Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
HARAKAT ShAROITI VA YO‘L ShAROITI HAQIDA
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
5.3 HARAKAT ShAROITI VA YO‘L ShAROITI HAQIDA
HAYDOVChILARGA TEZKOR AXBOROT YeTKAZISh Tayanch so‘zlar va iboralar: doimiy parametrlar; o‘zgaruvchi parametrlar; axborot berish; video kamera; boshqarishni avtomatik tizimi; murakkab chorraha; maxsus boshqaruv; haydovchi imkoniyatlari; haydovchi faoliyati. Avtomobil yo‘lida harakatlanayotganda haydovchining manzilga tezroq yetib borish xohishi bilan uni amalga oshirish orasida kelishmovchilik mavjud. Ko‘pchilik hollarda haydovchilarning tanlagan harakat tezligi yo‘l, ob-havo sharoitlarini va transport oqimi tavsiflarini hisobga olmasligi sababli harakat xavfsizligi ta’minlanmaydi. Bunday holat esa avtomobil yo‘llarida ziddiyatli sharoitlarni vujudga keltiradi. Kelajakda bu muammoni hal qilish yo‘llaridan biri avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarishni tashkil qilish bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi: – yo‘l sharoiti va transport oqimi holati to‘g‘risida ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish; – har bir aniq holatda optimal harakat rejimini tanlash; – harakat qatnashchilariga tavsiya etilayotgan harakat rejimi to‘g‘risida operativ axborot berish va uning bajarilishini nazorat qilish. Avtomobil yo‘llarining kesishish va tutashish joylarida maksimal ravishda harakat xavfsizligini ta’minlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan qulay burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yo‘llardagi harakat miqdoriga, ko‘rinish masofasiga, texnik vositalar bilan Avtomobil yo‘lidagi harakatni boshqarish uchun doimiy parametrlar (yo‘l qatnov qismining eni, tasmalar soni, bo‘ylama va ko‘ndalang nishablik va h.k) va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan parametrlar (ravonlik, tishlashish koeffitsiyenti, harakat miqdori, yuklanganlik koeffitsiyenti va h.k.) bo‘yicha haydovchilarga muntazam ravishda axborotlar kerak. Hozirgi vaqtda avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish uchun ko‘proq texnik vositalar va yangi usullar qo‘llanilmoqda. Bunga harakatni boshqarishning avtomatik tizimi (HBAT) kiradi. HBAT yordamida yo‘l sharoitlarini va transport 74 oqimining holatini hisobga olgan holda operativ ravishda iqtisodiy qulay harakatni boshqarish yo‘llarini tanlash mumkin bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling