Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/61
Sana14.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1703176
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61
Bog'liq
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash

Yo‘l-patrul xizmati 
Harakat xavfsizligini to‘laqonli ta’minlash uchun yo‘l-patrul xizmatlari 
tuziladi. Ular asosan yo‘l tashkilotining harakat xavfsizligi xizmatidan tashkil 
topadi. Yo‘l-patrul xizmati asosan magistral yo‘llarda noqulay ob-havo sharoitida 
yoki katta ta’mirlash ishlari o‘tkazilayotgan yo‘l uchastkalarida aniq grafik asosida 
muntazam ravishda yo‘l qoplamasini g‘ildirak bilan tishlashish sifatini ta’minlaydi. 
Avtomobil yo‘lining texnik jihozlanganligini hisobga olish va Avtomobil 
yo‘li pasportini tuzish 
Texnik diagnostika va yo‘l pasportini tuzishning asosiy maqsadi mavjud 
yo‘lning geometrik elementlarini, yo‘l poyining va qoplamasining transportdan 
foydalanish sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda olingan ma’lumotlarga asosan 
yo‘lning kelajakdagi rejalarini ratsional ravishda rekonstruksiya qilish, kapital 
ta’mirlash yoki saqlash ishlarini olib borishdan iborat. 
Umumfoydalanuvdagi yo‘llarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishi va yo‘l 
pasportini tuzishi shart. 
Quyidagi yo‘l elementlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak: 
- ajratilgan yo‘l mintaqalari; 
-yo‘l poyi; 
-qatnov qismi va uning qoplamalari; 
-sun’iy inshootlar (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgichlar, quvur, tirkagich devorlar, 
tunellar va xokazolar); 


100 
-yo‘ldagi suv qochirish inshootlari (yonariqlar, suv olib ketuvchi ariqlar): 
-yo‘l xo‘jalik binolari, yo‘l muhandislik qurilmalari, (texnik kollektor, 
yo‘l uchastka uyi yoritish moslamalari va shunga o‘xshashlar) 
Texnik ko‘rik o‘tkazish va pasport tuzish yo‘riqnomalari quyidagicha: 
1.Dala ishlari. 
2.Kameral ishlari. 
Dala ishlarida quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 
-texnik pasportning chiziqli grafiklari (yo‘l rejasi, yo‘l elementlari 
o‘lchamlari, harakatlanish tezligi, avariyalik va xavfsizlik koeffitsiyentlari, 
chizmalari, yo‘lning yuklanganlik darajasi); 
-ko‘prik va quvurlar kartochkasini to‘ldirish uchun ma’lumotlar to‘plash; 
-yo‘l ho‘jaligiga qarashli binolarni joylashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar 
to‘plash; 
-tunnel holati va mustahkamligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash; 
-yo‘l jihozlanganligi to‘g‘risida ma’lumot to‘plash. 
Kameral ishida dala sharoitida to‘plangan materiallarga asosan, 297x428 formatli 
qog‘ozga 
yo‘l 
rejasi, 
yo‘l 
elementlari, 
xavfsizlik 
va 
halokatlilik 
koeffitsiyentlarining chiziqli grafigi tushiriladi. Shuningdek yo‘l to‘g‘risidagi 
ma’lum son qiymatlariga ega bo‘lgan ma’lumotlar jadval shaklida keltiriladi 
(harakat miqdorining oylar, yillar bo‘yicha o‘zgarishi, yo‘ldagi g‘adir-budirlik, 
yo‘l eni, yo‘l yoqasi, qoplama yemirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planadi va 
jadvalga kiritiladi). 
Yo‘lning texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida olingan barcha 
ma’lumotlarni hozirgi vaqtda kompyuter mashinalari yordamida yoziladi va buni 
markazda turgan dispetcherlarga kompyuter orqali uzatiladi. 
Pasport tizimi uchun quyidagi asboblar ishlatiladi: 
1. Geodezik asboblar - teodalit, nivelir, lazer masofa o‘lchagich, kurvimetr, 
uzunlik o‘lchovchi tasma. 
2. Maxsus jihozlangan laboratoriyalar yo‘lning geometrik parametrlarini, 
qoplamaning 
mustahkamligini, 
g‘adir-budirligini, 
ko‘rish 
masofasini, 
jihozlanganlik darajasini o‘lchaydi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling