Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

 
5.2. 
HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA HARAKATNI 
TASHKIL QILISH. 
 
 Tayanch so‘zlar va iboralar: tezliklar bo‘yicha ajratish; tasmalar 
bo‘yicha ajratish; ixtisoslashtirilgan transport; qo‘shimcha tasma; 
tormozlanish; tezlashish; og‘ir yo‘l sharoiti; avtomobil-traktor oqimi; 
to‘xtab turish; 
 


71 
Harakatni tashkil etishning ikkita asosiy usuli mavjud bo‘lib, ular transport 
oqimini tezliklar bo‘yicha tasmalarga va yo‘nalishlarga ajratishdir. 
Transport oqimini tezliklar bo‘yicha tasmalarga ajratishda quyidagi ishlar 
bajariladi: 
1. Ko‘p tasmalik yo‘llarda sekin yuruvchi avtomobillar, avtobuslar, 
trolleybuslar, mahalliy transport vositalari, tranzit transportlar va velosiped 
harakati uchun maxsus ixtisoslashtirilgan tasmalar ko‘zda tutiladi
2. 
Yo‘lning tik ko‘tarilish uchastkalarida sekin harakatlanuvchi 
Avtomobillar uchun qo‘shimcha tasma quriladi
3. Murakkab chorrahalarda tormozlanish va tezlashish uchun tasmalar 
qilinadi
4. Yo‘lda harakatlanayotgan transport vositalari, piyodalar va yo‘lovchilar 
uchun xizmat ko‘rsatadigan yo‘l inshootlari oldida to‘xtash, turish uchun tasmalar 
va maydonchalar nazarda tutiladi
5. Jamoat transportlari to‘xtaydigan bekatlarda tormozlanish va tezlashish 
tasmalari bilan birgalikda avtobuslar to‘xtab turishi uchun «cho‘ntak» quriladi. 
Transport oqimini yo‘nalishlar bo‘yicha ajratishda quyidagi ishlar 
rejalashtiriladi: 
1. Ajratuvchi tasma yordamida alohida yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l qatnov 
qismini bitta yaxlit yo‘l poyida joylashtirish, masalan, Toshkent-Termiz yo‘lining 
Jizzaxgacha bo‘lgan bo‘lagida, THAY, Kiev-Barispol, Moskva-Domodedova va 
h.k.
2. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnov qismini alohida yo‘l poyida joylashtirish, 
masalan, Toshkent-Chimkent yo‘lida va ko‘pchilik chet el yo‘llarida.
3. Ko‘rinishi ta’minlanmagan radiusi kichik egriliklarda yo‘nalishlar 
bo‘yicha ajratuvchi xavfsizlik orolchalarini o‘rnatish (Toshkent-Dushanba 
yo‘lining Sirdaryogacha bo‘lgan egri uchastkalarida Toshkent-Qo‘qon, Kushka-
Xirot yo‘llarida). 
4. Aholi yashaydigan joylardagi parallel ko‘chalarda bir tomonlama 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling