Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini


 M a’m uriy tum an va shaharlarda yer resurslarini boshqarish masalalari


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana23.10.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1717902
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
3. M a’m uriy tum an va shaharlarda yer resurslarini boshqarish masalalari
0 ‘zbekiston R espublikasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish 
sohasidagi davlat boshqaruvini tashkil etishda mahalliy davlat hokim iyat organlari 
faoliyati o ‘ziga xos o ‘rin tutadi. Joylardagi vakillik organi hisoblanadigan Xalq 
deputatlari kengashlari v a ijro hokimiyati boshlig'i bo‘lgan hokimlar yerdan 
foydalanish va uni m uhofaza qilish bo'yicha m a’lum vakolatlarga ega b o ‘lib, ushbu 
vakolatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasining “Mahalliy davlat hokimiyati 
asoslari” deb nom lanuvchi XXI bobidagi 99-104 m oddalarida ham da “M ahalliy 
davlat hokimiyati to ‘g ‘risida”gi (02.09.1993 y.da qabul qilingan va 30.08.1997y., 
25.12.1998y., 03.12.2004y.larda o ‘zgartirishlar kiritilgan) qonunda belgilangan.
122


Ushbu qonunning 1-moddasiga ko ‘ra Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman 
va shaharning oliy mansabdor shaxsi b o ‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi 
vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
“M ahalliy 
davlat 
hokimiyati 
to ‘g ‘risida”gi 
qonunining 10-moddasida k o ‘rsatilishicha, Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, dehqon x o ‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish 
uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan 
foydalanish huquqini to ‘xtatib qo'yishga, shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli 
b o iib , qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi 
tomonidan tasdiqlanadi.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat 
hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
- tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va 
ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat 
nazoratini am alga oshirish;
- fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer 
berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar, 
pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o ‘rmon o'simliklari bilan qoplangan 
yerlardan tashqari o ‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va 
boshqa m aqsadlar uchun m o'ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish - har 
bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o ‘n gektargacha o'lchamda;
- fuqarolarga fermer xo ‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish;
- fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining 
0‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;
- yer uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan 
birgalikda yuridik va jism oniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;
- yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini 
kimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;
123


- yer tuzishni, yer monitoringi o ‘tkazilishini v a davlat yer kadastri yuritilishini 
tashkil etish;
- yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar ham da ularga oid bitimlarning davlat 
ro'yxatiga olinishini tashkil etish;
- yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga 
olish huquqlarini ham da yer uchastkalariga b o ig a n m ulk huquqini belgilangan 
tartibda ushbu K odeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
- qishloq xo'jaligi v a o'rm on xo'jaligi korxonalari, m uassasalari v a tashkilotlari 
tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik 
qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish;
- yer m unosabatlarini tartibga solish sohasida tum anlar davlat hokimiyati 
organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa m asalalarni hal qilish.
Tum anlar davlat hokimiyati organlarining yerlardan samarali va oqilona 
foydalanish va ulam i m uhofaza qilish sohasidagi vakolatlari bir qator m e’yoriy- 
huquqiy hujjatlarda, xususan, “Mahalliy davlat hokim iyati organlari to ‘g ‘risida”gi 
Q onunnning 
10-m oddasida 
mahalliy 
davlat 
hokim iyati 
organlarining 
yer 
m unosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan bo'lib, unga k o 'ra 
tum an hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va 
fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu 
sub’ektlam ing yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo'yishga, 
shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli bo'lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar 
xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu qonunning 24- 
m oddasida xalq deputatlari tuman Kengashining asosiy vakolatlari sifatida 
hokim ning taqdim iga binoan hududni rivojlantirishning istiqbolga m o'ljallangan 
dasturlarini, tum anning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash belgilangan.
Yerlardan foydalanishni hududiy rejalashtirish davlatning ushbu sohadagi 
asosiy vakolatlaridan hisoblanadi. U yem ing tabiiy sifatlarini, ularning ijtimoiy
iqtisodiy va boshqa maqsadlarini tahlil etish asosida am alga oshiriladi. Yerlardan 
foydalanishni rejalashtirish, boshqa davlat rejalashtirishlari kabi mamlakatning
124


ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini dasturlashtirishga moMjallangan. Rejalashtirish 
jarayonida yerlardan foydalanishning asosiy maqsadi belgilanadi.
Yerlardan foydalanishni rejalashtirish tuman va boshqa ma’muriy-hududiy 
birliklar yer-xo‘jalik tuzilishi kompleks hududiy sxemasini tuzishga yo'naltirilgan. 
M azkur sxemalar mavjud yer tuzilishi hujjatlari, davlat yer monitoringi m a’lumotlari, 
davlat yer kadastri m a’lumotlari asosida shakllanadi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling