Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin
1. Umumshahar HBAT. Bunga shahar hududida joylashgan chorrahalardagi 
svetofor ob’ektlari kiritiladi. Hozirda har xil shaharlarda «Start», «Shahar», 
«Magistral» HBAT mavjud. 
2. Tezyurar magistral yo‘llardagi HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, 
katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun 
qo‘llaniladi. 
3. Maxsus HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, 
murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun qo‘llaniladi. 
Yo‘l sharoiti harakat tartibini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, u 
harakat tartibining qulayligini va xavfsizligini aniqlaydi. 
Yo‘l sharoiti o‘z ichiga yo‘lning geometrik parametrlarini, uning transport 
foydalanishi tavsiflarini, yo‘lning barcha muxandislik inshootlarini jamlaydi. Bu 
keltirilgan ko‘rsatkichlarning har biri yo‘lning ishlash holatiga, avtomobil harakati 
bilan yo‘l orasidagi vaziyatga, haydovchining ruhiy holatiga va oqibatda yo‘ldagi 
transport vositalari rejimiga va harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson yo‘l harakatining asosiy 
ishtirokchisi: haydovchi, yo‘lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida 
qatnashadi. Bularning ichida haydovchi alohida o‘rin egallaydi, shuning uchun 
harakatni tashkil qilishda uning psixologik, fiziologik va biologik imkoniyatlarini 
e’tiborga olish zarur. Harakatlanish davomida haydovchiga har xil noxush omillar 
ta’sir etadi: avtomobil saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport shovqini, 
vibratsiya, qishning sovuq va yozning issiq havosi, yomg‘ir, qor, tuman, yo‘lning 
yomon sharoiti, avtomobilning har xil kamchiliklari, piyodalarning tartibsiz 
harakatlanishi va hokazolar. 
Haydovchi asosiy axborotni yo‘l sharoitini kuzatish orqali oladi va 
axborotlar uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning tavsifi va 
hajmi juda tez o‘zgaruvchan bo‘lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda 
yo‘ldagi harakat sharoitini diqqat-e’tibor berib kuzatishni taqozo qiladi. 
Haydovchining ish faoliyati juda murakkab bo‘lib, harakatlanish davomida yo‘l, 
avtomobil, piyoda va muhit sharoitiga faol ta’sir ko‘rsata olmaydi (5.1-rasm) va 
ularning o‘zgarishini oldindan aniqlay olmaydi, u shunday sharoitda o‘zining, 
yo‘lovchilarning, piyodalarning hayotiga xavf tug‘dirmasdan hamda avtomobilni 
va undagi yuklarni to‘liq saqlagan holda xavfsiz harakatni ta’minlashi kerak. 


75 
5.1-rasm. Haydovchi faoliyatining «Haydovchi-avtomobil-yo‘l- 
piyoda-muhit» tizimidagi o‘rni. 
Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib
uning muhim ruhiy-fiziologik o‘ziga xosligini ajratib ko‘rish mumkin. Haydovchi 
doimo harakatdagi barcha qatnashchi-larining harakatlanish tartibi, yo‘lning holati 
va o‘lchamlari, atrof-muhit holati va boshqaruv vositalari mavjudligi, 
avtomobilning qism va asboblarining holati to‘g‘risidagi katta hajmdagi axborotni 
doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa muddatda axborot majmuasini qayta 
ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak (5.1-rasm). 
Shuni aytib o‘tish kerakki, haydovchilar har doim ham to‘g‘ri qaror qabul 
qilib harakat qilmaydilar. Bunday holat vujudga kelishiga ko‘pincha quyidagilar 
sabab bo‘ladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling