Tayanch so’zlar: Yuk va yo’lovchi tashish aylanmasi, yagona transport tizimi, transport


Download 205.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.03.2023
Hajmi205.59 Kb.
#1240395
  1   2   3   4
Bog'liq
11-МАВЗУ ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ



11-Mavzu. O’zbekiston transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi 
 
Reja: 
1.Respublikamizda transport tarmoqlarinig rivojlanishi. 
2.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi
Tayanch so’zlar: 
 
Yuk va yo’lovchi tashish aylanmasi, yagona transport tizimi, transport 
tuguni. Import va eksport tarkibi, tovar aylanmasi.
1.Respublikamizda transport tarmoqlarinig rivojlanishi. 
Transport makroiqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri, iqtisodiyotning qon 
tomiri, harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi U ishlab chiqarish bilan iste’molni 
bog’lab, ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydi.
Vaholanki, transportsiz hech narsani tasavvur qilib bo’lmaydi, chunki transport 
harakat, masofani kesib o’tish, u yoki bu narsani (yuk, yulovchi, axborot) tashish, 
jo’natish demakdir. Iqtisodiy geografiyada transport liniyalar, yo’l, yo’laklar 
sifatida uning qolgan ob’ektlarini - areal, tugun va markazlarni bog’lab turadi. 
Transport to’ri va tizimi har qanday hududning rivojlanganlik, 
o’zlashtirganlik ko’rsatkichi, hududiy mehnat taksimotini amalga 
oshiruvchi, iqtisodiy rayon va ishlab chiqarish majmualarning shakllantiruvchi 
muhim omilidir. Qolaversa, “arzon”, “qimmat”, “qulay”, “noqulay” 
tushunchalarining zaminida transport omili yotadi, transport geografik o’rin esa 
iqtisodiy geografik o’rinning asl mohiyatini aks ettiruvchi asos hisoblanadi 
Odatda, transport deganda uning quyidagi jihatlariga e’tibor
karatiladi: 
1. Transport - bu vosita, harakatlantiruvchi kuch; 
2. Transport -xo’jalik tarmog’i; 
3. Transport, aniqrog’i transport yo’llari - bu ishlab chiqarish
infratuzilmasining yetakchi tarmog’i, xo’jalik tarmoqlari va aholining
joylashuvida muhim omil (yo’li yaxshi mamlakat boy bo’ladi, boy
mamlakatlarning yo’llari esa hammavaqt ham yaxshi bulavermaydi); 
4. Transportning uzatuvchanlik, bog’lovchilik funktsiyasi borligi
sababli, u aloqa tizimi bilan juda yaqindan aloqador, binobarin, aloqa tizimidagi 
yangi o’zgarishlar (tele-radio aloqalari, internet va b.) an’naviy transport 
tarmoqlarining rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
O’zbekistonning Markaziy Osiyoning qoq o’rtasida joylashganligi, uning 
transport geografik xususiyatini, o’rnini ham belgilab beradi. Darhakikat, 
respublikamizning bunday transport geografik o’rni, uning markaziyligini
kesuvchanligini (ya’ni tranzitligini) aks ettiradi, shu bilan birga, mamlakatimizning 
Jahon okeanidan uzoqda, ichkarida joylashganligini bildiradi. 


Qadimda, respublikamizning hozirgi hududida quruqlik transporti, anikrog’i 
karvon yo’llar yaxshi rivojlangan bo’lgan. Xususan, uning Buyuk ipak yo’lida 
joylashganligi yurtimizda savdo, madaniyat, hunarmandchilikning rivojlanishiga 
katta ta’sir ko’rsatgan.

Download 205.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling