Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
6.5. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA YO‘L HARAKATI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
98 6.5. YO‘L HARAKATINI TASHKIL ETISHDA YO‘L HARAKATI MUXANDISLARINING VAZIFALARI Tayanch so‘zlar va iboralar: me’yoriy xujjatlar; loyiha; sxema; texnik vositalar; yo‘l sharoitini yaxshilash; tranport oqimi; o‘tkazish qobilyati; jihozlanganlik darajasi; xizmat inshootlari; pasport tuzish; atrof muhitni saqlash; harakat qatnashchilari; tuzatish; ta’mirlash; yo‘l-patrul xizmati; texnik diagnostika; texnik ko‘rik Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish qo‘llanilishi yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan hamda yo‘l harakatini tashkil etish loyihalari va sxemalarida nazarda tutilgan tartibga solishning texnik vositalaridan hamda ularning konstruksiyalaridan kompleks foydalanish asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridagi yo‘l harakatining yagona tartibi Yo‘l harakati qoidalarida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi yo‘llarida transport vositalarining o‘ng tomonlama harakatlanishi belgilanadi. Yo‘l harakatining tashkil etilishini yo‘llarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yoki boshqa maqsadlar uchun yo‘l harakati xavfsizligi darajasini pasaytirish hisobiga o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Harakat xavfsizligi muxandislarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - yo‘l sharoitlarining harakat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish; - transport oqimi miqdorini va tarkibini aniqlash hamda o‘zgarish qonuniyatlarini tadqiq qilish; - yo‘l-transport hodisalarini o‘rganish va joyida ularning kelib chiqishi sabablarini tahlil qilish; - yo‘lning o‘tkazish qobiliyatini aniqlash va uni oshirish bo‘yicha tadbirlarni belgilash; - biriktirilgan yo‘l uchastkasining jihozlanganlik darajasini aniqlash va uni yaxshilash bo‘yicha tadbirlar belgilash; - yo‘lda harakatlanishga xizmat qiluvchi inshootlarni joylashtirishni belgilash va ular joylashgan mintaqada harakatni tashkil qilish; - yo‘lning xavfli uchastkalarini aniqlash va ularning chiziqli grafiklarini chizish hamda yo‘l bo‘yicha harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar belgilash; - biriktirilgan yo‘l uchastkalarini muntazam ravishda ko‘rib borish, bahorgi va kuzgi ko‘riklarni o‘tkazish va yo‘l pasportini tuzish; 99 - biriktirilgan yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish navbatlarini belgilashda ishtirok etish; - yo‘l uchastkasida atrof-muhitni saqlash bo‘yicha ishlarni belgilash; - harakat xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni olib borish; - harakat qatnashchilari va tashkilotlar tomonidan yo‘llarda yurish hamda yo‘ldan foydalanish ishlarini nazorat qilish; - yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joylarda transport vositalarini evakuatsiya qilish hamda tabiiy ofatlar natijasida zarar yetkazilgan yo‘l uchastkalarini vaqtincha yopishni tashkil qilish; -Avtomobil yo‘lini tuzatish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joylarda harakatni tashkil etish sxemalarni tuzish; -biriktirilgan yo‘l uchastkasida muntazam ravishda harakatlanish uchun qulay sharoitni yaratish va uni nazorat qilish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling