Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo‘l sharoiti
Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin:
1. Umumshahar HBAT. Bunga shahar hududida joylashgan chorrahalardagi svetofor ob’ektlari kiritiladi. Hozirda har xil shaharlarda «Start», «Shahar», «Magistral» HBAT mavjud. 2. Tezyurar magistral yo‘llardagi HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun qo‘llaniladi. 3. Maxsus HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Yo‘l sharoiti harakat tartibini belgilaydigan eng asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, u harakat tartibining qulayligini va xavfsizligini aniqlaydi. Yo‘l sharoiti o‘z ichiga yo‘lning geometrik parametrlarini, uning transport foydalanishi tavsiflarini, yo‘lning barcha muxandislik inshootlarini jamlaydi. Bu keltirilgan ko‘rsatkichlarning har biri yo‘lning ishlash holatiga, avtomobil harakati bilan yo‘l orasidagi vaziyatga, haydovchining ruhiy holatiga va oqibatda yo‘ldagi transport vositalari rejimiga va harakat xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadi. Harakat xavfsizligini ta’minlashda inson yo‘l harakatining asosiy ishtirokchisi: haydovchi, yo‘lovchi, piyoda va harakatni tashkil qiluvchi sifatida qatnashadi. Bularning ichida haydovchi alohida o‘rin egallaydi, shuning uchun harakatni tashkil qilishda uning psixologik, fiziologik va biologik imkoniyatlarini e’tiborga olish zarur. Harakatlanish davomida haydovchiga har xil noxush omillar ta’sir etadi: avtomobil saloniga kirayotgan chiqindi gazlar, transport shovqini, vibratsiya, qishning sovuq va yozning issiq havosi, yomg‘ir, qor, tuman, yo‘lning yomon sharoiti, avtomobilning har xil kamchiliklari, piyodalarning tartibsiz harakatlanishi va hokazolar. Haydovchi asosiy axborotni yo‘l sharoitini kuzatish orqali oladi va axborotlar uning uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Axborotlarning tavsifi va hajmi juda tez o‘zgaruvchan bo‘lib, u doimo haydovchidan muntazam ravishda yo‘ldagi harakat sharoitini diqqat-e’tibor berib kuzatishni taqozo qiladi. Haydovchining ish faoliyati juda murakkab bo‘lib, harakatlanish davomida yo‘l, avtomobil, piyoda va muhit sharoitiga faol ta’sir ko‘rsata olmaydi (5.1-rasm) va ularning o‘zgarishini oldindan aniqlay olmaydi, u shunday sharoitda o‘zining, yo‘lovchilarning, piyodalarning hayotiga xavf tug‘dirmasdan hamda avtomobilni va undagi yuklarni to‘liq saqlagan holda xavfsiz harakatni ta’minlashi kerak. 75 5.1-rasm. Haydovchi faoliyatining «Haydovchi-avtomobil-yo‘l- piyoda-muhit» tizimidagi o‘rni. Har bir kasbda insonning faoliyatini tahlil qilishdan kelib chiqib, uning muhim ruhiy-fiziologik o‘ziga xosligini ajratib ko‘rish mumkin. Haydovchi doimo harakatdagi barcha qatnashchi-larining harakatlanish tartibi, yo‘lning holati va o‘lchamlari, atrof-muhit holati va boshqaruv vositalari mavjudligi, avtomobilning qism va asboblarining holati to‘g‘risidagi katta hajmdagi axborotni doimiy ravishda qabul qilishi hamda qisqa muddatda axborot majmuasini qayta ishlab va tahlil qilib, qaror qabul qilish kerak (5.1-rasm). Shuni aytib o‘tish kerakki, haydovchilar har doim ham to‘g‘ri qaror qabul qilib harakat qilmaydilar. Bunday holat vujudga kelishiga ko‘pincha quyidagilar sabab bo‘ladi: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling