Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikstrategiyasi
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fokus strategiyasi
Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikstrategiyasi deganda, korxonaning berilgan sohada xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha yetakchiga aylanishi tushuniladi. Raqobatchilarga nisbatan kam xarajat qilish bu korxonaga tarmoqdagi o‘rtacha daromaddan yuqori daromad ko‘rish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, bunday korxonalar kuchli raqobatga himoyalangan bo‘ladi, chunki ularning raqobatga zarar ko‘rayotgan paytda ular foyda bilan chiqishda davom etadi. Xarajatlar bo‘yicha absolyut ustunlikka erishishda odatda faoliyat olib boriluvchi bozorning katta qismini egallash talab etiladi. Shu bilan birga, ko‘p miqdorda yangi jihozlar kapital qo‘yilmalar, hujumkor narxlashtirish, bozornitez egallash strategiyasi kabilar talab etiladi. Bozorning katta qismini egallash miqyos samarasi uchun imkoniyat yaratadi. Ustunlikka erishib bo‘lgach esa olingan yuqori foydani qayta investitsiyalashga yo‘naltirish sohada yetakchilikni ushlab qolishga imkon beradi. Bu strategiyani qo‘llagan BriggsandStratton kam quvvatli benzin dvigatellarini ishlab chiqarish korxonasi 2000 yillarda jahon bozorining 50foizni egallashga erishgan26. Harnischfeger korxonasi 1979 yilda yuk ko‘taruvchi kranlar ishlab chiqarish bo‘yicha shunga o‘xshash strategiyani qo‘llagan. Avvaliga korxona bozorning 15 foizni nazorat qilgan bo‘lsa, ishlab chiqarishning har bir bosqichini qayta tashkil etish va tejash maqsadida kerakli zapchastlarni katta miqdorda xarid qilish orqali bozordagi ulushini 25foizga chiqarishga erishdi.
Fokus strategiyasi– bu ma’lum bir xaridorlar guruhiga (fokusga) diqqatini qaratish hisoblanadi. Fokus strategiyasi turli ko‘rinishda qo‘llanishi mumkin.Bu strategiya asosida korxona tor doiradagi maqsadlarga erishishi keng qamrovli maqsadlarga nisbatan osonroq amalga oshadi degan taxmin yotadi. Fokus strategiyasini qo‘llagan korxonalar oxir oqibat mahsulot differensiatsiyasi yoki xarajatlarni kamaytirishga erishadi. Bunda ham korxonalar o‘zlari faoliyat yurituvchi tarmoqda o‘rtacha foydadan yuqori foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, ammo bozorda katta ulushga ega bo‘la olmaslik ehtimoli ham bo‘ladi. Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadi bozorda uzoq muddat davomida samarali faoliyat olib borishga erishish hisoblanadi. Masalan, AKT sohasida innovatsion mahsulot yaratgan Microsoftkompaniyasi o‘zining innovatsion faoliyati hisobiga mana 23 yildirki kuchli raqobatchilarning mavjudligiga qaramay axborot texnologiyalari bozorida yetakchilikni saqlab turibdi. Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim: bozordagi ulushini ko‘paytirish; yangi bozorlarga chiqish; moslashuvchan innovatsion korxona imidjini yaratish; faoliyatni diversifikatsiyalash. Amaliyotda korxonalar kuchli raqobat sharoitida innovatsiyalarga ehtiyoj sezishadi va boshqaruvning barcha bosqichlarida rivojlanishning yangi yo‘llarini qidirishadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling