Qabul qildi: Egamberdiyeva
Devorbop materiallar (g`isht) sanoati s
Download 23.62 Kb.
|
1ximiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shisha-oyna sanoati
- Yog`ochsozlik sanoati
Devorbop materiallar (g`isht) sanoati sohasi qurilishda ishlatiladigan olovbardosh imorat g`ishtlari ishlab chiqariladi. Ushbu tarmoqning o`ziga xosligi shundaki, uning geografiyasi keng, ya,ni mamlakatimizning barcha viloyatlarida g`isht zavodlari ishlab turibdi. Tarmoqning eng yirik korxonalari Yangiyo`l, Chirchiq, Qiziltepa (Navoiy viloyati) va Qarshi shaharlarida joylashgan. So`nggi yillarda, ayniqsa, chet el texnologiyasiga asoslangan xususiy g`isht zavodlari ko`plab qurilmoqda.
Keramika sanoatida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari kombinatida barcha turdagi sopol koshinlar,gips, kanalizatsiya quvurlari va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi. Shisha-oyna sanoatida "Quvasoyshisha" ishlab chiqarish birlashmasi va G`azalkent shisha-oyna zavodi ishlaydi. Bu korxonalarda 212 mln. dona konserva shisha idishlari, 80 mln. dona butilka, 2 mln. m² dereza oynalari ishlab chiqariladi. Qurilishni industriallashtirishda yig`ma temir-beton ishlab chiqarishni o`zlashtirish muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Yigma temir-betondan mahsulot ishlab chiqaridigan 300 ga yaqin zavod va kombinatlar ishlaydi. Bu korxonalarda respublika qurilish materiallari sanoati yalpi mahsulotining deyarli 50 foizi ishlab chiqariladi. Qurilish materiallari sanoatining keyingi davrlarda taraqqiy etgan tarmog`i-yirik uysozlik kombinatlari bo`lib, ular deyarli barcha viloyat markazlari va katta shaharlarda qurilgan. Eng yiriklari Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq, Nukus shaharlarida joylashgan. Toshkent (Bektemir tumanida) va Jizzaxda temir-beton ariq (lotok) zavodi bor. Yog`ochsozlik sanoati ham qurilish industriyasining tarkibiy qismi bo`lib, uning sanoat korxonalari yog`ochsozlik yoki duradgorlik, uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, sandiqsozlik, o`ymakorlik singari juda ko`p tarmoqlardan tarkib topgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari .–T.: 1997. Karimov I.A. O`zbekiston "milliy" istiqlol, iqtisodiyot, siyosat, mafkura. T., 1996. Abirqulov Q. Iqtisodiy geografiya. T., 2004. Алаев Э.Б. Социально-экономическая география. Понятийно-терминологический словарь. – М.: Мысль, 1983. Akramov Z.M. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi o`quv dasturi. T., 1992. Asanov G.R. Sotsial-iqtisodiy geografiya: termin va tushunchalar izohli lug`ati. - T.: O`qituvchi, 1990. Asanov G.R., Nabixonov M., Safarov I. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi. -T.: O`qituvchi, 1994. 1 Karimov I.A. O'zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T., O'zbekiston, 1997. 242 b. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling