Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish


Download 0.98 Mb.
bet24/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

5.2. Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish

Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish turli usullar bi­lan amalga oshiriladi:



  • aksiyadorlik investitsiyalash;

  • byudjetdan investitsiyalash;

  • lizing;

  • qarz majburiyatlari hisobidan banklar kreditlari, yuri­dik hamda jismoniy shaxslar majburiyatlari evaziga mo­liya­lashtirish;

  • ipoteka (ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish) asosida olib bori­la­di.

Monitoring loyiha holatini kuzatish, uni baholash, loyiha­ning istiqbolini belgilashni qamraydi, boshqacha ayt­gan­da lo­yi­ha­ning amalga oshirilishini kuzatib borishni nazarda tutadi. Unga quyidagilar kiradi:

  • moliyalashtirilayotgan loyihani amalga oshirilishining bori­shi to‘g‘risidagi hisobotlar tahlili;

  • ishning ahvolini bevosita loyiha amalga oshirilayotgan joy­da tekshirish;

  • maqsadli taftishlar, auditorlik tekshiruvlari;

  • loyihaning tugallanganligi to‘g‘risida hisobot tuzish (unda xara­jatlarning qoplanishi, mahsulotni sotish chiqimlarini ba­ho­­lash ham nazarda tutiladi).

Investitsiyalarning samaradorligini oshirish uchun investitsiya qarorlarini qabul qilishning barcha darajalarida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tanlab olish va amalga oshirish bo‘yicha yagona mukammal tizimni shakllantirish talab etiladi. Yagona mukam­mal tizimni qo‘llashda jahon amaliyotida sinovdan o‘tgan va e’tirof etilgan, investitsiya loyihalarini baholash, tahlil etish standart usuliga tayanish zarur. Ushbu usul loyihalarni boshqarish uslubiyoti va samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini e’tiborga olishni nazarda tutadi.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, mamlakatning tashqi bozorga chiqishi va eksportga mo‘ljallangan mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarishi strategiyasi asosida amalga oshirilishi zarur. Mil­liy iqtisodiyot manfaatlari loyihalarni tanlash, shuningdek, ular­ni amalga oshirishda ustuvor va asosiy mezon bo‘lmog‘i lozim. Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishda asosiy e’tibor investitsiya imkoniyatilarining tahliliga, jalb etilayotgan resurslar qiymatini baholashga qaratilishi talab etiladi. Bular bilan birgalikda, e’tiborni noaniqlikning tahliliga, xavf-xatar­lar­ni pasaytirish usullari, ularni investitsiya qatnashchilari o‘rta­si­da taqsimlanishiga qaratish zarur bo‘ladi. Loyihaviy tahlil, samara­dorlik bo‘yicha hisob-kitoblar milliy (so‘m) va chet el valyuta­si­da, valyutalar kursi istiqbolini belgilash yo‘li bilan olib bori­li­shi maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonda turizmga oid investitsiya loyihalarini ishlab ch­i­qish, tanlash va amalga oshirish tizimi bosqichma-bosqich shakl­lan­mok­da. Tu­­ris­tik korxonalar loyihalari odatda moliyalashtirishning mam­la­kat amaliyotini va loyihaviy moliyalashtirishni chet el tajribasini asos qilib oladi.
Investitsiya loyihalari samaradorligini tahlil qilish va baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli bilan amalga oshirish talab etiladi. Investitsiya loyihalarining samaradorligini ba­ho­lashda sof diskontlangan daromad, daromaddorlik indeksi, ichki daro­maddorlik me’yori, xarajatlarning qoplanish muddati ko‘r­sat­kichlaridan foydalanish talab etiladi. Bunda jahon ama­liyo­tidaqo‘llaniladigan standart uslubiyot ko‘rsatkichlaridan, ular­ni hisoblash usullaridan hamda taqqoslash uslubidan foy­da­la­nish lozim.
Investitsion resurslarning umumiy hajmiga bo‘lgan ehtiyo­j­ni prognozlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda real investitsiyalashga kerak bo‘ladigan moliyaviy vositalar hajmi aniqlanadi. Bu maqsadda investitsion strategiyada belgilangan analog – ob’ektlar tanlanib, ular bo‘yicha yangi qurilish yoki xarid qiymati hisoblanadi.
Yangi ob’ektlar qurish qiymati, ularga o‘xshash (analog) ob’­ekt­larni qurishga ketgan haqiqiy xarajatlar asosida aniqlanadi.
Ishlab turgan korxonani xarid qiymati quyidagi usullar bilan aniqlanadi:

  • sof balans qiymati asosida, ushbu baholash korxona aktiv­larining umumiy balans qiymatidan uning majburiyatlar yi­g‘in­disini ayirish asosida aniqlanadi;

  • foyda asosida baholash oxirgi yillar mobaynida yillik o‘rtacha foydaning real yig‘indisini aniqlashga asoslangan hamda investitsiyalarning foydalilik o‘rtacha normasini aniqlashga qara­til­gan;

  • bozor qiymati asosida baholash tamoyili ushbu korxonaga o‘xshash korxonalarning auksion va konkurslarda sotish ma’lu­mot­lari­dan foydalanishga asoslanadi.

Investitsion resursga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashda ushbu xaridni kengaytirish, texnik jihozlash va rekonstruksiya xara­jat­lari kiritiladi.
Prognozlashning ikkinchi bosqichida moliyaviy investitsiya­lar­ni amalga oshirishga kerak bo‘ladigan investitsion resurslar haj­mi aniqlanadi. Bunday ehtiyojni hisoblash prognoz davrida tur­li investitsiyalash formalari o‘rtasidagi nisbatni aniqlashga asos­lanadi.
Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘la­di­gan investitsion resurslar umumiy ehtiyojini aniqlash ularga bo‘l­gan birinchi (boshlang‘ich) davrdagi ehtiyojni va keyingi davr­lar­dagi ko‘payishini hisoblashdan iborat.
Ehtiyojni prognozlashning uchinchi bosqichida zaruriy investitsion resurslar umumiy hajmi aniqlanadi, bunda real investitsiyalashga lozim investitsion resurslarga talab, moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish uchun kerak bo‘ladigan resurs­lar­ga talab, rezerv kapitali yig‘indilari hisoblanadi.
Turli manbalar hisobiga investitsion resurslarni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish strategiyaning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Bunda korxonaning u yoki bu jihatlarini hisobga olgan holda investitsion resurslarni tashkil etish manbalari ko‘rib chiqiladi. Bunda quyidagi uchta asosiy turlari mavjud:

  • o‘z (xususiy);

  • qarzga olingan;

  • keltirilgan (jalb etilgan).

Investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari o‘rtasida eng asosiy o‘rinda soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan keyin qolgan foyda turadi, chunki uning bir qismi investitsion maqsadlar uchun foydalanishi mumkin.
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda amortizatsiya ajrat­ma­lari muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ular ishlab chiqa­rish­ni qayta tashkil qilib kolmay, balki ma’lum darajada ularni ken­gay­­tirishga ham mo‘ljallangan bo‘ladi. Ularning miq­dori korxona aso­siy fondi va amortizatsiya siyosatiga bog‘liq bo‘la­di.
Rivojlangan mamlakatlarda amortizatsiya – korxona investitsiya ehtiyojining 70-80 foizni qondiradi. O‘zbekistonda ham amortizatsiya ajratmalariga, investitsiyalarni moliyalashtirishda muhim manbai sifa­tida qaraladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, amortizatsiya ajratmalari investitsion loyihalarni moliyalashtirishda boshqa manbalarga nisbatan ustun­likka ega. Chunki, u manba sifatida korxonaning har qanday moliyaviy holatida ham o‘z o‘rniga ega va doimo korxona ixtiyorida bo‘ladi.
Qarzga olinadigan mablag‘lar ichida eng asosiysi uzoq muddatli bank kreditlaridir. Investitsion lizing investitsiya­lar­ni moliyalashtirishning istiqbolli (perspektiv) shakllaridan biridir.
Investitsiyalarni moliyalashtirish keltirilgan manbalari o‘r­ta­­sida aksioner kapitalni tashkil etish imkoniyati birinchi o‘rinda turadi, chunki bunday manba korxona aksioner jamiyati for­masidan foydalanish imkonini beradi.
Investitsion resurslarni dotatsiyalash strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi asosiy beshta investitsiya loyihalarini moliya­lash­tirish usullaridan foydalaniladi.
Investitsion resurslarni tashkil etish manbalari tuzil­ma­si­ni optimallashtirish strategiyasini ishlab chiqishning so‘nggi bos­qi­chi hisoblanadi.
Ichki va tashqi investitsion resurslarni tashkil etish man­ba­la­ri o‘rtasidagi nisbatni aniqlashda ularning asosiy jiha­t­la­ri­ni hisobga olish lozim.
Ichki moliyalashtirish manbalari quyidagi ijobiy jihatlar bilan xarakterlanadi:

  • foydalanish tezligi va soddaligi;

  • investitsiyalanayotgan kapitalning foydalilik bo‘yicha yuqori normasi;

  • ulardan foydalanishda to‘lov qobiliyati va bankrotlik ris­kini pasayishi;

  • korxona tashkilotchilarida boshqaruvning saqlanib qolishi.

Ichki investitsion resurslarni tashkil etish manbalarining quyidagi kamchiliklari mavjud:

  • foydalanish hajmining chegaralanganligi;

  • shaxsiy investitsion resurslardan foydalanish samara­dor­li­gi­ni tashqi nazorati chegaralanganligi.

Tashqi moliyalashtirish manbalari ijobiy jihatlari:

  • ulardan foydalanish yuqori imkoniyatlari;

  • investitsiya faoliyati samaradorligi ustidan yuqori tashqi nazo­rat mavjudligi.

Shuning bilan birga uning kamchiliklari:

  • keltirish qiyinchiliklari;

  • keltirishning uzoq davrliligi;

  • mulk garovi va garantiyalar zarurligi;

  • bankrotlik riski yuqoriligi;

  • ssuda foizini to‘lash natijasida investitsiya faoliyatidan keladigan foydaning pasayishi;

  • korxona faoliyatini boshqarishda qisman yo‘qotish.

Tashqi va ichki moliyalashtirish manbalarini nisbati opti­mal­lash­tirish bosh mezonlari:

  • korxona yuqori moliyaviy mustahkamligini ta’minlash zaru­ra­ti;

  • investitsiya faoliyati foydasi yig‘indisini maksi­mal­lash­ti­rish.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling