Sport musobaqalari tizimi


Download 173.5 Kb.
bet1/2
Sana14.05.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1458674
  1   2
Bog'liq
Metodik tavsiya Унаров.М




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI




Toshkent viloyati Angren shahar
XTB Amaliy fanalar metodisti
Unarov Muzaffarning
SPORT MUSOBAQALARI TIZIMI”
bo‘yicha jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun





METODIK TAVSIYA
“Sport musobaqalari tizimi” bo‘yicha tavsiyasi. Sport musobaqalari o’ziga xos faoliyat bo’lib raqiblarning harakatini tartibga solishda katta rol’ o’ynaydi. Ularning ayrim qobiliyatlarini ob’ektiv ravishda solishtirib ko’rishga va jismoniy sifatlarni maksimal darajada namoyon bo’lishini musobaqa davomida harakatlanishini maksimal ravishda ta’minlashga imkoniyat yaratadi.
Sport hozirgi ko’rinishida bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega.

  1. Sport musobaqalar faoliyatida, raqobatda ketma-ket yutuqlarga bo’lgan talablarni ortib borishi, sport musobaqalarining tizimiga asoslanib tashkil etiladi.

  2. Musobaqada bevosita bajariladigan harakatlarning boshqarilish sharoitlarini va yutuqlarini baxolash usullarini tenglashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Bu tenglashtirish (hisobiga) musobaqalar o’tkazishning umumiy me’yorlari sifatida muayyan qoidalar bilan mustaxkamlanadi.

  3. Musobaqalarni xatti harakati raqobat sharoitlarga qarab tartiblashtiriladi. Sportchi tanlab olgan turidagi ko’rsatgichlarni, individual holda o’z imqoniyatlarga qarab namoish qiladi. Bu natijalar yo jismoniy g’alabani yoki raqibni yutish natijasini yaxshilash uchun vaqt birligida, masofada, og’irlikda belgilanishi mumkin.

Yuqori sport natijasi, sportni shu kundagi rivojlanishida inson imkoniyatlarini etaloni bo’lib hisoblanadi. Ularga taqqoslab har bir inson o’zining sport natijalarini solishtirib ko’rish mumkin va shunga asoslanib, natijalarni yaxshilashni rejalashtirish mumkin. Yuqoridagilardan sport natijalarini etalonlik va rag’batlantiruvchi roli yaqqol ko’rinadi.
Sport natijalari har doim ko’p omillik xodisadir. Jamiyatdagi sport natijalari taraqqiyotiga ta’sir etuvchi omillar bo’lib hisoblanadi.
1.Sportchining individual talanti va yuqori natijaga tayyorgarlik darajasi
2.Sportga tayyorgarlik tizimining samaradorligi, uni mazmuniga, taxlil etilishiga va material-texnik tomonidan ta’minlanganligi
3.Sport harakatining kengligiga va uni rivojlantirishning umumiy ijtimoiy sharoitlariga bog’liq.
Sport musobaqalari xususiyatlarini o’rganish, sport soxasidagi mutaxassislarini xususiyatlarini o’rganish, sport soxasidagi mutaxassislarini qiziqtirib kelgan va hozirgi kunda ham o’z ahamiyatlarini yo’qotgani yo’q.
Birinchidan: Musobaqa sportning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Ikkinchidan: sport musobaqalari, sport mashg’ulotlaridan genetik va bo’ysunishi bo’yicha «kattadir». Ma’lumki, inson ma’naviyati va madaniyatini rivojlantirishda, har xil yakama-yakka kurash va sport elementlari o’rtasida o’yinlar birinchi bo’lib tashkil topgan.
Sport musobaqalari, xis-xayajon xolatidagi ko’rinishda bo’lib hozirgi kunda 100 dan ortiq sport turi bo’yicha musobaqa o’tkaziladi. Har qaysi sport turi, musobaqa o’tkazish uchun o’zining metodik xususiyati, qatnashish sharti, o’tkazish qoidasi va g’oliblarni aniqlash va boshqalarni talab qiladi. Musobaqa qisman, sportchini tayyorlash tizimiga kiradi. Chunki faqatgina shaxsiy sport tayyorgarligiga ega bo’lmasdan ijtimoiy vazifalarini hisobga olgan holda ham tashkil qilinadi.
Respublika miqyosidagi musobaqalarda qatnashish uchun Viloyatda o’tkazilgan musobaqalarida natijalariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Sportchilar harakatini bir xil shaklga keltirish orqali bellashuvlar, ularni bajarish sharoitlari hozirgi Nizom, sport turlari bo’yicha musobaqa qoidalari bilan belgilanadi. Bellashuv jarayoni musobaqadagi vaziyati, tartibli ravishda o’zgartirib turishni anglatadi.
Hozirgi vaziyat xolati keyingisining muvaffaqiyatini ta’minlaydi, shu paytning o’zida hozirgi vaziyat xolati avvalgisiga bog’liq bo’ladi.
Sportchining musobaqa faoliyatini belgilovchi jixat quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo’ladi.
- Vaziyatni idrok etish
- Raqib va sheriklarining yurish-turishi
- Olingan axborot taxlili va uni musobaqalarning tajribasi va maqsadi bilan solishtirish
- Fikran asosiy qarorni qabul qilish
- Fikran qabul qilingan qarorni amalga oshirish

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling