Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Tayanch so‘zlar va iboralar: harakatni boshqarish; avtomatik 
boshqarish; boshqarish tasnifi; mexanik kontaktli; induktiv magnitli
impulslab zondlash; nurlash; fotoelektrik; televizion; maxsus avtomobil 
laboratoriya; tishlashish koeffitsiyenti; mustahkamlik; ravonlik; g‘adir-
budirlik; yo‘l qoplamasi. 
 
Hozirgi vaqtda [6] avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish 
uchun ko‘proq texnik vositalar va yangi usullar qo‘llanilmoqda. Bunga 
harakatni boshqarishning avtomatik tizimi (HBAT) kiradi. HBAT 
yordamida yo‘l sharoitlarini va transport oqimining holatini hisobga 
olgan holda tezkor ravishda iqtisodiy qulay harakatni boshqarish 
yo‘llarini tanlash mumkin bo‘ladi. 
Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin
1. Umumshahar HBAT. Bunga shahar hududida joylashgan 
chorrahalardagi svetofor obyektlari kiritiladi. Hozirda har xil shaharlarda 
«Start», «Shahar», «Magistral» HBAT mavjud. 
2. Tezyurar magistral yo‘llardagi HBAT. Bunday tizim asosan 
tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni 
boshqarish uchun qo‘llaniladi. 


63 
3. Maxsus HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta 
ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun 
qo‘llaniladi. 
Amaliyotdagi tajribalarga asosan avtomobil yo‘llarida harakatni 
boshqarish tasnifini 4.7-jadvalda keltiramiz.
Keltirilgan tasnif bo‘yicha harakatni boshqarish tizimi asosli 
ravishda u yoki bu variantni qabul qilish avtomobil yo‘lining darajasiga 
va uning yuklanganlik koeffitsiyenti qiymatiga bog‘liq ravishda qabul 
qilinadi. 
4.7-jadval 
№ 
HBT tasnifi 
Yechiladigan masalalar 
Ishlatiladigan joyi 
1. Eng sodda 
Harakatni 
tashkil 
qilishda 
haydovchilarning tezlikni va ba’zi bir 
manevrlarni cheklashiga qaratiladi 
IV va V daraja yo‘llarda 
2. 
Sodda 
Bo‘ylama va ko‘ndalang harakatni 
tashkil qilish, transport oqimini harakat 
rejimi bo‘yicha boshqarish 
I-III darajali yo‘llarda 
harakat miqdori 7 ming 
avt/sut.kam 
3. 
Murakkab 
chiziqli 
Yo‘l harakatini dispetcher orqali 
boshqarish. Yo‘l halokati va qishki
saqlash ishlarini operativ boshqarish 
I-II darajali yo‘llarda 7 
ming avt/sut 
4. 
Murakkab 
tarmoqli 
Viloyat (bir nechta) avtomobil yo‘l 
tarmoqlarda 
harakatni 
muvofiq-
lashtirib boshqarish, yo‘l halokati va 
qishki xizmatni operativ boshqarish 
Katta transport 
tarmoqlarida 
5. 
Muayyan 
joydagi 
Ma’lum yo‘l uchastkalarida harakatni 
avtomatik ravishda boshqarish 
Katta ko‘priklarda, 
tonnellarda yuqori 
harakat miqdorida 
6. 
Avtomatlash-
tirilgan 
Avtomagistralda va reversiv harakatni 
tashkil qilishda avtomatik boshqarish 
I darajali yo‘llarda 20 
ming avt/sut 
7. 
Yo‘l tarmog‘i 
avtomatlash-
tirilgan 
Avtomobil yo‘l tarmoqlarida harakatni 
avtomatik usulda boshqarish 
Katta transport 
tarmoqlarida yuqori 
harakat miqdori 
bo‘lganda 
8. 
Yo‘l tarmog‘ida 
axborot berib 
boshqarish 
Yo‘lning yuklanganligi sababli vujudga 
kelgan tig‘izlikni, YTH hisobga olib 
optimal marshrutni tanlash. Har bir 
harakatlanayotgan 
avtomobilga 
bu 
to‘g‘risida axborot berish 
Xuddi 
7 punktdagidek 
va kelajakda 


64 
9. 
Yo‘lning ishlab 
turishini av-
tomatlashti-rish 
Yo‘l holatini, harakatini va yo‘ldan 
foydalanish 
tashkilotlari 
xizmatini 
boshqarish 
I-III darajali yo‘llarda 
10. 
Yo‘l tarmog‘i-
ning ishlab 
turishini 
avtomatlash-
tirish 
Yo‘l holatini, harakatni va yo‘ldan 
foydalanish tashkilotlar xizmatini yo‘l 
tarmog‘i bo‘yicha boshqarish 
Xuddi 
7 punktdagidek 
11. 
Avtomobillarni 
marshrut 
bo‘yicha 
avtomatik 
boshqarish 
Berilgan 
marshrut 
bo‘yicha 
avtomobilni haydovchisiz boshqarish 
Juda katta yuklangan 
uchastkalarda 
(kelajakda) 
Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilish sxemalarini tanlash 
vaqtida yo‘lning hamma parametrlarini va transportlar yurishi uchun 
sifat holatini, ob-havo o‘zgarishlarini va transport oqim tavsiflarini to‘liq 
hisobga oluvchi sxemaga afzallik berish lozim. 
Avtomobil yo‘llaridagi harakatni boshqarish uchun har xil texnik 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling