Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-mavzu. Innovatsion iqtisodiyot inson omilini faollashtiradi Reja
- 6.1.Innovatsion tizimda inson omili, o‘rni va ahamiyati
Tayanch iboralar
Innovatsiya, investitsiya, korxona, loyiha, mahsulot, strategiya, raqobat, texnologiya, xarajat, samara, samaradorlik, innovatsionsalohiyat. Nazoratvamuhokamauchunsavollar 1. Innovatsionfaoliyatgata’siretuvchiasosiyomillarniyoriting. 2. Investitsiya – bu nima? 3.Innovatsionfaoliyatning iqtisodiy samaradorligini tushuntiring. 4. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalarini ayting. 5. Korxonaning innovatsion salohiyati deganda nima tushuniladi? 6-mavzu. Innovatsion iqtisodiyot inson omilini faollashtiradi Reja 6.1. Innovatsion tizimda inson omili, o‘rni va ahamiyati. 6.2. Inson omilini faollashtirish asosida innovatsion sohada korxonani boshqarish. 6.3. Kadrlarni tanlash, ular faoliyatini baholash va rag‘batlantirish asosida innovatsion faollikni ta’minlash tizimi. 6.1.Innovatsion tizimda inson omili, o‘rni va ahamiyati Insoniyat taraqqiyotining postindustrial bosqichi innnovatsion iqtisodiyotning shakllanishini, shuningdek, mehnat va iste’mol strategiyasini individullashuvini nazarda tutadi. Bu esa o‘z navbatida insonning iqtisodiy i ijtimoiy hayotdagi faoliyat shakllarini nazariy jihatdan tushunish masalasining dolzarbligini belgilab beradi. Bilimlarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyot uchun inson omili innovatsion rivojlanishning vositasi va shu bilan birga maqsadini ham ifodalaydi. Mehnat faoliyati ishtirokchilarining sifat ko‘rsatkichlari yangi ilg‘or g‘oyalarni o‘zlashtirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy joriy etish sur’atlarini ta’minlash qobiliyati raqobatda ustunlikning asosiy manbasi hisoblanadi. Ijtimoiy tizimlarning innovatsion qayta shakllanish sharoitida inson omili iqtisodiyot va butun jamiyat innovatsion rivojlanishining asosiy resursi hisoblanadi. Inson omilining innovatsion iqtisodiyotdagi mazmunini nazariy jihatdan o‘rganishda ikki guruh nazariyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin: Iqtimoiy-iqtisodiy konsepsiyalar. Bunda inson omilining ishlab chiqarishdagi o‘rni alohida korxona miqyosida ko‘rib chiqiladi. Inson omili tarkibi xodimning insoniy salohiyati tashkil etuvchilari orqali baholanadi. Shu jumladan, xodimning unumli mehnatga bo‘lgan moddiy va ma’naviy qobiliyatlari asosida o‘rganiladi. Ijtimoiy-madaniy yondashuvlar. Unga ko‘ra, inson omili iqtisodiy omillar bilan birga o‘z madaniy shakliga asosan ham tubdan farq qiladi. Bu ishtirokchilarning mehnat, boshqaruv va innovatsion faoliyatdagi madaniyatida namoyon bo‘ladi. Bunda to‘plangan madaniy qadriyatlar jamiyatning innovatsion rivojlanishidagi asosiy omil sifatida qaraladi. Sanoatlashuvning zamonaviy bosqichida, jamiyatning innovatsion rivojlanish turiga o‘tishida inson omili o‘zida ijtimoy inson omilini aks ettiradi. Mazkur tushunchani belgilovchi holatlar quyilagilardir: Aholining mehnatga layoqatli qismi. Inson omilining ta’lim, madaniyat, kasb bilan bog‘liq keng qamrovli salohiyatiga ega bo‘lgan odamlar. Iqtisodiy harakatlarni amalga oshiruvchi va iqtisodiy tizimlar faoliyatiga ta’sir etuvchi odamlar. O‘z ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga erishish uchun iqtisodiy harakatlarni amalga oshiruvchi odamlar. Shunday qilib, zamonaviy iqtisodiyotda inson omili bu – mehnatga layoqatli aholi, Ijtimoiy, madaniy, ta’limiy, kasbiy qobiliyat shaklidagi insoniy salohiyatga ega bo‘lgan, turli ijtimoiy-iqtisodiy shaklda o‘z mehnat harakatlarini amalga oshiruvchi odamlarning tashkiliy birlashmasidir. Innovatsion rivojlanish sharoitida inson omili tor ma’noda, ya’ni mehnat jarayonida o‘zining kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarini namoyon etuvchi “yaxlit xodim” sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq emas. Miqdoriy jihatdan iqtisodiyotning ijtimoiy inson omili jamiyatning iqtisodiy harakatlarining sub’ektlari yig‘indisini ifodalaydi. Iqtisodiy harakatlar sub’ekti sifatida aholi turmush farovonligini oshirish uchun maqsadli xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi ijtimoy guruhlar, jamoalar, birlashmalar tushuniladi. Iqtisodiy harakatlarning turli sub’ektlari inson omili sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bu holat odamlarning ijtimoiy statusi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy salohiyati, ishtirokchilar faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy-madaniy muhitga bog‘liq. Inson omili – bu ma’lum ma’noda tartiblashgan tarkibiy elementlar yig‘indisi bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir: ijtimoiy-demografik komponent bir qator tizimli ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: aholi tarkibi, mehnatga layoqatli aholi tarkibi, tug‘ilish va o‘lim darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi, oila institutining rivojlanishi; jismoniy komponent – aholining jismoniy sog‘lig‘i va aholining ruhiy sog‘lig‘i kabi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi; ijtimoiy-iqtisodiy komponent – uchta ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi: aholi bandligi tarkibi va darajasi; aholining mehnat va intellektual qobiliyatlariga bo‘lgan talab; aholining turmush sifati. ijtimoiy-madaniy komponent – to‘rtta ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi: jamiyatda tayanch ta’limning sifati; kasbiy ta’lim darajasi; xodimlarning malaka va kasbiy mahoratining o‘sishi; aholining ijtimoiy madaniyati darajasi (shaxsning me’yoriy-qadriyatlar bo‘yicha tushunchasi, tamoyillari va e’tiqodlarining o‘ziga xosligi, axloqi va odobi darajasi, rag‘batlantirishdagi afzalliklari, xulq-atvori, aholining turli qatlamlari va guruhlarining madaniy integratsiya darajasi). Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling