Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet23/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tayanch iboralar
Infratuzilma, fan, ilm,ta’lim, innovatsiya, mahsulot, ishlab chiqarish, raqobatbardoshlik, innovatsiyalar bozori, integratsiya, texnologiya, tadbirkorlik, konsessiya, shartnoma.


Nazoratvamuhokamauchunsavollar
1.Innovatsion faoliyat infratuzilmasini yoriting.
2. Innovatsionfaoliyatningbugungiinfratuzilmasinitushuntiring.
3.Innovatsion markaz tarkibini ayting.
4.Startap korxona to‘g‘risida nimalarni bilasiz?.
5.Konsessiya shartnomasinima?
5-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari


Reja

5.1. Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish.


5.2. Innovatsion faoliyatni oshirishda investitsiya loyiha­la­ri­ni moliyalashtirish.
5.3. Innovatsion faoliyatda investitsiyalarning iqtisodiy samara­dorligini baholash.
5.4. Korxonalarda innovatsion salohiyatni oshirish.


5.1. Korxonalarda innovatsion faoliyatda iqtisodiy usullar, innovatsion boshqarish (menejment) usullaridan foydalanish

Respublikamizda innovatsion iqtisodiy rivojlantirishda quyidagi iqtisodiy usullardan foydalaniladi:


1. Iste’molchining (ichki va tashqi) ehtiyojini qoniq­tira­di­gan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eks­port qilishni rag‘batlantirish.
2. Bank-kredit munosabatlarini takomillashtirish (imtiyoz­lar berish).
3. Innovatsion mahsulot yaratadigan yuqori malakali kadrlar mehnatidan samarali foydalanish va mehnat unumdorligini oshi­rish.
4. Korxonalarda xodimlarni rag‘batlantirish va manfaatdor­li­gini oshirish.
5. Ishlab chiqarish va iste’molchilarni qoniqtiradigan narx siyosatini yo‘lga qo‘yish va mahsulot tannarxini pasaytirish.
6. Korxonalarda innovatsion faoliyatni rivojlanishiga yo‘­nal­tirilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishni.
7. Xorijiy investorlar va respublikamizdagi tadbirkorlar uchun har tomonlama qulay investitsion muhit yaratish.
8. Innovatsion iqtisodiy rivojlanish uchun korxonaning foy­dasi va rentabelligini oshirish.
Yuqorida bayon qilingan innovatsion iqtisodiy rivojlan­tirish bo‘yicha ta’kidlangan iqtisodiy usullar mamlakatimizni tez­kor taraqqiy ettirishda yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan respublika iqti­­­so­diyotini rivojlantirishning quyidagi vazifalari belgilab berilgan:

  • ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sek­torni jadal rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘pay­ti­rish;

  • iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilish, meh­nat unumdorligini oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;

  • “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini kes­kin qisqartirish;

  • valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, bar­qaror monetar siyosatni amalga oshirish;

  • iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ruyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.24

Har qanday korxona uzoq muddat bozorda ulushini saqlab qolishni istar ekan, innovatsion boshqaruv usullariga murojaat qili­shiga to‘g‘ri keladi. Innovatsion boshqaruv deganda, innovatsiya­lar­ni joriy etish hisobiga korxonaning doimiy rivojlanishini ta’­min­lash tushuniladi.
Umuman olganda, korxonalarda innovatsion menejmentni ik­ki turga ajratish mumkin:
1. An’anaviy reproduktiv menejment –korxona faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan resruslardan maksimal foyda olish va ishlab chiqarishni boshqarishga katta e’tibor qaratiladi. Bunda rentabellikni oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qi­lish va mahsulotlar assortimentini kengaytirish bosh maqsad qi­lib olinadi.
2. Innovatsion menejment–mavjud boshqaruv usullaridan farq qiladigan yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ri­voj­­lanish yo‘lini doimiy izlash orqali boshqarish tushuniladi. Bunda asosiy e’tibor korxonaga kiritilayotgan barcha resurslar (mo­liya­viy, moddiy, mehnat) innovatsiyalarga qaratilib, korxona fao­liyatini doimiy takomillashtirib borishga qaratiladi.
Innovatsion menejment tushunchasi XX asrning 60–70 –yil­la­­r­i­da Y. Shumpeter tomonidan fanga kiritilgan. Innovatsi­on me­-nej­ment konsepsiyasi deganda, quyidagi ketma-ket jarayon­ni ama­lga oshirish tushuniladi:
1.Innovatsion mahsulot iste’molchilari tahlili.
2.Istiqbolli g‘oyalarni izlash.
3.Innovatsiyani yaratish va joriy etishni tashkillashtirish.
4.Innovatsion mahsulotni bozorga chiqarish.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling