Ishni bajarish tartibi.
Laboratoriya mashg‘uloti (1-rasmdagi
chizmada keltirilgan) harakatsiz ishqalanishdan nisbiy harakatga
o ‘tishni davridagi ishqalanishga o'tishini o'rganish qurilmasida olib
boriladi. Buning uchun qurilmaning ishqalanish sirti (4) ga namuna
(3) qo'yilib, ishqalanish sirti uni ushlab turuvchi asosga nisbatan asta-
sekin birlashtiruvchi o ‘q (7) atrofida tayanch (2) yordamida buriladi,
burilish burchagi a ga teng bo'lgan qiymatga ega bo‘lganda namuna
(3) ishqalanish sirti (4) ga nisbatan siljiy boshlaydi. Ushbu holatga
to ‘g‘ri keluvchi a burchagining qiymatini tinch holatdagi ishqala
nishdan sirpanib ishqalanishga o'tish burchagi deb qabul qilish
mumkin. Bu burchakning qiymati transportir yordamida o ‘lchanadi.
Tinch holatdagi ishqalanishdan sirpanib ishqalanishga o ‘tish burchagi
ishqalanish jarayonida ishtirok etuvchi jismlarning materiallariga
bog‘liq. Laboratoriya ishi mashinosozlikda ko‘proq qo'llaniladigan
materiallarda o ‘tkaziladi. Sinov natijalari 1-jadvalga kiritiladi.
1-rasm.
Harakatsiz ishqalanishdan nisbiy harakatga o'tish davridagi
ishqalanishga o'tishini o'rganish qurilmasining chizmasi: 1 - qurilma asosi;
2 — tayanch; 3 — namuna; 4 - ishqalanish sirti; 5 -qotirish vinti; 6 - ishqalanish
sirtini ushlab turuvchi asos; 7 - ishqalanish sirti va ushlab turuvchi asosni
birlashtiruvchi o ‘q.
Harakatsiz ishqalanishdan nisbiy harakatga o ‘tish davridagi
ishqalanishga o‘tish burchagini aniqlashdagi tajriba natijalari
1-jadval
Ishqalanish
juftligi
Namunani
ng og'irligi
- G , N
Ishqalanish
kuchi
- F, N
Tinch
holatdan
Do'stlaringiz bilan baham: |