Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil yo‘lining texnik jihozlanganligini hisobga olish va Avtomobil yo‘li pasportini tuzish
Yo‘l-patrul xizmati
Harakat xavfsizligini to‘laqonli ta’minlash uchun yo‘l-patrul xizmatlari tuziladi. Ular asosan yo‘l tashkilotining harakat xavfsizligi xizmatidan tashkil topadi. Yo‘l-patrul xizmati asosan magistral yo‘llarda noqulay ob-havo sharoitida yoki katta ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan yo‘l uchastkalarida aniq grafik asosida muntazam ravishda yo‘l qoplamasini g‘ildirak bilan tishlashish sifatini ta’minlaydi. Avtomobil yo‘lining texnik jihozlanganligini hisobga olish va Avtomobil yo‘li pasportini tuzish Texnik diagnostika va yo‘l pasportini tuzishning asosiy maqsadi mavjud yo‘lning geometrik elementlarini, yo‘l poyining va qoplamasining transportdan foydalanish sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlarga asosan yo‘lning kelajakdagi rejalarini ratsional ravishda rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki saqlash ishlarini olib borishdan iborat. Umumfoydalanuvdagi yo‘llarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishi va yo‘l pasportini tuzishi shart. Quyidagi yo‘l elementlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak: - ajratilgan yo‘l mintaqalari; -yo‘l poyi; -qatnov qismi va uning qoplamalari; -sun’iy inshootlar (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlar, quvur, tirkagich devorlar, tunellar va xokazolar); 100 -yo‘ldagi suv qochirish inshootlari (yonariqlar, suv olib ketuvchi ariqlar): -yo‘l xo‘jalik binolari, yo‘l muhandislik qurilmalari, (texnik kollektor, yo‘l uchastka uyi yoritish moslamalari va shunga o‘xshashlar) Texnik ko‘rik o‘tkazish va pasport tuzish yo‘riqnomalari quyidagicha: 1.Dala ishlari. 2.Kameral ishlari. Dala ishlarida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: -texnik pasportning chiziqli grafiklari (yo‘l rejasi, yo‘l elementlari o‘lchamlari, harakatlanish tezligi, avariyalik va xavfsizlik koeffitsiyentlari, chizmalari, yo‘lning yuklanganlik darajasi); -ko‘prik va quvurlar kartochkasini to‘ldirish uchun ma’lumotlar to‘plash; -yo‘l ho‘jaligiga qarashli binolarni joylashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash; -tunnel holati va mustahkamligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash; -yo‘l jihozlanganligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash. Kameral ishida dala sharoitida to‘plangan materiallarga asosan, 297x428 formatli qog‘ozga yo‘l rejasi, yo‘l elementlari, xavfsizlik va halokatlilik koeffitsiyentlarining chiziqli grafigi tushiriladi. Shuningdek yo‘l to‘g‘risidagi ma’lum son qiymatlariga ega bo‘lgan ma’lumotlar jadval shaklida keltiriladi (harakat miqdorining oylar, yillar bo‘yicha o‘zgarishi, yo‘ldagi g‘adir-budirlik, yo‘l eni, yo‘l yoqasi, qoplama yemirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi va jadvalga kiritiladi). Yo‘lning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida olingan barcha ma’lumotlarni hozirgi vaqtda kompyuter mashinalari yordamida yoziladi va buni markazda turgan dispetcherlarga kompyuter orqali uzatiladi. Pasport tizimi uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: 1. Geodezik asboblar - teodalit, nivelir, lazer masofa o‘lchagich, kurvimetr, uzunlik o‘lchovchi tasma. 2. Maxsus jihozlangan laboratoriyalar yo‘lning geometrik parametrlarini, qoplamaning mustahkamligini, g‘adir-budirligini, ko‘rish masofasini, jihozlanganlik darajasini o‘lchaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling