71
Harakatni tashkil etishning ikkita asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular
transport
oqimini tezliklar bo‘yicha tasmalarga va yo‘nalishlarga ajratishdir.
Transport oqimini tezliklar bo‘yicha tasmalarga ajratishda quyidagi ishlar
bajariladi:
1. Ko‘p tasmalik yo‘llarda
sekin yuruvchi avtomobillar, avtobuslar,
trolleybuslar, mahalliy transport vositalari, tranzit
transportlar va velosiped
harakati uchun
maxsus ixtisoslashtirilgan tasmalar ko‘zda tutiladi.
2.
Yo‘lning tik ko‘tarilish uchastkalarida sekin harakatlanuvchi
Avtomobillar uchun
qo‘shimcha tasma quriladi.
3. Murakkab chorrahalarda
tormozlanish va
tezlashish uchun tasmalar
qilinadi.
4. Yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalari, piyodalar va yo‘lovchilar
uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘l inshootlari oldida
to‘xtash, turish uchun
tasmalar
va
maydonchalar nazarda tutiladi.
5. Jamoat transportlari to‘xtaydigan bekatlarda tormozlanish va tezlashish
tasmalari bilan birgalikda avtobuslar to‘xtab turishi uchun «cho‘ntak» quriladi.
Transport oqimini yo‘nalishlar bo‘yicha ajratishda quyidagi ishlar
rejalashtiriladi:
1.
Ajratuvchi tasma yordamida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l
qatnov
qismini bitta yaxlit yo‘l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Termiz yo‘lining
Jizzaxgacha bo‘lgan bo‘lagida, THAY, Kiev-Barispol, Moskva-Domodedova va
h.k.
2. Yo‘nalishlar bo‘yicha
qatnov qismini alohida yo‘l poyida joylashtirish,
masalan, Toshkent-Chimkent yo‘lida va ko‘pchilik chet el yo‘llarida.
3. Ko‘rinishi ta’minlanmagan radiusi kichik egriliklarda yo‘nalishlar
bo‘yicha
ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o‘rnatish (Toshkent-Dushanba
yo‘lining Sirdaryogacha bo‘lgan egri uchastkalarida Toshkent-Qo‘qon, Kushka-
Xirot yo‘llarida).
4. Aholi yashaydigan joylardagi parallel ko‘chalarda
bir tomonlama
Do'stlaringiz bilan baham: