Q. X. Azizov avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Avtomobil yollarida harakat xavfsizligini taminlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.3. AHOLI YASHASH JOYLARIDA HARAKATNI TASHKIL ETISH Tayanch so‘zlar va iboralar
- Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillari.
- Birinchidan
Rejadagi egri radiusi, m
50 60 95 140 225 325 425 575 650 Egridagi qatnov qismining enini kengaytirish miqdori, m 2,2 2,0 1,5 1,3 1,1 1,0 0,95 0,85 0,8 6.3. AHOLI YASHASH JOYLARIDA HARAKATNI TASHKIL ETISH Tayanch so‘zlar va iboralar: aholi punktlari; ajratuvchi tasma; sun’iy yoritish; piyodalar yo‘lagi; velosiped yo‘lagi; mahalliy tasma; piyodalar o‘tish joyi; yer osti; yer usti; piyodalar estakadasi; piyodalar svetofori; bolalar muassasalari. Piyodalar harakatini tashkil etish tamoyillari. Piyodalar harakatini tashkil etish Avtomobil yo‘llarini va shahar ko‘chalarini ikkita bo‘lakka bo‘lib olib 92 borilishi lozim. Birinchi bo‘lak chorraha va tutashma joylar, ikkinchi bo‘lak chorraha va tutashmalar oralig‘idagi yo‘l bo‘yidagi mintaqa. Piyodalar harakatini tashkil etish quyidagi tamoyillar bo‘yicha amalga oshiriladi: I. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatmaydilar. II. Piyodalar transport vositalarining harakatiga qisman (vaqti-vaqti bilan) ta’sir ko‘rsatadilar. III. Piyodalar transport vositalarining harakatiga ta’sir ko‘rsatadilar. Avtomobil yo‘llarining aholi punktlaridan o‘tgan uchastkalarida harakatlanish uchun birmuncha noqulayliklar vujudga keladi. Ular asosan mahalliy harakatning ko‘pligi, piyodalarning harakati, jamoat transportlarining to‘xtash joylari mavjudligi, yo‘l yaqinida joylashgan har xil binolar borligi «tranzit» Avtomobillarining o‘tishiga katta halal beradi. O‘zbekiston yo‘l tarmoqlarining 55-95%i aholi yashaydigan punktlardan o‘tgan bo‘lib, [2] Rossiya va Ukraina yo‘l tarmoqlaridagi xuddi shunday ko‘rsatkichga nisbatan 2-2,5 barobar ko‘p demakdir [2]. Harakat miqdori aholi yashaydigan joydan o‘tgan uchastkalarda 8-15, ayrim hollarda esa 20 ming avt/sut. bo‘lishi mumkin. Jamlovchi halokatlik koeffitsiyentlar yig‘indisi ba’zi bir hollarda 180-350 miqdorga yetadi yoki bu me’yordagi ko‘rsatkichdan 4,5-7 marta ko‘pdir. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, Toshkent viloyatida avtomobil yo‘llari yoqasida aholi punktlarining joylashib borishini 1960-1996 y. ichida tahlil qilganimizda [2] aholi punktining yo‘l yoqasida yildan-yilga o‘sib borishi yo‘lning ahamiyatiga qarab 1,5-4,0 % tashkil qilar ekan. Avval aytib o‘tganimizdek, O‘zbekiston yo‘llarida transport oqimida Avtomobil transporti bilan traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari birgalikda harakat qilishi natijasida ma’lum qiyinchiliklar tug‘iladi, aholi yashaydigan uchastkalarda esa bu noqulaylik ortadi. Aholi punktidan o‘tgan yo‘llarda harakatni to‘g‘ri tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak: 1. Yo‘l belgisini, yo‘l belgi chizig‘ini, yo‘l to‘sig‘ini va yo‘naltiruvchi qurilmalarni joylashtirish. 2. Yengil va yuk avtomobillarini alohida harakat tasmalari bo‘yicha harakatlantirish. 3. Ajratuvchi tasma o‘rnatish. 4. Bir tomonlama harakatni tashkil qilish (yo‘nalishlar bo‘yicha harakatni boshqa-boshqa ko‘chalarda tashkil etish). 5. Sun’iy yoritishni ta’minlash. 6. Piyodalar harakatini tashkil qilish. 93 7. Velosipedchilarning harakatini tashkil qilish. Bundan oldingi 1, 2, 3, 4-bandlarida keltirilgan takliflar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tganimiz tufayli, quyida aholi punktlarini sun’iy yoritish, piyodalar va velosipedchilar harakatini tashkil qilish ustida to‘xtalamiz. Harakat xavfsizligini oshirish maqsadida aholi yashaydigan punktlarda transport vositalari va piyodalarning harakat miqdoriga qarab piyodalar o‘tish joylarining jihozlanish darajasi [7] o‘zgarib boradi (6.4-rasm). «Zebra» ko‘rinishdagi piyodalar o‘tish joyi II, III toifali yo‘llarda avtomobillarning harakat miqdori 200 avt/soat va undan yuqori bo‘lganda piyodalar yig‘ilib, yo‘lni kesib o‘tadigan joylarda o‘rnatilishi ko‘zda tutiladi. Piyodalar o‘tish joylarini I darajali avtomobil yo‘llarida ikki sathda qurilishini ta’minlash zarur. Bolalar muassasalari mintaqasida harakatni tashkil etishda hozirda ishlatiladigan texnik vositalar quyidagilardan iborat: yo‘l belgilar, yo‘l belgi chiziqlari, transport svetoforlari, piyoda svetoforlari, yo‘l to‘siqlari. Bunday an’anaviy usulda harakatni tashkil etilishida bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv kamchiliklar mavjud. Birinchidan, ko‘pchilik hollarda yo‘l yoqasida daraxtlar mavjudligi sababli o‘rnatilgan yo‘l belgilari haydovchilariga belgilangan masofada ko‘rinmaydi. Ikkinchidan, aholi punktidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida turli yo‘l belgilarining ko‘plab qo‘yilishi natijasida haydovchiga tushadigan axborotlar miqdori keskin oshishi oqibatida, ular yo‘l mintaqasidagi o‘zgaruvchi axborotlarning faqat bir qismini qabul qila olish imkoniyatlariga egalar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling