Ishni bajarish tartibi.
Laboratoriya ishi kafedrada yasalgan sir
panib ishqalanuvchi jufliklarning ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash
(chizmasi 2-rasmda keltirilgan) qurilmasida bajariladi. Sirpanib ishqa
lanish koeffitsiyentini aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi. N a
muna (7) ishqalanish sirti (
6
)ga qo'yilib, shunur (5)ning bir uchi na-
munaga bog'lanadi va shunur g‘altak (4) orqali o'tkazilib, uning
ikkinchi uchiga tarozi toshini osish moslamasi (
1
) ga bog‘lanadi.
Laboratoriya ishini o'tkazishda tarozi toshini osish moslamasidagi
yuklama (Q) sekin asta-oshirilib boriladi, yuklama m a’lum miqdorga
yetganda namuna sirpana boshlaydi. Bu paytga to ‘g‘ri keluvchi
shnurning taranglik kuchi toshini osish moslamasidagi yuklama g‘al-
tak va uning o ‘qi o‘rtasidagi ishqalanish kuchi hisobga olinmaganda
son jihatdan ishqalanish sirti va namuna o'rtasidagi ishqalanish kuchi
(F)ga teng bo‘ladi. Laboratoriya ishi mashinasozlikda ko'proq qo‘l-
laniladigan materiallardan yasalgan ishqalanish juftliklarida o ‘tka-
ziladi. Namuna va ishqalanish sirti o ‘rtasidagi sirpanib ishqalanish
koeffitsiyenti quyidagi formuladan aniqlanadi:
bunda, F - ishqalanish sirti va namuna o'rtasidagi ishqalanish kuchi;
G - namunaning og‘irligi.
2-rasm.
Sirpanib ishqalanuvchi jismlaming ishqalanish koeffitsiyentini aniqlash
qurilmasining chizmasi: 1 - tarozi toshini osish moslamasi; 2 - torozi toshi;
3 - g ‘altak tutqichi; 4 - g ‘altak; 5 - shnur; 6 - ishqalanish sirti; 7 - namuna.
Tajriba natijalari 2-jadvalda keltiriladi.
Ishqalanuvchi juftliklarning sirpanib ishqalanish koeffitsiyentini
aniqlash bo‘yicha sinov natijalari
2-jadval
Ishqalanish juftligi
Do'stlaringiz bilan baham: |