Tayanch so’zlar: Yuk va yo’lovchi tashish aylanmasi, yagona transport tizimi, transport
O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi
Download 205.59 Kb. Pdf ko'rish
|
11-МАВЗУ ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi.
Mustaqillik yillarida respublikamizning tashqi savdo aylanmasi 2063 mln AQSh dollaridan (1991 y.) 28895 mln dollarga (2013 y.) yetdi. Tadrijiy o’zgarishlar dinamikasi shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotning dastlabki shakllanish davrlarida, ishlab chiqarishning pasayib borish jarayonida, ya’ni 1996 yilgacha tashqi savdo aylanmasi o’sib borgan. Jumladan, u 1992-yilda oldingi yilga nisbatan birdaniga 2,2 barobarga ortgan, so’ngra o’sib borib, 1997-yildan pasayish ko’rsatkichlarini namoyon etgan. 2002 yilda respublika tashqi savdo aylanmasining hajmi 5700 mln AQSh dollariga tushib qolgan, Vaholanki u 1996- yilda 9311 mln dollarga yetgan edi. 2003-yildan hozirgi davrgacha tashqi savdo aylanmasi turli sur’atlarda ko’payib borgan. U 2006-yilda 2002 yilga nisbatan deyarli 2 martaga oshgan va keyingi 4 yil davomida bu ko’rsatkich yana 2 barobarga ko’paygan.Tashqi savdo aylanmasining tarkibiy tuzilishi ham yillar mobaynida bir xil bo’lmagan. 1996-1997-yillarda u manfiy nisbatga, ya’ni manfiy saldoga ega bulga holda, qolgan yillarda tovar almashuv muntazam ravishda mamlakatimiz foydasiga hal bo’lgan. Eksport hajmi 1995-2013-yillarda 3,8 martaga ko’paygan bo’lsa, import bu davrda 3,0 martaga oshgan. Demak, bu boradagi jarayonni asosan eksport belgilab bermoqda. Importni eksport bilan qoplash darajasi so’nggi yillarda 148-150 foiz bo’lgan. Respublikamizda 2018 yilda tashqi savdo tovarlar aylanmasi jami 33430,0 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Shundan eksport hajmi 13990,7mln AQSh dollari, Import hajmi 19439,3mln AQSh dollarini tashkil qilgan.Tashqi savdo aylanmasi manfiy saldoga (-5448,6 AQSh dollari) ega bo’lgan. Eksport tarkibida ham ba’zi o’zgarishlar kuzatilmokda, jumladan, paxta xom ashyosi, ya’ni paxta tolasining bu boradagi ulushi pasayib, uning o’rniga mashinalar va boshqa mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek, turli xil xizmatlarning ulushi ortib borgan". 2018 yilda eksportning tovarlar tarkibida xizmatlar ulushi 21,3%ni, oltin 20,4,energiya manbalari va neft mahsulotlari 18,7,to’qimachilik mahsulotlari 11,2, qora va rangli metallar 8,2,oziq-ovqat mahsulotlari 7,7,kimyo mahsulotlari va buyumlari 6,3,mashina va asbob uskunalar 1,5,boshqa mahsulotlar 3,0 %ni tashkil etgan. Shu o’rinda mazkur yilda import tarkibida mashina va asbob uskunalar 42,5%ni , kimyo mahsulotlari va buyumlari 13,1,xizmatlar 11,5, qora va rangli metallar 9,1,oziq-ovqat mahsulotlari 8,1, energiya manbalari va neft mahsulotlari 4,5,boshqa mahsulotlar 11,2%ni tashkil qilgan. Umuman olganda, zamonaviy texnologiyalar, mashina va asbob uskunalarning ko’proq keltirilishi (yaponlar uchun baliq emas, balki qarmoq muhimroq, hisoblanadi) ma’qulroq- Chunki, tashqi savdo aylanmasining bunday tarkibiy nisbati kelajak ishlab chiqarish uchun mustahkam zamin yasaydi. Shu nuqtai nazardan iste’mol mollarini, xususan yengil va oziq-ovqat mahsulotlarini o’zimizda, hech bo’lmaganida mahalliy ehtiyojni qondirish darajasida rivojlanishi talab etiladi. Aytish joizki, mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat, jumladan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish (“lokalizatsiya”), investitsiya siyosati hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi ham ayni shu maqsadlarni ko’zlaydi. O’zbekiston Respublikasi jahonning qator mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirmoqda. Umumiy qonuniyat shundan iboratki, agar avvallari MDH mamlakatlari bilan aloqalar birmuncha zaifroq bo’lgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ularning ulushi ko’tarilib bormoqda. Masalan, 1995-yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmida MDH mamlakatlarining hissasi 38,4, shu jumladan eksportda 34,5 va importda 45,5 foiz bo’lgan holda, bu ko’rsatkichlar 2013-yilda, mos ravishda 42,6; 47,4 va 37,4 foizni tashkil etgan. 2018yilda mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarida Xitoy Xalk Respublikasi birinchi o’rinda turadi(jami tashqi savdo aylanmasining19,2%i), Rossiya ikkinchi o’rinda(16,9%), Qozog’iston (8,7%), Koreya Respublikasi (6,5%) Turkiya (6,2%) davlatlarining ham ulushi katta. Boshqa davlatlar orasida biroz, Germaniya Yaponiya, Afg’oniston, Latviya, Ukraina, ajralib turadi. Qolgan mamlakatlarning bu boradagi ishtiroki juda sust. Respublikamiz tashqi savdo aylanmasining shakllanishida barcha mintaqalarning ishtiroki bir xil emas. O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi hajmining 29,3 foizini birgina Toshkent shahri ta’minlaydi (eksportda 20,8%, importda 35,5 %). Ikkinchi o’rinda Toshkent viloyati turadi; 11,6; 11,0 va 12,0 %. Shunday qilib, Toshkent shahri va Toshkent viloyati zimmasiga mamlakatimiz tashqi savdo aloqalarining 40,9 foizi to’g’ri keladi (eksportning 31,8%, importning 47,5 %). Qolgan mintaqalar orasida Andijon viloyatining ishtiroki faolroq; ushbu hudud ulushiga respublika tashqi savdo aylanmasining 6,5 foizi, eksportning 2,6, importning 9,4 foizi mos kelgan (2018y). Nazorat savollari 1. Respublikada transport tarmoqlarining shakllanishi va rivojlanishi haqida so’z lab bering. 2. Respublika transport tarmoqlarining hududiy joylashishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi geografik omillarga ta’rif bering. 3.Respublika transport tarmoqlarining hududiy va tarmoqlar tarkibini tushuntirib bering. 4.Mustaqillik yillarida respublika transport tarmoqlari tarkibidagi o’zgarishlar haqida so’zlab bering. 5.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari geografiyasi haqida co’zlab bering. Download 205.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling