Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatni tashkil qilishda bajariladigan ishlar
harakatni tashkil qilish.
5. Chorrahada kesishadigan yo‘llarni har xil sathda joylashtirish. 6. Bir sathda joylashgan chorrahalarda chapga buriladigan avtomobillar kutib turishi uchun xavfsizlik orolchalari (yo‘l belgi chizig‘i orqali) yordamida kutish tasmalarini ajratish. Harakatni tashkil qilish uchun qaysi bir usuldan foydalanishdan qat’iy nazar, yo‘l belgilari, yo‘l belgi chiziqlari, yo‘l to‘siqlari va avtomatik boshqarish texnika vositalaridan foydalanish lozim bo‘ladi. Ko‘rsatilgan usullardan va texnik vositalaridan foydalanib, u yoki bu yo‘l uchastkasida harakatni tashkil 72 qilish natijasida harakat tezligini, o‘tkazish qobiliyatini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash mumkin. Harakatni tashkil qilishda bajariladigan ishlar quyidagi talablarni qondirishi kerak: a) harakat tezligining yo‘l uchastkalari bo‘ylab asta-sekin o‘zgarishi; b) haydovchiga sutkaning har qanday vaqtida harakatlanishi uchun yo‘lning oldingi uchastkalari yo‘nalishi aniq va ravshan bo‘lishi; v) transport vositalarining tez va xavfsiz harakatlanishi; g) transport vositalarini maksimal darajada o‘tkazish; d) ekologik jihatidan qulay bo‘lishi; ye) piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishi; j) iqtisodiy jihatdan tejamkor bo‘lishi. Og‘ir yo‘l sharoitiga quyidagi yo‘l bo‘laklari kiradi: - chorraha va yo‘lning to‘xtash joylari; - rejadagi kichik radiusli egriliklar; - tik ko‘tarilish va tushish joylari; - ko‘rinish ta’minlanmagan uchastkalar; - aholi yashaydigan joylar; - Avtomobil-traktor harakati kuzatiladigan uchastkalar; - tor ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar mavjud joylar. Bunday og‘ir yo‘l sharoitlarida quyidagi tamoyillarga asosan harakat tashkil qilinadi: 1. Yo‘l sharoitiga va transport vositalarining harakat rejimiga asosan yo‘l belgilarini, yo‘l belgi chiziqlarini, yo‘l to‘siqlarini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni o‘rnatish. 2. Planirovkani o‘zgartirish. 3. Avtomatlashtirilgan boshqarishga o‘tish (yashil to‘lqin bilan boshqariladigan svetofor ob’ektlarini o‘rnatish, boshqarishni muvofiqlashtirish va boshqalar). 4. Ba’zi bir uchastkalarda tig‘iz soatlarda harakat miqdorini kamaytirish. 5. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish. 6. Jamoat va yuk tashuvchi Avtomobillarning optimal marshrutini tuzish. 7. Haydovchilar yo‘lning oldingi uchastkalarini ko‘rishlarini yaxshilash. 8. Qo‘shimcha tasma belgilash. 9. Ba’zi bir transport vositalarining o‘tishini ta’qiqlash. 10. Transport vositalarini ularning tezliklariga qarab tasmalarga bo‘lish. 11. Transport vositalarini yo‘nalishlariga qarab bo‘lish. 12. Tormozlanish va tezlashish tasmalarini qurish. 73 13. Yer usti, osti va yo‘l ustidan piyodalar o‘tish joyini belgilash. 14. Xavfsizlik orolchalarini qurish. 15. Piyodalar uchun yo‘lakchalar qurish. 16. O‘zgaruvchan sxema bo‘yicha harakatni boshqarish. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling