Tayanch so’zlar: Yuk va yo’lovchi tashish aylanmasi, yagona transport tizimi, transport


Download 205.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi205.59 Kb.
#1240395
1   2   3   4
Bog'liq
11-МАВЗУ ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ

Kattiq qoplamali avtomobil yo’llari uzunligi respublikamizda 2018yil holati 
bo’yicha 42052 km yoki temir yo’llarga nisbatan 10 marta ziyod; zichlik har 1000 
kv km maydonga 92,8 km - bu ko’rsatkich ham deyarli 10 barobar ortiq. Shu 
o’rinda aholi geografiyasi va avtomobil yo’llari zichligi o’rtasidagi qonuniyatni 
yana bir bor ta’kidlash o’rinli. Ma’lumotlarga qaraganda, eng yuqori avtoyo’llar 
zichligi aholi zichligi eng yuqori bo’lgan Andijon va Farg’ona viloyatlarida 
kuzatiladi. Bu holat Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida ham ancha 
yuqori, cho’llik mintaqalarda esa u juda past. 
Tanikli rus olimi N. N. Baranskiy fikricha, yo’llar va shaharlar har qanday
hududning iqtisodiy asosini (“qovurg’asini”) tashkil qiladi. Chindan ham, ayni ular 
birgalikda joyning iqtisodiy salohiyatini, geografik jihatdan o’zlashtirilganlik 
darajasini 
yoki, boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotining “geografik
geometriyasini”, iqtisodiy geografik asosini o’zida aks ettiradi. Mamlakatimiz 
iqtisodiy xaritasida bo’nday o’ziga xos geometrik shakllar vujudga kelgan. Ular 
jumlasiga Samarqand (Juma) - Buxoro (Kogon) - Qarshi (Qashqadaryo st.), 
Sirdaryo - Jizzax - Xovos uchburchaklari, Farg’ona halqasi (Qo’qon - Namangan - 
Andijon - Marg’ilon - Qo’qon) kabilar kiradi. Ba’zan, bu yo’nalishlarda temir va 
avtomobil yo’llar birgalikda joylashgan bo’lib, ular birgalikda hududni yanada 
mustahkamroq birlashtiradi . 
Bunday shakllarning ayrimlari transchegaraviy bo’lib, ular qo’shni, hududi 
tutash bo’lgan davlatlarni ham bog’laydi. Masalan, tabiiy geografik miqyosdagi 
Farg’ona xalqaro halqasi Xo’jand va O’shni ham birlashtiradi yoki Gazuchoq - 
Urganch - Doshhovo’z , Taxiatosh (Nukus) halqasi ham shunga o’xshash 
geosiyosiy mohiyat kasb etadi. Turkmaniston bilan tutash bo’lgan O’zbekiston 
hududlarida Turkmanobod - Pitnak - Uchquduq - Navoiy “trapetsiyasi” ham 


ko’zga tashlanadi. Qoraqalpog’istonda To’rtko’l - Nukus - Qo’ng’irot - Chimboy 
“konussimon” temir yo’li ushbu mintaqa tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan 
foydalanishda ahamiyatga ega. Avtoyo’llar geografiyasida esa Samarqand - 
G’uzor- Shahrisabz - Samarqand halqasi yo’lovchilar tashishda katta o’rin tutadi. 
Yuqoridagi yo’llarning yanada rivojlanishi, temir yo’l tugun va 
majmualarining shakllanishi iqtisodiy geografik jihatdan muhim hisoblanadi 
Xususan, nisbatan bir-biriga yaqin joylashgan ancha yirik shaharlar o’rtasida 
magistral ko’rinishda, intensiv qatnovli yo’l va yo’laklar (karidorlar) bu borada 
yanada ahamiyatlidir. Sababi, har qanday yo’l uning ta’sir zonasida bo’lgan tabiiy 
boyliklarni o’zlashtirishga, ichki hududlarga madaniyat yangiliklarini olib kirishga, 
o’sish qutb va markazlarning vujudga kelishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi 
shu fikrni 223 km masofada barpo etilgan (2007-yil) Toshg’o’zor - Boysun - 
Qumqo’rg’on temir yuli yaqin kelajakda isbotlab beradi. 

Download 205.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling