Q. M. Murodov, D, Q, Murodova


Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi


Download 2.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/57
Sana02.11.2023
Hajmi2.04 Mb.
#1738929
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
 
Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi 
 
Ion-almashuvchi smolalar klassifikatsiyasi ularning kislota-asos 
xossalariga asoslangan. To„rt xil ionit turlari mavjud. 
Birinchi turiga kuchli asos va kislota xossasiga ega bo„lgan ionitlar 
kiradi. Bu turdagi kationitlarda (KU-2, sulfoko„mir, amberlit IR-120, 


108 
daueks -50 va boshqalar) ionogen guruh sifatida qarama-qarshi ion 
sifatida vodorod ionini saqlagan sulfoguruh 
hisoblanadi. 
Birinchi turdagi kationitlar kabi, anionitlarning almashinish sig„imi 
eritmaning рН qiymatiga bog„liq emas. Bu turdagi anionitlarning 
matritsasida eritmadagi anionlarni osonlik bilan gidroksil guruhlariga
almashtiruvchi -N-guruhlar mavjud. Ularga AV-17, amberlit IRA-400 
, daueks-1 va boshqalar kiradi. 
Ikkinchi turdagi ionitlar kuchsiz kislota va asos xossalarini 
namoyon etadi. 
Ikkinchi turdagi kationitlarning almashinish sig„imi kislotalik muhitda 
amalda nolga teng. Almashinish sig„imining qiymati eritmaning рН 
qiymati oshgan sari ortib, eritma tarkibidagi kationit konsentratsiyasi va 
uning tabiatiga bog„liq. Sorbit ionlar sifatida kuchli kislotali muhitda 
ionlarga ajralmaydigan kuchsiz kislotalarning 
– ionlari kiradi.
Bunday guruhlarni KB-2, KB-4, ST-1, amberlit IRS-50, vaforit va 
boshqa ionitlar saqlaydi. 
Kuchsiz anionitlarda sorbit guruhlar sifatida
guruhlari ishtirok etadi. Ularning almashinish 
sig„imi eritmaning pH qiymatiga bog„liq. Ikkinchi tur anionitlariga 
EDE-10P, AN-2F, FN-1, amberlit IR-4B va boshqalar kiradi. 
Uchinchi tur ionitlariga kuchli va kuchsiz kislota yoki kuchli va 
kuchsiz asos aralashmasi xossasini nomayon etadigan ionitlar kiradi. 
Ularning matritsasida bir vaqtning o„zida kuchli va kuchsiz kislotali 
yoki kuchli va kuchsiz asos xossasini nomayon etadigan guruhlar 
mavjud. 
To„rtinchi tur ionitlarga xos bo„lgan xususiyat – рН yoki рОН 
qiymatining ko„tarilishi bilan hajmiy almashinish sig„imining oshib 
borishi ( 19 - rasm). Ularning matritsa tarkibida kuchlilik darajasi har 
xil bo„lgan kislota yoki asoslar qoldiqlari bo„ladi. Bunday ionitlarga loy,
tuproq yoki ba‟zi bir minerallar misol bo„la oladi. 


109 
19-rasm. Eritma almashinish sig‘imining eritmaning рН yoki 
рОН qiymatiga bog‘liqligi 
1- 1 tur ionitlar; 2- 2 tur ionitlar; 3- 3 tur ionitlar; 4- 4 tur ionitlar 
 
Statik sharoitlarda ( ionit shimdiriladigan eritma bilan chayqaladi) 
hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga statik almashinish sig„imi 
(SAS) deyiladi. Dinamik sharoitlar ( ionit orqali shimdiriladigan eritma 
oqimi o„tkaziladi) hisoblab chiqilgan almashinish sig„imiga dinamik 
almashinish sig„imi (DAS) deyiladi. DAS qiymati kolonkadan birinchi 
bo„lib sizib chiqayotgan shimdirilayotgan ionni aniqlash bilan topiladi.
Ion-almashuvchi ionitlarning yuqori xossalarini sobit ionlarning 
turi va sonini o„zgartirib yoki bo„lmasa matritsa tuzilishini o„zgartirib 
amalga oshirish mumkin.Ionitlarni nomlashda umumiy holatlarni ko„rish 
mumkin: K –kationit, A – anionit, KF – fosforli kationit va hokazo. 
Ba‟zi bir ionitlarning nomlari ularni sintez qilishda ishlatilgan 
boshlangich moddalar nomidan kelib chiqqan. Masalan: SDV (St-DVB)- 
stirol va divinilbenzol, yoki EDE –etilendiamin va epixlorgidrin. 3 -
jadvalda ion-almashinish xromatografiyasida qo„llanilayotgan ba‟zi 
ionitlarning xossalari keltirlgan.
3-jadval 
Ba‟zi ionitlarning xususiyatlari 
Sorbent 
Asos 
Funksional guruh 
Adsorbosfer AX 
Silikagel 
Sulfoguruh 
Adsorbosfer SX 
Silikagel 
Ammoniy guruhi 


110 
Alteks OA-100 
St-DVB 
Sulfoguruh 
Ionopak 
St-DVB 
Sulfoguruh 
Nukleosil A 
Silikagel 
Sulfoguruh 
Nukleosil V 
Silikagel 
Ammoniy guruhi 
Nukleosil 11 
Silikagel 
Dimetilamino guruh 
Sinxropak SM-
300 
Silikagel 
Karboksi kislota 
Sferisorb AX 
Silikagel 
Ammoniy guruhi 

Download 2.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling