Q. J. Mirzaev, E. Sh. Shavqiev,B. K. Janzakov innovatsion iqtisodiyoT
Download 0.98 Mb.
|
Иннов иқтисодиёт Ўқув қўлланма СамИСИ 20 12 2019 охирги версия
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketing innovatsiyalari
- Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar
- Tashkiliy innovatsiya
- Tashkiliy va biznesyuritishdagiinnovatsiya
Texnologik innovatsiyalar – bu bozorda texnologik jihatdan mutlaq yangi jarayon yoki usul asosida mavjud ehtiyojdan kelib chiqadigan mahsulot ishlab chiqarish yoki ko‘rsatilgan xizmat bo‘yicha amalga oshiriladigan innovatsion faoliyatning yakuniy natijasidir. Agar u bozorda yoki ishlab chiqarish jarayonida munosib iste’molchisini topsa, amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
Marketing innovatsiyalari– bu iste’molchilar ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga, ularning tarkibini kengaytirishga, sotishni ko‘paytirish uchun yangi sotish bozorlarini ochishga qaratilgan innovatsiyadan iborat. Sotishning yangi usullarini qo‘llash va mahsulotni namoyish qilish sotishni kengaytirish bilan bog‘liq, ammo logistika (transport va saqlash) usullarini o‘z ichiga olmaydi. Masalan, sutni paketlarda ishlab chiqarish dastlab marketing innovatsiyasi sifatida qabul qilingan. Narxlarni shakllantirishdagi innovatsiyalar deganda xizmat yoki tovarga belgilangan narxning noodatiy qoidalar asosida belgilanishi natijasidagi innovatsiyalar hisoblanadi. Masalan, zamonaviy avikompaniyalar samolyot dvigatellarini xarid qilmaydi balki uni “ijaraga” oladi, chunki dvigatel aviakompaniya uchun faqat vosita xolos. Shuni hisobga olib dvigatel ishlab chiqaruvchilar tovarning nima berishiga qarab narx belgilaydi. Boshqacha aytilganda, o‘rnatilgan qoidaga ko‘ra narxlarni shakllantiradi va bu innovatsiya sohalarining yangi turi hisoblanadi. Mana shu qoida narxlarni shakllantirish innovatsiyasiga misol bo‘la oladi. Tashkiliy innovatsiya – bu tashkilot uchun yangi g‘oyani yoki o‘zini tutish shaklini qabul qilishdir. Bunday innovatsion yondashuv joriy etilgan yangilik boshqa odatiy va tanish amaliyot shaklida ham bo‘lishi mumkin. Ammo bunday innovatsiya birinchi tashkilot uchun soha innovatsiyasining yangi turi bo‘lib qolaveradi. Tashkiliy va biznesyuritishdagiinnovatsiya– bu tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda rivojlantirish va yuqori iqtisodiy natijaga erishishda yangi usullarini joriy etishni anglatadi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish jarayonining yangi yoki sezilarli darajada o‘zgartirilgan korporativ strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish; zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish (zamonaviy, mutlaqo yangi axborot texnologiyalari asosida); korxonada yangi yoki sezilarli darajada o‘zgartirilgan tashkiliy tuzilmalarni ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Ta’kidlash joizki, innovatsion biznesni yuritishda boshqa korxonalar bilan hamkorlik innovatsiyalari muhim o‘rin tutadi. Innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun shartnoma tuzish tartibi ham boshqa faoliyat turlaridan birmuncha farq qiladi. Ushbu shartnomalar ilmiy va texnikaviy hamkorlikning barcha shakllari uchun muhim va zarur bo‘lgan barcha ma’muriy masalalarni o‘zichigaolishikerak. Avvalo, hamkorlikning maqsadi va tomonlarning niyatlarini imkon qadar aniq bo‘lishi kerak. Keyin sheriklar soni va turini aniqlash kerak. Ko‘pincha tomonlar hamkorlik maqsadi shunchaki "loyiha" sifatida ishora qiladilar va tadqiqot holatini aniqlamaydilar. Ammo har qanday ilmiy hamkorlik uchun eng muhimi, loyiha boshlanishidan oldin uning shartlari va maqsadlarini aniqlashtirishdir. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling