Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet34/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Iste’mol tovarlari bozori – aholining shaxsiy ehtiyojini qondiruvchi va hayot kechirish uchun uy-ro‘zg‘orini jihozlash maqsa­di­da xarid qilinuvchi asosiy va hayot uchun zarur bo‘lgan mah­su­lot­lar­ning oldi-sotdi munosabatlari majmuini o‘z ichiga oladi. Iste’mol tovarlari bozori o‘z navbatida juda ko‘plab maxsus bozorlarga bo‘linib ham o‘rganiladi: oziq-ovqat, kiyim- kechak, xo‘ja­lik, madaniy mollar va boshqalarga bo‘linadi. Bu bozorning moddiy-texnika asosi(infrastrukturasi) bo‘lib: ulgurji savdo bazalari, do‘konlar va barcha chakana savdo-sotiq bilan shug‘ul­la­nuv­chi shaxobchalar hisoblanadi.
Xizmatlar bozoriaholiga maishiy, ma’rifiy, tibbiy, texnik, kommunal, madaniy, aloqa, transport, konsalting, in­ji­ring, lizing va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatlarini ifodalaydi. Uning ham o‘ziga xos shaxobcha va muassasalari shakllanadi. Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozorlarining o‘xshashligi shundaki, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi–intellektual tovarlar bozoridir. Unda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar – ilmiy g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Ushbu bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta o‘rin tutadi.
Intellektual tovarlar bozorining funksiyasi – patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat. Bu bozorda asosan innovatsiya firmalari faoliyat yuritishadi. Ular yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsa­ti­sha­di.
Ishlab chiqarish vositalari bozorida sanoat korxonalari, dehqon, fermer xo‘jaliklari va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mua­s­sasalarining ta’minoti uchun zarur bo‘lgan dastgoh, xomashyo, jihoz va butun kerakli tovarlar oldi-sotdisi tashkil etiladi. Bu bozor bizning mamlakatda “O‘zulgurjibirjasavdo” tizimi, tovar-xom ashyo birjalari miqyosida tashkil etilgan.
Ishlab chiqarish vositalari bozori tovar birjalari orqali ham amalga oshiriladi.
Moliya bozori naqd pul, valyuta, kapital va qimmatli qog‘oz­lar oldi-sotdi munosabatlari majmuini bildiradi. Moliya bozo­ri sug‘urta tizimini ham o‘z ichiga oladi. Moliya bozorining sotuv-chilari sifatida pul egalari–aholi, firma, korxona, davlat va tijo­rat banklari qatnashadilar. Moliya bozorining xaridorlari – pul­ga muhtoj bo‘lgan barcha sub’ektlardir.
Mehnat bozori deganda ishchi kuchini oldi-sotdi jarayoni tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat resurslarini ham erkin oldi-sotdisi tashkil etiladi. Ortiqcha mehnat resursi ish­chi kuchi sifatida taklif etiladi va korxona, firmalarning tala­b­lari asosida erkin baholarda sotiladi. Demak, mehnat bozo­rida ham talab, taklif va baho mavjud. Ishchi kuchi qiymatining baho­lanishi, sotib olinayotgan ishchining ish haqi va qo‘shimcha im­ti­yoz­lari bilan aniqlanadi.
Mehnat bozori – mehnat birjalari orqali uyushtiriladi. Mehnat birjasi tuman, shahar va viloyatlarda o‘z tarmoqlariga ega.
Mehnat birjasida korxona va firmalarda bo‘sh ish joylari ro‘yxati va ishsizlar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi. Mehnat bir­jasiga murojaat qilgan ishsizlarga bo‘sh joylari yoki yangi kasb­ni egallash tavsiya etiladi. Yangi mutaxassisliklarni egal­lashga muhtoj kishilarga maxsus o‘qish kurslari tashkil etiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish vositalari (resurslar), meh­nat va moliya bozorlari faoliyati o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra xizmat ko‘r­satishga qaratilgan. Shu sababdan, bu bozorlar alohida (turli) nomlar bilan atalsada, aslida ularning barchasi jismoniy va yuri­dik shaxslarga xizmat ko‘rsatishadi.
“Turizm innovatsion xizmatlar bozorining bir ko‘rinishi bo‘lib, yuqori sifatli turistik xizmatlar bozorini ham keltirish mumkin. Respublikamizda o‘sib borayotgan yuqori sifatli turistik xizmatlarga bo‘lgan talab va uning qondirilishi o‘rtasidagi muno­sa­batlar yuqori sifatli turistik xizmatlar bozori – bu iste’molchilarga yuqori sifatli turistik xizmat ko‘rsatish asosida daromad olish imkoniyatini yaratadigan turis­tik xizmatlarga talab va taklif mutanosibligi hisob­lanadi”31.
Xizmatlar bozori bizning mamlakatimizda ham juda katta istiqbolga ega. Jahondagi eng rivojlangan mamlakatlarda ishga yaroqli aholining 65-70 foizi ana shu xizmatlar bozori sohala­ri­da faoliyat ko‘rsatadi va ularning iqtisodiyotdagi salmog‘i ham ju­da yuqori.
Hududiy jihatdan bozorlar– mahalliy, milliy va jahon bozo­ri­ga ajratiladi.
Yuqorida bayon etilgan bozorlar, ularda sotilayotgan tovar yoki xizmatlar turlariga qarab bir necha minglab xillarga bo‘linib ketadi. Amaliyotda har qaysi tovar yoki xizmat turining xusu-siyat­lari­ga qarab bozorni tashkil etish va boshqarish tartib-qoidalari mav­jud.
Xorijiy adabiyotlarda bozor turlariga qarab marketing faoliyatining ikki mingdan ortiq ta’rifi bor ekanligi qayd eti-la­di. Amaliyotda qancha turdagi tovar yoki xizmatlar bozori tashkil eti­laversa va boshqarish tizimi shakllanaversa, shuncha marketing faoliyati ta’rifi berilaveradi.
Aholi farovonligini oshirishni ko‘zda tutuvchi bozor muno­sa­batlari sari borayotgan mamlakatimizning rivojlanish dara­ja­sini ko‘tarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshiralayotgan hozirgi sharo­itda, iste’molchilar talabiga har tomonlama javob bera ola­di­gan arzon va sifatli, shuningdek, bozorda raqobatbardosh xiz­mat­larni yaratish eng dolzarb vazifasi hisoblanadi.
O‘zbekistonda hozirgi zamon talabiga javob beraoladigan ma­da­niyatli xizmatlarni qaror toptirish maqsadi-da“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi (1996 yil (26 aprel) va “Reklama to‘g‘risidagi” (1998 yil 25 dekabr) qonunlar hamda bir qator qonunosti hujjatlar qabul qilingan. Ularga rioya qilish uchun davlat nazorati amalga oshiriladi. Bu qonun va qarorlarga muvo­fiq insofsiz raqobatchilar tomonidan tovar yoki xizmat bozor­larini monopollashtirish yuzasidan har qanday uri­nish­lar­ning oldini olish, ularni cheklash va barham berish, iste’­mol­chi­lar huquqlarini himoya qilish jihatlari bilan birgalikda narx­lar­ning asossiz ravishda o‘sib ketishiga, bozorda sifatsiz xizmat­lar ko‘rsatilishiga olib keluvchi raqobatning oldini olish chora- tad­birlari ko‘riladi.
Mamlakatimizda xizmatlar bozorida raqobat muhitining ri­vo­jiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni aniqlash va ularning yechi­mi­ni topish –milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish stra­te­giya­si­ning asosini tashkil etmoqda. Shuning uchun ham bozorlarimizda erkin raqobat muhitini shakllantirish va korxonalarimiz raqo­bat­bardoshligini oshirish omillarini tahlil etish amaliyoti qo‘l­la­nilmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi rivojlanish bosqichiga o‘tayotgan davrda asosiy e’tibor xizmatlar bozorini ekstensiv ri­voj­­lantirishgagina emas, balki fan-texnika taraqqiyoti negizida, ular faoliyatini har tomonlama intensivlashtirishga, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy etgan holda rivoj­lan­ti­rish­ga qaratilmog‘i zarur.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling