‘lari, shu jum­la­dan, kredit, xalqaro sug‘urta tashkilotlari, innovatsion venchur fond­lar va boshqa investorlarning mablag‘lari;

  • jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy ajratgan mab­lag‘­lari;

  • kreditlar va grantlar;

  • xorijiy va mahalliy investitsiyalar;

  • texnoparkning innovatsion va ilmiy tadqiqot, maslahat berish va boshqa faoliyatidan olingan mablag‘lari;

  • boshqa taqiqlanmagan manbalar.

Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion kor­xo­nalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik mar­kazlar tarkibida yaratishni ta’minlashi ko‘zda tutilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, TTM tizimining samarali ish­la­shi­ga qator omillar to‘sqinlik qiladi. Ularning orasida quyi­da­gi­larni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mintaqalar miqyosida innovatsion jarayonlarni boshqa­rish­ning sust tashkil etilganligi;

  • ko‘pchilik TTMda ham ichki, ham xorijiy bozorlargi chi­qish bilan bog‘liq muammolar;

  • TTM tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatishi uchun resurs­lar bazasining yetarli emasligi;

  • innovatsion faoliyat kuchayishini rag‘batlantiradigan me’­yoriy- huquqiy asoslarning yo‘qligi.

O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy oli­shi­­ning muhim yo‘llaridan biri – milliy iqtisodiyotning turli soha­larida (engil sanoat, neft-gaz, kimyo, biotexnologiya, AKT, avtomobilsozlik, transport-logistika, rekreatsion-turistik, oziq-ovqat, ilm-fan, ta’lim, baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, ipakchilik va hokazolarda)klaster tizimini joriy etish hisob­la­na­di.
Iqtisodiyotning barcha sohalarida klaster tizimini yaratish – ilmiy tadqiqot va ishlanmalarni moliyalashtirish hajmini ko‘pay­ti­radi, sifatini yaxshilaydi hamda investitsiyaviy tashqi loyihalarda ishtirok etish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
Shuningdek, klaster tizimida ta’lim ishlanmalarini yara­tish, ularni qisqa muddatda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish va il­miy izlanishlardagi xodimlar hamda mutaxassislar mehnat­la­ri­ni ko‘proq rag‘batlantirish, yangi tovarlar va xizmatlarning O‘zbe­kiston brendi bilan ixtiro qilish uchun keng imkoniyatlar yarata­di.
“Mutaxassislar fikriga ko‘ra, bugun dunyodagi ko‘pgina yetakchi davlatlar iqtisodiyotining qariyb 50 foizi klaster usuliga o‘tgan. Masalan, Yevropa Ittifoqida 2 mingdan ziyod klasterlar mavjud bo‘lib, ularda ishchi kuchining 38 foizi qamrab olingan. Daniya, Finlandiya, Norvegiya, Shvesiya sanoatida to‘liq klaster usuli tatbiq qilingan. AQShda esa mamlakatdagi mavjud korxo­na­lar­ning yarmidan ko‘pi shu tizimda ishlab, ular tomonidan tayyo­r­lana­yot­gan tovarlar YaIMning 60 foizini tashkil qiladi.
…bu davlatlarda fermer xo‘jaliklari aksariyat holda klaster tizimiga ixtiyoriylik asosida, ilm va ishlab chiqarishni shior qilgan holda birlashadi. Bunda fermerlar tayyor mahsulot ishlab chiqilguncha bo‘lgan jarayonda turli vazifalarni bajaradilar”16.
Klaster tizimida konsessiya shartnomasi amal qiladi. Kon­ses­siya shartnomasi – bu davlatning yoki mahalliy organlar tasar­ru­fi­dagi tabiiy boyliklar yoki boshqa xo‘jalik ob’ektlaridan vaqtin­cha foydalanish, ayrim korxona, kon va shu kabilarni ishga so­lish, qurish uchun ijozat berish va shu haqdagi shartnomadir17.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noya­br­da­gi“Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida loyihalarni moliya­lash­tirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5583-sonli Farmoniga muvofiq hamda respublikada innovatsion loyihalar va startaplar (startap – innovatsion mahsulotlarni yoki xizmatlarni ishlab chiqarish yoki takomillashtirish bilan bog‘liq loyihalar) ekotizimini har tomon­lama qo‘llab-quvvatlash, innovatsion infratuzilmani rivoj­lan­tirish jarayonini jadallashtirish belgilab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentya­br­­dagi
“2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion ri­voj­­lantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5544-sonli Farmonda belgilangan yo‘nalishlar doirasida Ilmiy star­t­ap­lar akseleratori tashkil etilgan.
Innovatsion markazlar, texnoparklar, texnopolislar,klas­ter­lar, starp korxonalar va boshqalar misolida innovatsion in­fra­tuzilmaning ahamiyati ayniqsa sezilarlidir, ularhozirgi zamon bozor muhitida ilmiy-texnik sohada tadbirkorlikning ri­voj­lanishi va yangiliklarning iqtisodiy samaradorligini oshi­shi­ga yordam beradi.
Innovatsiyalarning tijorat muvaffaqiyatining ehtimoli – maxsus institutlar va tashkilotlarning shakllanishi va yagona innovatsion sohada shakllangan innovatsion jarayonni ta’minlash ti­zim­­lari tufayli keskin oshadi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling