Sun’iy yoritiladigan tumbalarni aholi yashaydigan joylarda ajratuvchi
polosalarning boshlanishida va transport tonnellarining yon devorlari oldidan
o‘rnatiladi.
Yo‘naltiruvchi xavfsizlik orolchalari chorrahalardagi umumiy harakat
miqdori 1000 avt/sut va buriladigan transport vositalari aholi yashamaydigan
joylarda 10 %, aholi yashaydigan joylarda esa 20 % dan kam bo‘lmasa, o‘rnatilishi
ko‘zda tutiladi. Shuningdek, yo‘naltiruvchi xavfsizlik orolchalari yer usti piyodalar
o‘tadigan joylarda belgilanadi, agarda transport vositalarining harakat miqdori
4000 avt/sut dan kam bo‘lmasa.
4.4. HARAKATNI TAShKIL ETISHDA SVETOFORLARDAN
FOYDALANISH
Tayanch so‘zlar va iboralar: svetofor; svetofor signallari; takt; asosiy takt;
yordamchi takt; devor; faza; sikl; funksional belgilanish; konstruktiv bajarilish;
svetofor turlari; shartlar; boshqarish rejimi; o‘zgaruvchan rejim; o‘zgarmas
rejim; avtonom boshqaruv; muvofiqlashtirilgan boshqaruv; sinxron; progressiv;
yashil ko‘cha; yashil to‘lqin.
Svetoforlar yorug‘lik signali beruvchi asbob bo‘lib, ular yo‘lning ma’lum
uchastkalaridan transport vositalari o‘tishini boshqarib turishda ishlatiladi.
O‘zbekistonda ishlatiladigan svetofor signallarining almashish ketma-
ketligi GOST 25695-83ga asosan qabul qilingan bo‘lib, bu yo‘l belgilari va
signallari xalqaro konvensiya talablariga mos keladi.
Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil-qizil sariq bilan yashil-
sariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-yashil-
sariq-qizil yoki qizil-sariq, yashil-sariq. Ba’zida yashil signal almashtirilishi
oldidan uni o‘chirib yoqish amalda uchrab turadi.
Signallar quyidagi ketma-ketlikda almashtiriladi: qizil-qizil sariq bilan
yashil-sariq-qizil. Signallarni quyidagicha almashtirishga ruxsat beriladi: qizil-
yashil-sariq-qizil yoki qizil-sariq, yashil-sariq. Ba’zida yashil signal almashtirilishi
oldidan uni o‘chirib yoqish amalda uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |