Q o‘llanilishi Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit,


Download 1.36 Mb.
bet1/7
Sana14.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1677733
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DORI


AMPISILLIN
Q o‘llanilishi
Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit, uretrit, endokardit, teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar, quloq, burun, tomoq infeksiyalari, odontogen infeksiyalar, meningit, sepsis va preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infeksiyalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ovqatdan 0,5 – 1 soat oldin qabul qilinadi. O‘rtacha og‘irlikda kechuvchi infeksiyalarda, kattalar uchun buyuriladigan o‘rtacha sutkalik doza 2 – 3 g, og‘ir infeksiyalarda – 10 g, meningitda – 14 g. Bolalarga preparat tana vazniga 50 – 100 mg/kg sutkalik dozada buyuriladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bu sutkada 0,25 – 0,75 g, 1 yoshdan 6 yoshgacha – sutkada 0,75 – 1,5 g, 6 yoshdan 15 yoshgacha – sutkada 1,5 – 2 g ni tashkil qiladi. Sutkalik doza 2 – 4 qabulga, meningitda 6 – 8 qabulga bo‘linadi. Gonokokkli uretrit bundan istisno, unda 3,5 g ichga bir qabulda buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi odatda 5 – 10 kunni tashkil qiladi, o‘tkir pielonefritda 2 – 3 hafta, surunkali pielonefritda – 6 oydan ko‘proq.


A MOKSIKLAV
Qo‘llanilishi
Amoksiklav kattalar va bolalarda quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi:

  • og‘ir otolaringologik infeksiyalar (masalan, mastoidit, peritonzillyar abssess, epiglottit, kasallikning tizimli ko‘rinishlarini og‘ir belgilari bo‘lgan sinusit);

  • surunkali bronxitni zo‘rayishi (muvofiq ravishda tashhis qo‘yilganida);

  • kasalxonadan tashqari pnevmoniya;

  • sistit;

  • pielonefrit;

  • teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari, xususan teri osti yog‘ kletchatkasini yallig‘lanishi, hayvonlar tishlashi oqibatidagi jarohatlar, tishlarning tarqalgan flegmonali og‘ir abssesslari;

  • suyak va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, xususan osteomielit;

  • intraabdominal infeksiyalar;

  • ayollarda jinsiy a‘zolar infeksiyalari.

Katta yoshdagi shaxslarda yirik jarrohlik aralashuvlari, shu jumladan quyidagi sohalarda o‘tkazilgan operasiyalar bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish:

  • me‘da-ichak yo‘llari;

  • chanoq bo‘shlig‘i;

  • bosh va bo‘yin;

  • o‘t chiqarish yo‘llari.

Antibakterial preparatlarni muvofiq ravishda qo‘llash bo‘yicha rasmiy qo‘llanmalarni hisobga olish kerak.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling