Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT


Download 0.98 Mb.
bet37/107
Sana13.02.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1194392
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107
Bog'liq
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия

Tayanch iboralar
Bozor, xizmatlar, innovatsiya, g‘oya, mehnat, mahsulot, innovatsion xizmat, aholi, hududlar, rag‘batlantirish,


Nazorat va muhokama uchun savollar
1.Milliy iqtisodiyotdaxizmatlarning tutgan o‘rnini yoriting.
2.Xizmatlarsohasidagiinnovatsiyalargata’rifbering.
3.Xizmatlar bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi sharoitlarni sanab bering.
4.Xizmatlar bozorining rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni ayting.

8-mavzu.Innovatsiyalarning sohalar bo‘yicha turlari


Reja

8.1. Innovatsiyalarni iqtisodiyotning turli o‘zgarishlar ta’sirida shakllanish zaruriyati. Innovatsion siyosat va innovatsion stra­te­giya.


8.2. Innovatsion loyihalar, sohalar bo‘yicha innovatsion turlari.


8.1. Innovatsiyalarni iqtisodiyotning turli o‘zgarishlar ta’sirida shakllanish zaruriyati. Innovatsion siyosat va innovatsion strategiya

Innovatsiyalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib boradi va uning sama­rali faoliyati bir qator talablarni bajarishni taqozo etadi. Innovatsiyalarni yaratishda ishonchli hamkorlarning bo‘lishi innovatsiyalar yaratilish jarayonini uzoq muddatliligini ta’minlaydi. Ammo tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, biror yangi sohani yara­t­moqchi bo‘lgan korxonalar turli hamkorlar bilan turli bilim­lar­ni egallash maqsadida kuchsizroq aloqa o‘rnatishni afzal ko‘rar ekan.


Bularning barchasi alohida olingan korxona va tashki­lot­lar­da innovatsion siyosat bo‘lishini talab etadi hamda innovatsion strate­giyani belgilab beradi.
Avvalo, innovatsion siyosat tushunchasini kengroq yoritib bera­miz. Innovatsion siyosat bu ilmiy ishlar va ixtirochilik nati­jalarini hayotga joriy etishda (yangiliklar yaratish va ama­liyotga tatbiq etish) qo‘llaniladigan boshqaruv, iqtisodiy, tash­ki­liy va texnologik qarorlar, usullar jamlanmasi hisoblanadi. Kor­xona innovatsion siyosati mavjud resurslarga qarab innovatsiyalar joriy etish ketma-ketligini belgilab beradi. Innovatsion siyosatni amalga oshirish korxonaning texnik iqtisodiy va moliya­viy imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga oshadi. Innovatsion siyo­sa­tni shakllantirish, avvalambor, innovatsion strategiyani ishlab chiqish orqali amalga oshiriladi. Innovatsion strategiya deganda mikro (tashkilot, korxona) va makro (mamlakat) darajada korxona tomonidan innovatsiyani joriy etish uchun amalga oshiriladigan yaqin va uzoq istiqboldagi chora-tadbirlar ketma-ketligi tushuni­ladi. Innovatsion strategiyani ishlab chiqarish fan va texnika tex­no­logiyaning rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liq.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling