Qabul qildi: Bajardi: Nurova Nargiz Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 68.3 Kb.
bet5/11
Sana05.05.2023
Hajmi68.3 Kb.
#1432090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nurova Nargiza Kurs ishi Analitika

1.6. Optik analiz usullariga spektrofotometriya, fotometriya, alanga fotometriyasi, atom absorbtsion analiz va lyuminestsent analiz kabi usullar ham kiradi.
1.7. Elektro kimyoviy analiz usuli. Tekshirilayotgan modda tarkibidagi aniqlanayotgan moddaning elektrokimyoviy xususiyatlardan foydalaniladi-gan bir qancha analiz usullari mavjud. Potentsiometrik, konduktometrik, polyarografik va elektrogravimetrik usullar xalq xo’jaligining turli tarmoqlariga oid laboratoriyalarda muvaffakiyat bilan qo’llanilibkelmoqda. Potentsiometrik usul. Eritmaga tushirilgan elektrodda vujudga keladigan potentsialni o’lchashga asoslangan. Potentsialning kattaligi eritmadagi ionlar kontsentratsiyasiga to’g’ri
proportsional bo’ladi. Masalan, mis elektrodning potentsiali kattaligi u tushirilgan mis (II) sulfat eritmasidagi mis (II) ionlarini kontsentratsiyasiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Ana shu bog’lanish boshqa metallar va ularning eritmalari orasida ham mavjud va u yordamida. eritmadagi ionlar kontsentratsiyasini aniqlash mumkin. Bunda metall eletrod tarkibidagi tuz kontsentratsiyasi noma‘lum eritmaga tushiriladi va elektrodda paydo bo’lgan potentsial o’lchanadi.
Konduktometrik usul. Temperaturaning ma‘lum qiymatida eritmadagi elektrolit
kontsentratsiyasi bilan eritmaning elektr o’tkazuvchanligi orasidagi bog’lanishga
asoslangan. Odatda eritmaning kontsentratsiyasi qancha yukori bo’lsa, uning elektr
o’tkazuvchanligi shuncha katta bo’ladi. Shunga ko’ra konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin. Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Bu usulni 1922 yilda chex olimi Ya.Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan polyarografik usulining boshqa usullarga nisbatan ba‘zi bir qulayliklari mavjud. Birinchidan, analiz tez bajariladi va sezgirlik darajasi ancha yuqori .
Ikkinchidan analiz natijasi to’la ishonchli bo’ladi. Chunki analizda o’ta sezgir
galvanometrdan foydalaniladi. Uchinchidan, ayrim ionlarni boshqa ionlar ishtirokida aniqlash mumkin, ya‘ni ionlarni bir-biridan ajratishdek murakkab va ko’p vaqt talab etuvchi jarayonlar bo’lmaydi. Texnikada tarkibida 0,001 % metall bo’lgan namunalar 1% ga yaqin aniqlik bilan topilishi mumkin. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni elektroliz yordamida elektrod
yuzasida cho’ktirishga asoslangan. Bunda elektrod yuzasi tozalanadi va uning massasi o’lchanadi so’ng tekshirilayotgan eritmaga tushiriladi, elektroliz tugagandan so’ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massalarining farqidan foydalanib, eritmadagi element ( yoki modda) miqdori to’g’risida xulosa chiqariladi. Elektr toki bunda cho’ktiruvchi “Reaktiv” vazifasini o’taydi. Cho’kish elektrodlardan birida ro’y beradi.

Download 68.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling