Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


 YO‘L TRANSPORT HODISASINI HISOBGA OLISH TIZIMI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

2.3. YO‘L TRANSPORT HODISASINI HISOBGA OLISH TIZIMI 
 
Tayanch so‘zlar va iboralar: statistika hisobi; davlat statistika hisoboti
jarohat olganlar; halok bo‘lganlar; maxsus forma va kartochka; EHMda tahlil 
qilish. 
YTHni hisobga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l 
harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan olib boriladi. 
Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar o‘z tashkilotlariga 
tegishli avtotransport yoki yo‘llarda sodir etilgan YTHni alohida hisob qilib 
boradilar, bunda ular birlamchi axborotni YHXB bo‘linmalaridan oladilar. 
Masalan, «Toshshahartransxizmat» uyushmasi, «O‘zneftgaz» korporatsiyasi 
avtokorxonalariga tegishli avtomobillar sodir etgan YTHni, Avtomobil yo‘llar 
qo‘mitasiga tegishli yo‘l xo‘jaliklarida esa umumfoydalanuvdagi avtomobil 
yo‘llarida qayd etilgan YTHni hisobga olib borish bilan birgalikda, to‘plangan 
ma’lumotlar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligiga 
qarashli tibbiyot tashkilotlarida YTHda jabrlanganlar ro‘yxatga olinadi. 
YTHni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig‘ish ishlari YHXB 
bo‘linmalarida bir xil tartib bo‘yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan hamma YTH 
ikki guruhga bo‘linadi. 
Birinchi guruhga YTHda halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar kiradi. 
Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda hisobga olinib, davlat statistika 
hisobiga kiritiladi
Agarda YTHda jarohat ko‘rmasdan faqat moddiy zarar ko‘rilsa yoki yengil 
jarohat olinsa, bunday holda YTHni ikkinchi guruhga kiritiladi. Bu xildagi YTH 
davlat statistika hisobotiga kiritilmaydi va ular shahar, tuman, vazirliklar 
darajasida ko‘rib chiqiladi. 
Agarda tan jarohati oluvchi kishi o‘zining ish qobiliyatini yo‘qotsa, 
kasalxonada bir sutkadan kam bo‘lmagan vaqtda davolansa yoki birinchi tibbiy 
yordamdan keyin qatnab davolanish belgilansa, u holda YTHda jarohat olgan 
hisoblanadi. 
YTHni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha 
YHXB xodimlari tomonidan bir xil turdagi YTH kartochkasi (2.4-jadval) 
to‘ldiriladi. 
Yo‘l xo‘jaliklari o‘z tasarrufida bo‘lgan avtomobil yo‘llarida yuz bergan 
(asosan yo‘l sharoiti kamchiligi bilan) YTHni hisobga olib, uni YTH-1 formasida 
yoki alohida daftarda quyida ko‘rsatilgan jadval ko‘rinishida qayd etadi (2.5-
jadval). YTHning oylik, choraklik va yillik ko‘rsatkichlarini o‘rganib, yo‘l 
sharoitini yaxshilash bo‘yicha ish rejasi tuziladi. Yo‘l xo‘jaliklarida YTHni to‘liq 


22 
hisobga olish uchun MQN 15-2007 «Avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport 
hodisalarini hisobga olish va tahlil qilish qoidalari»da kartochka formasi (2.4-
jadval) tavsiya etilgan bo‘lib, uni yozma ravishda yoki EHM yordamida to‘latish 
mumkin. Bu kartochkalarning afzalligi u yoki bu ko‘rsatkichlarni belgilab, hamma 
ma’lumotlar shaxsiy EHMga kiritiladi. Kartochka quyidagi bo‘limlardan tashkil 
topgan: umumiy ma’lumotlar, yo‘l tarxi va bo‘ylama kesim bo‘laklari, yo‘l 
to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar, yo‘l qoplamasining turi, qatnov qismining holati, 
ob-havo to‘g‘risida ma’lumot, transport oqimining holati, yo‘lning yorug‘ligi, 
aholi yashovchi joyning ta’rifi, YTH sodir bo‘lgan joyning ta’rifi, yo‘lning holati 
va uning qay darajada jihozlanganligi, xulosa va yo‘lning holatini yaxshilash 
uchun bajarilishi kerak bo‘lgan tadbirlar.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling