Q o‘llanilishi Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit,
Download 1.36 Mb.
|
DORI
GORCHICHNIKLAR
Gorchichniklar — bu gorchitsa (xantal) kukuni surilgan va qurutilgan qalin qog`ozdir. Foydalanishdan oldin qog`ozni iliq suvda namlab, so`ng kerakli joyga yopishtirish kerak: shamollash paytida belga yoki ko`krak o`rtasiga, jarohatlangan mushak ustidagi teriga, yuqori bosimda – bosh orqasiga va boldirga. Bir oz vaqt o`tgach, gorchichnikning ostidagi joy qizishni, so`ng terini yondirishni boshlaydi, natijada teri qizaradi va isib ketadi. Bu gorchitsaning namlash va isitish natijasida ishlab chiqarilgan efir moylarining ta’sir qilishni boshlaydi. Ular mahalliy qo`zg`atadigan ta’sir ko`rsatadi: qo`llanilgan joyga qon oqimini keltiradi, teri va pastda joylashgan a’zolarning (o`pka, bronxlar, traxeya, mushaklar) tomirlarini kengaytiradi. Qon aylanishining bunday kuchaytirilishi inson tezroq sog`ayib ketishini ta’minlaydi. Aslida, gorchichniklar o`pka yoki traxeyada qon aylanishini kuchaytirish qobiliyatiga ega emas: bu a’zolar juda chuqur joylashgan, ular bilan gorchichniklar orasida teri, to`qima, mushaklar qatlami mavjud. Biroq shamollashda gorchichniklar davolash vazifasini bajaradilar, inson ahvolining yaxshilanishini kutadi, kasallik sababli havotir darajasi pasayadi. Teri qizishi va og`riq reflekt asosda nafas tezlashishini keltiradi, bu ham sog`ayish jarayonini yengillashtiradi. Q on, gorchichniklar ostidagi tomirlarga quyilarkan, ularni kengaytiradi, isitadi va mushaklarni bo`shashtiradi — bunday qilib, ular bosh va mushak og`riqlarida yordam beradi. Gorchichniklardan foydalanish yoki foydalanmaslik — har bir kishining shaxsiy ishi. Eng muhimi, ehtiyotkorlik bilan ish tutish: ✔ Yuqori haroratda qo`llanmaslik. ✔ 3 yoshgacha bo`lgan bolalarga nisbatan qo`llanmaslik. ✔ Teri ustida har qanday shikastlanishlar mavjud bo`lsa foydalanmaslik. ✔ Qizish borasida shikoyat tushgan mahal olib tashlash. ✔ Teri qizarishiga yo`l qo`ymaslik: bu samaradorlik emas, balki kuyish belgisidir. ✔ Gorchitsa — kuchli allergen ekanligini esda saqlashю Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling