Q o‘llanilishi Bakterial infeksiyalar: bronxit, pnevmoniya, dizenteriya, salmonellyoz, uzoq vaqt salmonellalarni tashuvchilik, xolesistit, ko‘kyo‘tal, pielonefrit,


Download 1.36 Mb.
bet5/7
Sana14.09.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1677733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
DORI

G ALOPERIDOL
Farmakologik xususiyatlari
Galoperidol neyroleptik, antipsixotik, sedativ, og‘riq qoldiruvchi, tirishishga qarshi, antigistamin va qusishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mezolimbik tizimda, gipotalamusda, qusish markazining triger soxasida, ekstrapiramid tizimida postsinaptik dofaminergik reseptorlarni bloklaydi, markaziy alfa-adrenergik reseptorlarni susaytiradi.
Galoperidol alahsirash, gallyusinasiyalar, maniyalarni bartaraf etadi, qo‘zg‘alish, bezovtalik, o‘lim qo‘rquvi bilan kechuvchi kasalliklarda vegetativ faoliyatlarga ta‘sir qiladi (bo‘shliqli a‘zolarning tonusini, me‘da-ichak tizimining sekresiyasi va motorikasini pasaytiradi, qon tomirlarning spazmlarini bartaraf etadi). Boshqa neyroleptiklarga rezistent bo‘lgan pasientlarda samaralidir.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga 10-15 minutdan keyin erishiladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi 92% ni tashkil qiladi. Jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri mushak ichiga yuborilganida 21 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali – 40%, safro bilan ichak orqali – 15% chiqariladi.


Qo‘llanilishi

  • shizofreniya: simptomlarni davolash va qaytalanilishlarini oldini olish;

  • boshqa psixozlar, ayniqsa paranoidal;

  • maniya va gipomaniya;

  • aqliy qoloq va miyaning organik shikastlanishlari bo‘lgan pasientlarda tajovuz, yuqorifaollik va o‘ziga shikast yetkazish kabi ruxiy va ahloqiy muammolar.

  • quyidagi o‘rtacha va og‘ir darajali holatlarni qisqa muddatli davolashda yordamchi terapiya: psixomotor qo‘zg‘alishlar, xayajonlanish, zo‘ravonlik yoki xavfli impulsiv hatti-harakatlar;

  • ko‘ngil aynishi va qusishda qo‘llanadi.

NOVOKAIN
Farmakologik xususiyatlari
O‘rtacha og‘riqsizlantiruvchi faollikka va katta terapevtik ta‘sir kengligiga ega bo‘lgan mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita. Kuchsiz asos bo‘lib, natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv oxirlarida impulslarning generasiyasiga va nerv tolalari bo‘ylab impulsni o‘tkazilishiga to‘sqinlik qiladi. Nerv hujayralarining membranalarida tinchlik potensialiga yaqqol ta‘sir qilmasdan, harakat potensialini o‘zgartiradi. Nafaqat og‘riq impulslarini, balki boshqa turdagi impulslarning o‘tkazilishini ham susaytiradi. Tizimli qon oqimiga so‘rilganida va bevosita tomirga yuborilganida, periferik xolinergik tizimlarning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, preganglionar nerv oxirlarida asetilxolinni hosil bo‘lishi va ajralib chiqishini kamaytiradi (ma‘lum darajada gangliylarni bloklovchi ta‘sirga ega), silliq mushaklarning spazmini bartaraf qiladi, miokardning va bosh miya po‘stlog‘ining motor sohalarining qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi. Vena ichiga yuborilganida og‘riqni qoldiruvchi, gipotenziv va antiaritmik ta‘sir ko‘rsatadi (samarali refrakter davrni oshiradi, qo‘zg‘aluvchanlik, avtomatizm va o‘tkazuvchanlikni kamaytiradi), katta dozalarda nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzishi mumkin. Miya ustunining retikulyar farmasiyasining pastga tushuvchi tormozlovchi ta‘sirlarini bartaraf qiladi. Polisinaptik reflekslarni susayitiradi. Katta dozalarda tirishishlar chaqirishi mumkin. Qisqa muddatli anesteziyalovchi faollikka ega (infiltrasion anesteziyaning davomiyligi 0,5-1 soatni tashkil qiladi).
F armakokinetikasi
To‘liq tizimli so‘rilishga uchraydi. So‘rilish darajasi yuborish joyiga (vaskulyarizasiya darajasi va yuborish sohasini qon aylanish tezligiga), yuborish yo‘liga va dozalash yig‘indisiga bog‘liq. Parenteral yuborilganida plazma va jigar esterazalari tomonidan ikki asosiy farmakologik faol metabolitlari: dietilaminoetanol (o‘rtacha tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega) va para-aminobenzoy kislotasini hosil bo‘lishi bilan (sulfanilamid ximiyaterapevtik preparatlari raqobat antagonisti hisoblanadi va ularning mikroblarga qarshi ta‘sirini susaytirishi mumkin) tez gidrolizlanadi.



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling