Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin
Tayanch so‘zlar va iboralar: harakatni boshqarish; avtomatik
boshqarish; boshqarish tasnifi; mexanik kontaktli; induktiv magnitli; impulslab zondlash; nurlash; fotoelektrik; televizion; maxsus avtomobil laboratoriya; tishlashish koeffitsiyenti; mustahkamlik; ravonlik; g‘adir- budirlik; yo‘l qoplamasi. Hozirgi vaqtda [6] avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish uchun ko‘proq texnik vositalar va yangi usullar qo‘llanilmoqda. Bunga harakatni boshqarishning avtomatik tizimi (HBAT) kiradi. HBAT yordamida yo‘l sharoitlarini va transport oqimining holatini hisobga olgan holda tezkor ravishda iqtisodiy qulay harakatni boshqarish yo‘llarini tanlash mumkin bo‘ladi. Umuman HBAT ni uch guruhga ajratish mumkin: 1. Umumshahar HBAT. Bunga shahar hududida joylashgan chorrahalardagi svetofor obyektlari kiritiladi. Hozirda har xil shaharlarda «Start», «Shahar», «Magistral» HBAT mavjud. 2. Tezyurar magistral yo‘llardagi HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun qo‘llaniladi. 63 3. Maxsus HBAT. Bunday tizim asosan tonnellardagi, katta ko‘priklardagi, murakkab chorrahalardagi harakatni boshqarish uchun qo‘llaniladi. Amaliyotdagi tajribalarga asosan avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tasnifini 4.7-jadvalda keltiramiz. Keltirilgan tasnif bo‘yicha harakatni boshqarish tizimi asosli ravishda u yoki bu variantni qabul qilish avtomobil yo‘lining darajasiga va uning yuklanganlik koeffitsiyenti qiymatiga bog‘liq ravishda qabul qilinadi. 4.7-jadval № HBT tasnifi Yechiladigan masalalar Ishlatiladigan joyi 1. Eng sodda Harakatni tashkil qilishda haydovchilarning tezlikni va ba’zi bir manevrlarni cheklashiga qaratiladi IV va V daraja yo‘llarda 2. Sodda Bo‘ylama va ko‘ndalang harakatni tashkil qilish, transport oqimini harakat rejimi bo‘yicha boshqarish I-III darajali yo‘llarda harakat miqdori 7 ming avt/sut.kam 3. Murakkab chiziqli Yo‘l harakatini dispetcher orqali boshqarish. Yo‘l halokati va qishki saqlash ishlarini operativ boshqarish I-II darajali yo‘llarda 7 ming avt/sut 4. Murakkab tarmoqli Viloyat (bir nechta) avtomobil yo‘l tarmoqlarda harakatni muvofiq- lashtirib boshqarish, yo‘l halokati va qishki xizmatni operativ boshqarish Katta transport tarmoqlarida 5. Muayyan joydagi Ma’lum yo‘l uchastkalarida harakatni avtomatik ravishda boshqarish Katta ko‘priklarda, tonnellarda yuqori harakat miqdorida 6. Avtomatlash- tirilgan Avtomagistralda va reversiv harakatni tashkil qilishda avtomatik boshqarish I darajali yo‘llarda 20 ming avt/sut 7. Yo‘l tarmog‘i avtomatlash- tirilgan Avtomobil yo‘l tarmoqlarida harakatni avtomatik usulda boshqarish Katta transport tarmoqlarida yuqori harakat miqdori bo‘lganda 8. Yo‘l tarmog‘ida axborot berib boshqarish Yo‘lning yuklanganligi sababli vujudga kelgan tig‘izlikni, YTH hisobga olib optimal marshrutni tanlash. Har bir harakatlanayotgan avtomobilga bu to‘g‘risida axborot berish Xuddi 7 punktdagidek va kelajakda 64 9. Yo‘lning ishlab turishini av- tomatlashti-rish Yo‘l holatini, harakatini va yo‘ldan foydalanish tashkilotlari xizmatini boshqarish I-III darajali yo‘llarda 10. Yo‘l tarmog‘i- ning ishlab turishini avtomatlash- tirish Yo‘l holatini, harakatni va yo‘ldan foydalanish tashkilotlar xizmatini yo‘l tarmog‘i bo‘yicha boshqarish Xuddi 7 punktdagidek 11. Avtomobillarni marshrut bo‘yicha avtomatik boshqarish Berilgan marshrut bo‘yicha avtomobilni haydovchisiz boshqarish Juda katta yuklangan uchastkalarda (kelajakda) Avtomobil yo‘llarida harakatni tashkil qilish sxemalarini tanlash vaqtida yo‘lning hamma parametrlarini va transportlar yurishi uchun sifat holatini, ob-havo o‘zgarishlarini va transport oqim tavsiflarini to‘liq hisobga oluvchi sxemaga afzallik berish lozim. Avtomobil yo‘llaridagi harakatni boshqarish uchun har xil texnik Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling