Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini
Bilimni nazorat qilish uchun savollar
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VI-ВОВ. YER RESURSLARINI BO SH Q AR ISH DA DAVLAT YER NAZORATI 1. Yer resurslarini boshqarishga oid qonunlar, m e’yoriy xujjatlar tizimi va
Bilimni nazorat qilish uchun savollar:
1. Yer munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi qonun xujjati turini sanab bering? 2. O ’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyat xokimiyati, tuman hokimiyati yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha qanday organlar hisoblanadi? 3. “Davergeodezkadastr” qo'm itasi va uning joylardagi boshqarma va xududiy xizmatlari yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha qanday organ hisoblanadi? 4. Y er resurslarini boshqarishga doir yagona davlat siyosatini amalga oshirish va bu ishlami muvofiqlashtirish qaysi organning vakolatiga kiradi? 5. Yer munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi nima? 6. Respublikada yer resurslarini boshqarish bo ‘yicha maxsus vakolat kimga berilgan? 7. A holining soniga qarab shahar aholi punktlari qanday turlarga b o ‘linadi? 8. Aholining soniga k o ‘ra qishloq aholi punktlari qanday turlarga bo‘linadi? 125 VI-ВОВ. YER RESURSLARINI BO SH Q AR ISH DA DAVLAT YER NAZORATI 1. Yer resurslarini boshqarishga oid qonunlar, m e’yoriy xujjatlar tizimi va ularning ijrosini tahlili 1991 yildan buyon mustaqil 0 ‘zbekiston Respublikasida 100 dan ziyod qonunlarda va 500 dan ortiq m e ’yoriy hujjatlarda yerlardan oqilona foydalanish va ularni m uhofaza qilish normalari belgilangan. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkam asining 2004 yil 19-oktabrdagi 483-sonli qaroriga muvofiq yer m unosabatlarini tartibga solish uchun m axsus davlat boshqaruv organi - Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Tashkil etilgandan buyon o 'tgan yillar davom ida u yerlardan samarali foydalanishni boshqarishga doir bir nechta huquqiy m e’yoriy xujjatlar qabul qildi va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirdi. Huquqiy tadbirlar kom pleksi (yig‘indisi)-yerdan foydalanuvchilar, yer mulkdorlari, ijarachilar va m ulkdorlam ing yer uchastkalaridan maqsadli foydalanishlarning rag'batlantirish, yerlardan sam arasiz foydalanish sabablari va sharoitlarini bartaraf qilish, yer uchastkalaridan oqilona foydalanmaslikka doir huquqbuzarliklam ing oldini olish v a bartaraf qilishning tezkor huquqiy imkoniyatlarini belgilash kabi o ‘zaro b o g ” langan va bir-biridan kelib chiqadigan huquqiy normalar majmui. Yerga oid munosabatlarni davlat tom onidan tartibga solish- iqtisodiy huquqiy choralarni qoMlash orqali Respublika yer fondini m uhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni tashkil etishda davlat organlarining maqsadli faoliyati. Yer resurslarini foydalanishning davlat boshqaruvi- hozirgi va kelajak avlod ham da yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va m ulkdorlar manfaatlarida yer munosabatlarini tartibga solish, yerlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni ta ’m inlashga qaratilgan o ‘zaro uzviy bog*’langan davlatning huquqiy, iqtisodiy, texnik va tashkiliy - x o ‘jalik chora-tadbirlar tizimi. D avlat organlari tizimi-vakolatlarining mazmuni va ahamiyatiga binoan guruhlashtirilgan va yerga oid munosabatlarni tartibga soladigan davlat organlarining yig‘indisi. Yer resurslarini boshqarishda nazorat qiluvchi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining vakolatlari Oliy Majlis -yer munosabatlarini tartibga solish borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi -qonunlar qabul qiladi, ularga o'zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi -yerlarni m uhofaza qilish va ulardan foydalanish borasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi -yer munosabatlarini tartibga solish borasidagi davlat organlarining tashkil etish yoki ularning faoliyatini tugatish to ‘g ‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlaydi Prezident -yer qonun xujjatlariga rioya etilishining kafilidir -yer munosabatlarini tartibga solish borasidagi qonunlami imzolaydi -yer munosabatlarini tartibga solish borasida farmon va qarorlar qabul qiladi, farmoyishlar beradi -yer munosabatlarini tartibga solishda huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi Vazirlar Mahkamasi -yerlarni m uhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishga doir dasturlarni, byudjetni va istiqbolini ishlab chiqishni tashkil qiladi va ijrosini ta ’minladi -yer resurslarini davlat va xo‘ja lik boshqaruvini takomillashtirish to ‘g ‘risida takliflar kiritadi va ishlab chiqadi -yerga oid huquqiy munosabat sub’ektlarini huquqiy muhofazalash va kafillashga yordam beradi - 0 ‘zbekiston Republikasi Yer resurslari davlat qo'm itasi faoliyati nazorat qiladi -yerlardan oqilona foydalanish ham da ulami muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini am alga oshiradi va m e’yoriy xujjatlar qabul qiladi 127 -yerlardan foydalanish va ularni m uhofaza qilishda vazirliklar ham da idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi -yerlardan oqilona foydalanish va ulam i muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qiladi -yer munosabatlariga doir qonun kuchidagi m e’yoriy xujjatlar qabul qiladi va itjrosini ta ’minlaydi -yer resurslarini belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni m uhofaza qilish ustidan davlat nazoratini am alga oshiradi -yer tuzishni, yer monitoringini o'tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil qiladi -yuridik shaxslarga qishloq xo'jalik ehtiyojlari hamda boshqa davlat v a jam oat ehtiyojlari uchun foydalanishga v a ijaraga yer beradi. V iloyat v a Toshkent shahar hokimiyatlari -yer munosabaotlariga doir qonun kuchidagi m e’yoriy xujjatlar qabul qiladi va ijrosini ta ’minlaydi -yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilonga va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi -yer tuzishni, yer m onitoringini o ‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil qiladi -yuridik shaxslarga qishloq x o ‘ja lik ehtiyojlari ham da boshqa davlat va jam oat ehtiyojlari uchun foydalanishga v a ijaraga yer beradi -yerdan foydalanish va yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini ham da yer uchastkalariga bo'lgan huquqini beliglangan tartibda «Yer kodeksi» ning 36- m oddasiga k o ‘ra bekor qilinadi -yer munosabatlarini tartibga solish sohasida viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalarni ham hal qiladi Tum an v a shahar hokimiyatlari -yer munosabaotlariga doir qonun kuchidagi m e’yoriy xujjatlar qabul qiladi va ijrosini ta ’minlaydi 128 -tuproq unumdorligini oshirish yerlardan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi -yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi -yer tuzishni, yer monitoringini o ‘tkazilishini va davlat yer kadastri yuritishni tashkil etadi -yer uchastkalariga bo'lgan huquqlami, yerni ijaraga berish shartnomalarini, shuningdek servitutlar to ‘g ‘risidagi kelishuvlarni davlat ro ‘yhatiga oladi -yer munosabatlarini tartibga solish sohasida tuman va shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalarni ham hal qiladi Yer nazoratining jazolash shakli-yerlami muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha qonun talablarini bajarmaydigan va ularga rioya etmaydigan huquqbuzarlarga nisbatan davlatning majburlovchi choralarini qo‘llashga qaratilgan tekshirish turi. Yerga oid qonunbuzarlik-yer qonun xujjatlari m e’yorlari va talablarining yer munosabatlari sub’ektlari tomonidan buzilishi. Yer qonunbuzarligi turlari-yer to ‘g ‘risidagi qonun xujjatlarida hamda milliy va xalqaro yuridik javobgarlik normalarida belgilangan talablami buzish toifalari. Y er toifalarining huquqiy holatini belgilash yer qonunchiligi quyidagi tamoyilni inobatga oladi: 1. Tuproqlam i, ayniqsa yuqori qimmatga ega bo‘lganlarini qishloq xo'jaligida foydalanish. 2. Sug‘oriladigan yerlarni iloji boricha noqishloq va o ‘rmon xo‘jaligi yer toifalaridan chiqarmaslik. 3. Yerlardan qanday maqsadlarda foydalanmasin, ularni muhofaza qilish talablarining majburiyligi. 4. H ar bir yer toifalarining ekologik vazifasini yo'qotib qo‘ymaslik. 129 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling