YTHning chiziqli grafigi ko‘cha va yo‘lning butun uzunasi bo‘yicha yoki
ma’lum bo‘lagi uchun xaritaga nisbatan katta masshtablarda YTHni joylashni
ko‘rsatadi. Masshtab katta bo‘lganligi sababli YTH yo‘lning qanday
elementlarining kamchiligi bilan sodir bo‘lganligini yoki boshqa sabablarni aniq
topishda bu usul ijobiy natijalar beradi.
YTHning masshtabli sxemasida yo‘l chorrahasini, temir yo‘l kesishmasini
yoki boshqa yo‘l bo‘lagida bo‘lgan YTHni katta masshtablarda barcha yo‘l
qatnashchilarini (transport vositasini, piyodani) sxematik ravishda joylashtirilib
ko‘rsatiladi. Sxemani tahlil qilish natijasida YTH nima sababdan vujudga kelgani
va har bir ishtirokchining hodisaning oldini olish bo‘yicha imkoniyatlari qay
darajada ekanligi aniqlanadi. Bu sxemada transport vositalari va piyodalarning
harakatlanish traektoriyalari ko‘rsatilib, keyinchalik hodisa ro‘y bergan joydagi
yo‘l sharoitini yoki harakatni tashkil etish bo‘yicha o‘zgartirish takliflari ishlab
chiqiladi.
YTHni tahlil qilishda avtomobil - yo‘l xo‘jaliklarida va davlat harakat
xavfsizligi xizmati tizimida ko‘pchilik hollarda amaliyotda uchraydigan savollarni
yechish, sodda va tushunarli bo‘lishi uchun jadval, grafik, gistogramma,
siklogramma yoki topografik ko‘rinishlardan foydalaniladi. Quyida xo‘jalik
faoliyatida keng tarqalgan jadval, grafik, gistogramma, siklogramma va topografik
ko‘rinishlaridan misollar keltiramiz.
Yilning oylari bo‘yicha haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTH
to‘g‘risida ma’lumot 2.3-jadvalda keltirilgan.
20
2.3-jadval
Oylar
1
II
III
IV
V
VI
VII
VIII
IX
X
XI
XII
YTH soni
6
4
3
4
5
6
5
8
3
7
8
8
O‘zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi Avtomobil yo‘llarida sutka
soatlaridagi YTHning taqsimlanish gistogrammasi 2.1-rasmda keltirilgan.
2.1-rasm. Sutkadagi YTHning taqsimlanish gistogrammasi.
YTHning sababchilar bo‘yicha o‘zgarishi siklogramma shaklida 2.2-rasmda
keltirilgan.
2.2-rasm. YTHning sababchilarga bo‘linish siklogrammasi.
соатл
ар
Йўл
11,3 %
0,02 %
Автомобил
0,08 %
Пиёдалар
Муҳит
1,8 %
Ҳайдовчилар
86,8 %
21
Do'stlaringiz bilan baham: |